15
Ishtiqoq
Arabcha “
yorish, bo‘lish, so‘zdan-so‘zni ajratish” ma’nosini ifodalaydi. Bir o‘zakdan hosil
bo‘lgan ma’nodosh so‘zlarni muayyan g‘oyaviy badiiy maqsadda ishlatish san’ati
ishtiqoq
deyiladi.
G'ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asir-u benavo bo'ldum sanga.
"To Navoiydek senga asir-u benavo bo'lmaguncha g'am-g'ussa changi(so'zi)dan biron-bir kuy
eshitmadim". Bu baytning birinchi misrasidagi "navoye" ("bir navo") so'zi bilan ikkinchi
misrasidagi "Navoiy" so'zi o'rtasida o'zakdoshlik bor. Bu ajib lisoniy joziba hosil qilgan. O'zaro
o'zakdosh so'zlarni ishlatish Sharq mumtoz badiiyati ilmida ishtiqoq san'ati deyiladi.
Sarvinozim gul chog‘i gulshanga kirdi, ey nasim,
Ham oni yelpi-yu, xam gul yaprog‘in boshiga soch(Navoiy)
Do'stlaringiz bilan baham: