Japan digital university


 Talaba quyidagi huquqlarga ega


Download 348.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana19.06.2023
Hajmi348.78 Kb.
#1621426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JDU shartnomasi

3.2. Talaba quyidagi huquqlarga ega: 
3.2.1. Tanlangan tayyorgarlik yo‘nalishi bo‘yicha JDU o‘quv rejasiga asosan oliy ta’limni olish; 


3.2.2. JDUning ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish; 
3.2.3. O‘quv dasturi doirasidan tashqari JDU tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan alohida shartnomalar asosida foydalanish; 
3.2.4. JDU Ustavi yoki JDU Nizomi bilan belgilanadigan tartibda akademik ta’til olish; 
3.2.5. JDU haqida xabardor qilish maqsadida shaxsiy ma’lumotlarni va shaxsiy kurs ishlarini joylashtirishga, o‘qish davrida tuzilgan kurs ishlaridan 
foydalanilishiga rozilik berish; 
3.2.6. “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ko‘rsatilgan huquqlarni va JDU nizomlari bilan belgilangan boshqa huquqlarni 
amalga oshirish; 
4-bob. Taraflarning majburiyatlari 
4.1. JDU quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi: 
4.1.1. Ushbu Shartnomaning 1-bo‘lim 1-bobida belgilangan xizmatlarni tegishli ravishda ko‘rsatilishini tashkillashtirish va ta’minlash. Bunda 
ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati Talabaning o‘zlashtirish darajasiga va unda akademik qarzdorlikning mavjud emasligiga bevosita bog’liq 
bo‘ladi. 
4.1.2. Talabaga oliy ta’limning ta’lim dasturini o‘zlashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni imkoniyat doirasidan kelib chiqqan holda yaratish; 
4.1.3. Talabalarga ta’lim olishning butun davri davomida ta’lim jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-uslubiy materiallar to‘plamini 
sotib olish uchun imkoniyat yaratib berish
4.1.4. Talabaning shaxsiyatiga hurmat ko‘rsatish, jismoniy va ruhiy kuch ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik, Talabaning individual xususiyatlaridan 
kelib chiqqan holda uning axloqiy, jismoniy va psixologik salomatligi va emotsional osoyishtaligini mustahkamlash uchun shart-sharoitlarni yaratib 
berish; 
4.1.5. Talabani masofaviy ta’lim tizimida ro‘yhatdan o‘tkazish va ushbu tizimga kirish imkoniyatini yaratib berish
4.1.6. Talaba va/yoki uning qonuniy vakilining talabi bilan hujjatlar, akkreditatsiya va ushbu Shartnoma ijrosi uchun zarur bo‘lgan boshqa 
hujjatlarni taqdim etish; 

Download 348.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling