Japan digital university


qilish qoidalarining matni bilan tanishib chiqganliklarini va ushbu Shartnoma bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishi yuzasidan JDU va uning


Download 348.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana19.06.2023
Hajmi348.78 Kb.
#1621426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JDU shartnomasi

qilish qoidalarining matni bilan tanishib chiqganliklarini va ushbu Shartnoma bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishi yuzasidan JDU va uning
hamkorlariga nisbatan hech qanday e’tirozlari mavjud emasligini tasdiqlaydi.
1-bo‘lim. 
Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi. 
1-bob. Shartnomaning predmeti 
1.1. JDU O‘zbekiston ta’lim standartlariga (keyingi o‘rinlarda O‘TS) asosan va JDU o‘quv dasturiga muvofiq Talaba tomonidan tanlangan 
tayyorgarlik dasturi bo‘yicha Talaba tomonidan oliy ta’limni olish uchun ta’lim texnologiylarini qo‘llash asosida bakalavr darajasini olishga 
yo‘naltirilgan pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish majburiyatini, Talaba esa ushbu xizmatlarni qabul qilish va ularga haq to‘lash majburiyatini oladi. 
1.1.1. Tayyorgarlik yo‘nalishi (mutaxassislik): 
______________________________________ 
1.1.2. Oliy ta’lim darajasi: Bakalavr 
1.2. Talabaning ta’lim olish muddati 9 semestr (yarim yillik) dan iborat bo‘ladi. 
1.3. Talaba o‘quv dasturini o‘zlashtirgan va imtihon sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng JDU tegishli daraja berilganligini tasdiqlovchi 
davlat namunasidagi diplomni berish majburiyatini oladi. 
2-bob. Oqishga kirish shartlari 
2.1. JDU ning o‘quv jarayoniga Talabaning qabul qilinishi O‘qishga qabul qilish qoidalariga muvofiq tarzda tanlov asosida amalga oshiriladi. 
2.2. O‘qishga qabul qilish O‘qishga qabul qilish qoidalariga asosan ushbu Shartnoma shartlariga ko‘ra o‘qish uchun to‘lov amalga oshirilgandan 
so‘ng amalga oshiriladi. 
3-bob. Taraflarning huquqlari 
3.1. JDU quyidagi huquqlarga ega: 
3.1.1. O‘TSga asosan o‘quv dasturini ishlab chiqish va yangilash; 
3.1.2. Ta’lim jarayonini mustaqil amalga oshirish, baholash tizimi, Talabaning oraliq nazorat turlarini, tartibini va davriyligini mustaqil tanlash
JDUning o‘quv tartib qoidalari bilan belgilangan doirada Talabaga rag‘batlantirish va jarima choralarini qo‘llash; 
3.1.3. Ushbu Shartnoma shartlari Talaba tomonidan lozim darajada bajarilmagan hollarda Shartnomada belgilangan shartlarda va amaldagi 
O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq ushbu Shartnomani bekor qilish
3.1.4. Ta’lim jarayonida masofaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash; 
3.1.5. Talaba tomonidan ta’lim dasturini vijdonan o‘zlashtirish majburiyatlari bajarilmagan, JDU Ustavi (ta’sis hujjati) shartlari bajarilmagan va 
Talabaning JDU o‘quv dasturiga noqonuniy qabul qilinishiga olib keladigan kirish imtihonlarida dasturiy vositalar va/yoki uchinchi shaxslarning 
yordami qo‘llanilganligi fakti aniqlangan hollarda, ta’limga oid munosabatlarni o‘zining tashabbusi bilan to‘xtatish; 
3.1.6. JDU ning o‘quv dasturlari va nizomlariga asosan boshqa huquqlarni amalga oshirish. 

Download 348.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling