Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
Bankning zarar
k o‗rishi, bank faoliyatida uchraydigan risklarning oldini ola olmaslik natijasida yuzaga keladi. Bank faoliyatida risklar kelajakda amalga oshiriladigan operatsiyalarni oldindan obdon tahlil qilmaslik, holatni yaxshi o‗rganmaslik, mablag‗larni samarali joylashtirmaslik, bozor imkoniyatlariga t o‗g‗ri baho bermaslik, bank faoliyati uchun salbiy natijalarga olib kelishi mumkin b o‗lgan boshqa holatlarni oldindan seza olmaslik tufayli yuzaga kelishi mumkin. Zararlarning yuqori b o‗lishi banklarda yo‗qotishlar bo‗lishiga olib keladi. Y o„qotishlar bank foydasini kamaytiruvchi omil hisoblanib, u bank faoliyatining risklilik darajasiga bo g‗liq bo‗ladi. Riskning hajmi bank amalga oshiradigan operatsiyalarning risklilik darajasiga, bankning risk sohasidagi strategiyasi sifatiga bo g„liq bo„ladi. Bank rahbariyatining foydani k o‗paytirishga intilishi ehtimoliy zararlarni imkon qadar kamaytirish bilan birga kechadi. Ushbu ikki maqsad bir-biriga muayyan darajada zid b o‗lib, bu bank ma‘muriyati va uning omonatchilari manfaatlarining qarama-qarshiligi bilan bo g‗liqdir. Bank ma‘muriyati foydani ko‗patirishga intiladi va qo‗shimcha foyda olish uchun risk qilishga tayyor turadi. Omonatchi uchun esa mabla g‗larining saqlanishi va bankka ishonch masalasi muhimroqdir. Daromadlilik va risk o‗rtasidagi maqbul nisbatni saqlab turish bankni boshqarishning eng asosiy va murakkab muammolaridan biridir. Banklarni ba‘zan «risk sotib oluvchi va sotuvchilar» deb atashlari bejiz emas. Zimmaga olinadigan risk va bank faoliyatidan k o‗zlangan daromad o‗rtasida muayyan aloqa mavjud: katta riskga ko‗proq daromad olish ehtimoli xosdir. Deyarli risksiz, kam kafolatlangan daromad olishdan farqli ravishda, daromad qancha katta b o‗lsa unga erishish ehtimoli ham shuncha kam, binobarin risk yuqori b o‗ladi. Bank risklarini boshqarishni samarali tashkil etish ularni muayyan belgilari b o‗yicha aniq guruhlarga bo‗lish bog‗liq. Risklarning ilmiy asoslangan tasnifi ularning har birining umumiy tizimdagi o‗rnini belgilash, ularni boshqarishning samarali usullarini q o‗llash imkonini beradi. Maxsus adabiyotlarda risklarning, jumladan, bank risklarining turli xil tasniflarini uchratish mumkin. Biz shu paragrafda bank risklarning ilmiy asoslangan tasnifini keltirishni maqsad qilib q o‗yganmiz. Risk turlari bir-biri bilan bo g‗liq bo‗lib, ular banklar faoliyatiga turli darajada ta‘sir ko‗rsatadi. Bu holat risklarning oldini olish bo‗yicha chora- 596 tadbirlar ishlab chiqish va riskning aniq bir turlarini tahlil qilish, ularning yuzaga kelishi sabablarini aniqlashni qiyinlashtiradi. Shu bois bank risklarini quyidagi asosiy y o‗nalishlar bo‗yicha turlarga tasniflash mumkin: 1. Paydo b o‗lish sabablari va ta‘sir qilish harakteri bo‗yicha. 2. Namoyon b o‗lish shakllari bo‗yicha. 3. Boshqarish imkoniyatiga qarab 4. Hisoblash usuliga qarab. 5. Yuzaga kelish va ta‘sir vaqtiga qarab. 6. Yuzaga kelish sohasi va boshqalarga qarab. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling