Japan digital university
Talaba quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi
Download 348.78 Kb. Pdf ko'rish
|
JDU shartnomasi
4.2. Talaba quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
4.2.1. Ushbu Shartnomada belgilangan ta’lim xizmatlarini qabul qilish; 4.2.2. JDUga qabul qilinish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni o‘z vaqtida JDUga taqdim etish; 4.2.3. JDUning mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish; 4.2.4. Ta’lim jarayoni doirasida pedagog xodimlardan olinadigan darslarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha vazifalarni bajarish; 4.2.5. Ushbu Shartnoma doirasida va uning ijrosi maqsadida beriladigan JDUning qonuniy va o‘rinli talablariga rioya etish; 4.2.6. Akademik qarzdorlikka yo‘l qo‘ymaslik; 4.2.7. Ushbu Shartnomaga asosan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish; 4.2.8. Darslar jadvaliga asosan barcha turdagi darslar va imtihon sessiyalariga qatnashish; 4.2.9. To‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatini JDUga taqdim etish; 4.2.10. O‘zining yashash joyi va pasport ma’lumotlari, elektron pochta manzili o‘zgargan hollarda bir oy ichida JDUga bu haqida xabar berish; 4.2.11. JDU tomonidan ta’lim olishning butun davri davomida ta’lim jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan o‘quv-uslubiy materiallar to‘plamini qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida tegishli texnik-tashuvchi vositalarda qabul qilish, shuningdek ta’lim yakunlangandan so‘ng yoki Shartnoma muddatidan ilgari bekor qilingan hollarda ularni JDUga qaytarish; 4.2.12. O‘quv jarayoniga uchinchi shaxslarni jalb etmaslik; 4.2.13. Masofaviy ta’lim tizimiga kirish uchun shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslik; 4.2.14. Xizmatlar ko‘rsatilishi davomida qabul qilingan o‘quv-uslubiy materiallarni va masofaviy ta’lim tizimida joylashtirilgan boshqa materiallarni ko‘chirib olmaslik, oshkor etmaslik (shu jumladan foyda olish maqsadida), uchinchi shaxslarga bermaslik (shu jumladan ko‘chirib olish va qayta qo‘yish maqsadlarida). 4.2.15. “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ko‘rsatilgan boshqa majburiyatlar. Download 348.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling