Istiora shunday she'riy san'atki, misralarda o'xshayotgan narsa ishtirok etib,
o'xshatilayotgani tushib qoladi.
Shabistonida tug'di bir yangi oy,
Yangi oy yo'qki, mehri olamoroy.
Misolimizdagi baytning birinchi misrasi to'liq holda quyidagi fikrni nazarda tutadi: Shabiston
(tun)dek xoqonning hayotida yangi oy kabi Farhod tug'ildi. Xoqonning hayoti (o'xshatilayotgan
narsa) Farhod tug'ilgunga qadar farzandsizlik tufayli qorong'u kechadek qayg'uli bo'lganligi
shabistonga o'xshaydi. Ana shu o'xshatilayotgan narsa tushib qolib, uning ma'nosi o'xshayotgan
(shabiston)ga, misra davomida Farhod so'zi tushib qolib, uning ma'nosi yangi oyga yuklangan va
istiora orqali go'zal badiiy ifoda yuzaga kelgan.
Istiora tashbehga yaqin turadi. Farqi istorada o’xshatilmish tushub qoladi. Gulday qiz, lalday
lab, desak tashbeh; ana shu o’xshatishlardan -day qiz, -day lab qismlarini tushirib qoldirsak
istioradir.
Kim ermas ul oy mubtalosi, yolg'uz menga yo'q aning balosi. (Ul oy-istiora. Bu istiora
yorni anglatadi.)
Ey gul, meni zor etmaki husnung chamanida, (Gul deyilganda ma'shuqa nazarda tutilmoqda.
Guldek go'zal yor ifodasini bir gul so'zi bilan berilishi istiora san'atini yuzaga keltirgan.)
Laling erur behad-u g’oyat laziz
Ul qaro ko'z ko'zlariga surma bejo tortadur,
Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum,
Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda.
Tilar el mansabi oliy va lekin,
Atoyi sarvi ozodingg‘a banda.
Irsoli masali
She’rda maqol, matal, hikmatli so’zlarni muayyan maqsad bilan ishlatish usuli.
Hunob ichar vaqtimda xush kelding, ko’ngulkim, xalq aro,
Yaxshi masaldurkim: “Kelur yaxshi kishi osh ustina”.
Do'stlaringiz bilan baham: |