Japan digital university
-bob. Nizolarni hal qilish tartibi va boshqa shartlar
Download 348.78 Kb. Pdf ko'rish
|
JDU shartnomasi
3-bob. Nizolarni hal qilish tartibi va boshqa shartlar
3.1. JDU o‘zining topshiriqlarini Talaba tomonidan bajarilish holatini istalgan paytda tekshirish huquqiga ega. Bunda Talaba bunday tekshirishga hamkorlik qilishi lozim. 3.2. Talaba ishni o‘z vaqtida bajara olmaydi yoki sifatli bajara olmaydi deb hisoblaydigan hollarda JDU Talabaning ishni bajarishini muddatidan oldin bekor qilish huquqiga ega. Bunday hollarda kovorking uchun Talabaga to‘lov amalga oshirilmaydi. 3.3. Talabaga topshiriladigan ishning miqdori va hajmi Talabaning ish natijalari va Talaba haqida (jumladan, uning ta’lim jarayonidagi o‘zlashtirish darajasi haqida) JDUda mavjud ma’lumotlar asosida JDU tomonidan mustaqil hal qilinadi. 3.4. Har bir topshiriqning natijasi mualliflik huquqi obyekti bo‘lgan hollarda Talaba ushbu kelishuv orqali Kovorking doirasidagi har bir ish natijalariga nisbatan mulk huquqi va mutlaq huquqlarning (O‘zR “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida” 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ- 42-son qonunining 19-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan barcha huquqlarning) JDUga o‘tkazilishiga o‘z roziligini bildiradi va buni tasdiqlaydi. 3.5. Taraflar Talaba JDUda ta’limni tugatganidan so’ng yoki JDU talabalar safidan chiqarilganidan so’ng Kovorking tugatilishini ma’lum qiladilar. Tugallanmagan ishlar uchun Kovorking belgilangan muddatlarda oxirgi ish tugaganidan keyin tugatiladi. 3.6. Ushbu bo’lim bo‘yicha JDU va Talaba o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining moddiy va protsessual huquq normalari tatbiq etiladi. 3.7. Shartnoma Taraflari ushbu bo’limdan kelib chiqadigan va unga bog’liq bo‘lgan hamda uning sharhlanishi bilan bog’liq tarzda yuzaga keladigan barcha nizolarni do‘stona hal qilish uchun barcha imkoniyatlarini safarbar etadilar. 3.8. O‘zaro muzokaralar natijasida kelishuvga erishilmagan hollarda, JDU va Talaba o‘rtasidagi bunday nizolar JDU joylashgan joydagi vakolatli sud idorasida ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. 3.9. Ushbu bo’lim o’zgargan yoki bekor bo’lgan taqdirda, umumiy shartnomaning boshqa bo’limlarining o’zgarishi yoki bekor bo’lishiga olib kelmaydi. Download 348.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling