Japan digital university


-bob. Xizmatlar uchun to‘lov


Download 348.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana19.06.2023
Hajmi348.78 Kb.
#1621426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JDU shartnomasi

5-bob. Xizmatlar uchun to‘lov 
5.1. JDU tomonidan ko‘rsatiladigan pullik ta’lim xizmatlarining narxi ushbu Shartnomaga 1-ilovaga asosan JDU va Talaba o‘rtasidagi 
Qo‘shimcha kelishuvni (keyingi o‘rinlarda “Qo‘shimcha kelishuv”) tuzish orqali har o‘quv yili uchun alohida, O’zbekiston Respublikasi Markaziy 
Banki tomonidan belgilanadigan yillik inflyatsiya miqdori va boshqa muhim iqtisodiy ko’rsatkichlarni inobatga olgan holda, belgilanadi. 
5.2. Navbatdagi o‘quv yili uchun pullik ta’lim xizmatlarining narxi JDU tomonidan o‘qish boshlanishidan bir kalendar oy oldin tasdiqlanadi va 
o‘qish puli haqidagi ma’lumotlar JDUning quyidagi rasmiy veb-sahifasida e’lon qilinadi : 
www.jdu.uz.
5.3. Qo‘shimcha kelishuv o‘qish boshlanishidan 15 kun oldin tuzilishi lozim. 
5.4. Qo‘shimcha kelishuvda belgilangan pul miqdorining to‘lovi Qo‘shimcha kelishuvda belgilangan shartlar asosida amalga oshirilishi lozim. 
5.5. Talaba ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha JDUga o‘zi mustaqil tashrif buyurishi va Qo‘shimcha kelishuv loyihasini olishi lozim. 
5.6. Ta’lim xizmatlari narxi ta’lim jarayonining amalga oshirilishini tashkillashtirishga yo‘naltiriladigan va JDU tomonidan belgilanadigan 
JDUning xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Talaba JDUda ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-uslubiy materiallar va texnika bilan o‘zini mustaqil 
ta’minlaydi. 
5.7. Shartnomaning ushbu bo‘limi bo‘yicha to‘langan pul miqdori Talaba tomonidan o‘qishni davom ettirish rad etilgan hollarda va (yoki) JDUning 
ta’lim xizmatlarini qabul qilish rad etilgan hollarda, to’langan xizmat ko’rsatish muddati davomida talabaning o’qish o’rni saqlanib qolingan tarzda
qaytarib berilmaydi. 
6-bob. Nizolarni hal etish tartibi va boshqa shartlar 
6.1. Ushbu bo’lim bo‘yicha JDU va Talaba o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining moddiy va protsessual huquq 
normalari tatbiq etiladi. 
6.2. Shartnoma Taraflari ushbu bo’limdan kelib chiqadigan va unga bog’liq bo‘lgan hamda uning sharhlanishi bilan bog’liq tarzda yuzaga keladigan 
barcha nizolarni do‘stona hal qilish uchun barcha imkoniyatlarini safarbar etadilar. 
6.3. O‘zaro muzokaralar natijasida kelishuvga erishilmagan hollarda, JDU va Talaba o‘rtasidagi bunday nizolar JDU joylashgan joydagi vakolatli 
sud idorasida ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. 
6.4. Ushbu shartnomani tuzish orqali Talaba (yoki uning ota-onasi yohud boshqa vakolatli shaxs) O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsiy 
ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq JDU yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish, 


saqlash, aniqlashtirish (yangilash, to‘ldirish), foydalanish, berish, tarqatish, egasizlantirish, yo‘q qilish (shu jumladan fotosuratlar, familiya, ism va 
otasining ismini JDU binolaridagi doskalarda, stendlarda, korporativ veb-sayt (shuningdek, ijtimoiy tarmoq sahifalarida) joylashtirishni o‘z ichiga 
olgan shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga roziligini beradi. 
6.5. Talaba, shuningdek, JDUga (u tomonidan vakolat berilgan shaxsga) o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini, agar ularni taqdim etish JDU uchun 
majburiy bo‘lsa, uchinchi shaxslarga o‘tkazilishiga (shu jumladan transchegaraviy uzatishga), shu jumladan tijorat maqsadlarida uchinchi shaxslarga 
berilishiga, shuningdek avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda va / yoki bunday vositalardan foydalanmasdan amalga oshiriladigan 
shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga roziligini beradi. 
6.6. Ushbu shartnomani tuzish orqali Talaba (yoki uning ota-onasi yohud boshqa vakolatli shaxs) shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishni tartibga 
soluvchi JDUdagi hujjatlar bilan, shuningdek bu sohadagi o‘zining huquq va majburiyatlari bilan tanishganligini tasdiqlaydi. 
6.7. Ushbu bo’lim Taraflarning kelishuviga asosan o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. 
6.8. Ushbu bo’lim JDUning tashabbusi bilan 7 (yetti) kalendar kun oldin yozma xabar berish orqali quyidagi hollarda bir taraflama bekor qilinishi 
mumkin: 
- Ushbu bo’limda belgilangan majburiyatlar Talaba tomonidan bajarilmagan hollarda, shu jumladan ta’lim dasturini vijdonan o‘zlashtirish 
majburiyati to‘liq yoki qisman bajarilmagan va Talabada akademik qarzdorlik mavjud bo‘lgan hollarda, suddan tashqari tartibda
- Talabaning harakatlari (harakatsizligi) natijasida pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish imkonsiz bo‘lib qolgan 
hollarda; 
Yuqorida ko‘rsatilgan holatlarda JDU Talaba oldida hech qanday moddiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. 
6.9. Ushbu bo’lim o’zgargan yoki bekor bo’lgan taqdirda, umumiy shartnomaning boshqa bo’limlarining o’zgarishi yoki bekor bo’lishiga olib 
kelmaydi. 

Download 348.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling