Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Bank likvidliligini boshqarishning samarali usuli aktiv va
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
Bank likvidliligini boshqarishning samarali usuli aktiv va
passivlarni boshqarishni o„z ichiga oladi. Balansning aktiv qismida bank likvidligini boshqarish uchun sotilishi oson b o‗lgan aksiyalarni, ya‘ni DQMOni xarid qilish yoki ularga egalik qilish yoxud zaxiralarni k o‗proq tashkil qilish va sotilishi qiyinchilik tu g‗dirmaydigan pul mablag‗lariga aylantirish ko‗p vaqtni olmaydigan qisqa muddatli q o‗yilmalarni amalga oshirish yo‗li bilan erishish mumkin. Banklarning likvidliligini boshqarishda: - joriy likvidlik holati; - resurslarga b o‗lgan talabning davriy o‗zgarib turishi; - resurslarga b o‗lgan talablarning mo‗ljallanayotgan o‗zgarishlari; - resurslar manbalari. Bank rahbariyati banklararo bozorda aktivlarni sotish va xarid qilishni yoki boshqa manbalarni tanlashi lozim; - resurslarning qiymati; - aktivlarning sifati kabi omillarni inobatga olish lozim. Bank aktivlarining sifati ham bank likvidliligiga ta‘sir ko‗rsatadi. Chunki bankda muammoli kreditlar, muddati o‗tgan, foyda keltirmaydigan kreditlar salmo g‗ining yuqoriligi, pul mablag‗lari harakatining kamligi bank likvidligining tushib ketishiga olib keladi. Bank faoliyatining barqaror va likvid b o‗lishi uning resurslarining manbalari va hajmiga, resurslarni tashkil qilishda diversifikatsiya usulidan foydalanganligiga ham bo g‗liq. Agar tijorat banki resurslarining asosiy qismini sanoqli yirik korxonalar mabla g‗lari yoki davlatning mabla g‗lari hisobidan tashkil qiladigan bo‗lsa, bankning shu subyektlar depozitlariga qaramligini k o‗rsatadi va subyektlar tomonidan turli xil budjet t o‗lovlarini amalga oshirish, ish haqi to‗lash bo‗yicha depozitdan mabla g‗lar olishi bankning likvidlilik riski shuncha yuqori b o‗lishiga olib keladi. 585 Undan tashqari, bank likvidliligi bankning kapitali va foydaliligini hisobga olgan holda bankning umumiy moliyaviy holatiga ham ta‘sir k o‗rsatadi. Bankning moliyaviy holati yomon b o‗lsa, talab qilinayotgan vositalarni yuqori narxda olish yoki banklararo bozorga kira olmasligi mumkin. Balansdan tashqari majburiyatlar va shartnomalar, jumladan, ishlamayotgan kredit liniyalar, akkreditivlar, qimmatli qo g‗ozlar va valyuta sotib olish uchun tuzilgan kelishuvlarning mavjudligi ham bank likvidliligiga ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Tijorat banklarining likvidligini boshqarishda banklararo kreditlarning muddati 1 kundan bir necha oygacha davom etishi mumkin. Foiz stavkalari kontragent banklar o‗rtasidagi bitim asosida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi yoki DQMOlari b o‗yicha stavkalarni asos qilib olgan holda belgilanishi kerak. Ta‘minotga ega bo‗lmagan banklararo kredit bitimlarini tuzganda bir qarz oluvchiga beriladigan qarz me‘yorlariga amal qilish kerak. Faqatgina overnayt operatsiyalari bundan mustasno, ular b o‗yicha limit chegarasi bank kapitalining 25 foizi atrofida o‗rnatiladi. Banklararo kreditlarning ta‘minoti sifatida DQMOlari kabi yuqori likvidli va oson sotiluvchi qimmatli qo g‗ozlar qabul qilinishi mumkin. Ta‘minot sifatida topshirilgan qimmatli qog‗ozlar uchinchi shaxsning (tijorat banki yoki Markaziy bankda) eskrou hisob vara g‗ida joylashtirilishi yoki Markaziy bank daftarlarida ularning garovga olinganligi belgilanishi kerak. Repo operatsiyalarida q o‗llaniluvchi qimmatli qog‗ozlar oson sotiluvchi va likvid vositalar, ya‘ni DQMOlari ko‗rinishida bo‗lishi kerak. Agar banklar boshqa qimmatli qo g‗ozlarni afzal deb bilsa, u holda qarz beruvchi tomon ularning yuqori likvidlik talablariga javob berishiga ishonch hosil qilishi va ularni o‗zlarida saqlanishini ta‘minlashi kerak. Bundan tashqari, tomonlar qimmatli qog‗ozlarni uchinchi tomonda saqlash haqida kelishib olishi mumkin. Repo operatsiyalari Markaziy bank talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim. Kelishuvda har bir tomonning huquq va majburiyatlari k o‗rsatilgan bo‗lishi kerak. Kredit beruvchi tomon qimmatli qo g‗ozlarning to‗lov muddatiga qarab garov qiymatining kredit qiymatidan kamida 10 foizga yuqori b o‗lishini ta‘minlashi kerak. T o‗lov muddati qancha yaqin bo‗lsa, marja shunchalik katta b o‗lishi zarur. 608 kreditlovchi bank uchun risk va uning turlarini aniqlab olish imkoniyatini beradi. Bu bosqichda kredit beruvchi: 1. Qarz oluvchining iqtisodiy, moliyaviy ahvoli, uning ishchanlik, ma‘naviy qiyofasi, ishlab chiqarish imkoniyatlari, marketingi, moliyaviy boshqaruvi va boshqalarni. 2. Kreditga b o‗lgan talabning qanchalik darajada to‗g‗ri asoslanganligi va shu asosning korxonaning real iqtisodiy holatidan kelib chiqqanligi. 3. Kreditning maqsadi bank manfaati uchun ham t o‗g‗ri kelishi kabi savollarga t o‗liq va aniq javob olishi lozim. Masalan, bozor iqtisodiyotining hozirgi bosqichida yangi korxona, firmalar tashkil topayotgan va ular t o‗g‗risida har doim ham aniq axborot mavjud emasligi sharoitida birinchi savolga javob berish juda muhim. Ikkinchi Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling