JavoHir yo’ldoshev She’riy San’atlar
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
she\'riy san\'atlar maruza 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- «qo‘y» Bo‘sa istab la’li rangin so‘rditn. ersa dedi: «ol»
Tarse (muvozina). She’rda birinchi mшsra so’zlari bilan ikinchi misra so’zlarining bir-biriga
ohangdosh, vazifadosh, qofiyadosh bo’lib kelish usuli.( ipga chizilgan marjon) Gahe eltub ayyog'ini o'ziga, Gahe surtub iligini ko'ziga. Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi. (Bobur) Qamar yuzingdin bo’lur munavvar, Shakar so’zingdin kelur mukarrar. Sendek menga bir yori jafokor topilmas Mendek senga bir zori vafodor topilmas Jondin seni ko’p sevarim, ey umri aziz Sendin seni ko’p sevarim ey umri aziz huSni ta’lil Husni ta’lil (chiroyli dalillash) – adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biror sabab ko’rsatish, she’rda biror voqeani unga dahli bo’lmagan hodisa bilan izohlash san’ati. Garchi shuncha mag’rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. Qatra qonlarkim tomar ko’ksimga urg’on toshdin, Zaxmdindir demakim, qon yig’lar axvolinga tosh. Hijron alamiga chiday olmagan oshiq o’z ko’ksiga tosh urar ekan, yerga qon tommoqda. Shoir ta’rificha, buning sababi toshning badanga yetkazgan yarasi emas(qon yaradan oqayotgani yo’q), balki oshiq qalbiga urilgan tosh uning bag’ridagi g’amning kuchliligiga chiday olmasdan qonli yosh to’kib yig’lamoqda. Yuzlaringdin sharm etib, gulshanda ey ruxsor gul Ko‘rinur har yil bahor, ayyomida bir bor gul. 10 Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizardi gul uyatdin anjumanda. Quyosh oydek yuzingning xijlatidin Qochib to‘rtinchi ko‘k uzra chiqibtur. Lutfiy bu o'rinda yor-ma'shuqa yuzini ta'riflamoqda. yorning yuzi quyoshdan ham, oydan ham go'zal. Biz oy va quyoshning yerdan tepada-ko'kda turishini bilamiz, ammo shoir bunga boshqacha izoh bermoqda. Uning nazarida quyosh yor yuzining go'zalligi tufayli yer yuzidan qochib ketgan va to'rtinchi ko'k (osmon)dan makon topgan. Nozuklik ichra belicha yo'q tori gisuyi, O'z haddini bilib belidin o'lturur quyi.(Lutfiy) Labingdin chun suchuklik qand o‘g‘urlar, Solurlar el ani suvg‘a yalang‘och. Choyga qand solish hodisasi aks etayotgan bu tasvir badiiy asosning go‘zalligi bilan e’tiborga molik. Adib nazarida qand shirinlikni labdan «o‘g‘irlab olgan». O‘g‘ri esa jazolanishi kerak. O‘g‘riga beriladigan jazo turlaridan biri uni suvga kiyimsiz yalang‘och holda kiritishdir. Bu tasvir, albatta, kishida zavq uyg‘otadi. Shoir yorning sochi uzunligini madh etadi, ayni paytda noziklik borasida bel va soch bahsida u (soch) mag'lub. Shuning uchun ham sochning o'rni beldan pastda bo'lishi kerak degan shoirona asos aytilmoqda. Vaholanki, uzun sochning tabiiy ravishda beldan pastda bo'lishi hammaga yaxshi ma'lum. Qutlug' oyog'ing yerga tegibur, oning uchun, El yerga qo'yub bosh, qilur barcha ibodat. Iyhom Arabcha “shubhaga solish, chalg‘itish” ma’nosini ifodalaydi. Mumatoz adabiyotda iyhom haqiqiy va majoziy ma'nolarga ega. Shaklan bir, ma’no jihatdan bar xil bo‘lgan (jinsdosh) so‘z yoki so‘z birikmasini she’riyatda qo‘llagan holda bir baytda ikki xil ma’noni ifoda etish san’atidir. Labing bag'rimni qon qildi, ko'zimdin qon ravon qildi, Nega holim yomon qildi-men andin bir so'rorim bor. Zahiriddin Boburning g'azalidagi bu baytda "so'rorim" so'zi iyhom san'atini voqe qilyapti: yorning labiga ishtiyoqlik oshiqning bag'rini "qon" qildi, ko'zini qizartirib yubordi, holini yomon qildi, undan bir so'rishgina bu azoblardan qutqarishi mumkin degan mazmun ifoda qilingan. Garchi birinchi qarashda kitobxon "so'ramoqchiman" degan yuzadagi ma'noni ilg'asa-da, "so'rmoqchiman" tushunchasini anglagach, shubhasi tarqaladi. Lekin bu holatni ochiq-oydin ifodalamasdan, anglaydigan darajada sirli va pardali qilib tasvirlash-qalbni hayajonga soladi. Bosh qo‘yay dedim, oyog‘i tufrog‘iga dedi: «qo‘y» Bo‘sa istab la’li rangin so‘rditn. ersa dedi: «ol» Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling