JavoHir yo’ldoshev She’riy San’atlar


Sulaymon saltanatlik podshosen, Masih


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana23.02.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1225737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
she\'riy san\'atlar maruza 2020

Sulaymon saltanatlik podshosen, Masih anfoslik, Yusuf liqosen. 
 
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom 
 
Hoki taning barbod o’lur oxir jahonda necha yil, 
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina



 
Tanosub
 
Baytda bir-biriga aloqador, o’zaro daxldor bo’lgan so’zlarni qo’llash. Bir umumiy uyaga 
mansub so’zlarni qo’llash demakdir. 
Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to'ng'a kirib, 
Bir o'ngurlik , bir tirizlik , bir yaqo, yenglik qiling. 
 
Bir-bir ne deyin, boshdin ayoging yaxshi. 
 
Anda bir shoh hokim-u voliy, 
Mulki ma'mur-u himmati oliy. 
 

 Sevgi tuyg'ulari bilan bog'liq mayl, vola, zor, vasl, xaridor singari so’zlari ham tanosub 
san’atini vujutga keltiradi. 
Kitobat 
Arab alifbosi harflari shaklidan lirik manzaralar chizishda, poetik obraz yaratilishida 
foydalanish usuli kitobat deyiladi. 
Halqa-halqa zulfikim ul mohi tobonindadur,
Ching'a boqsam doldek xurshid aning yonindadur 
Qaddig‘a el mayli bo‘lg‘ondin ko‘ngul ozurdadu,
Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.(Navoiy
alif - tik qomatni, dol - egik qomatni. egrilik - lom orqali ifodalanadi.
Ul alifdek qomating hasrati 
Dol yanglig’ ayladi qadim duo 
 
Daxr muqayad bila ozodasan 
Barcha erur kof ila nun zodasi
"Mushkin qoshining hay'ati ul chashmi jallod ustuna,
Qatlim uchun nas keltirur, "nun” eltibon "sod” ustuna”. 
 

Arab alifbosida "nun” qoshga, "sod” ko'zga o'xshashligidan foydalanib, shoir yor 
go'zalligining o'ziga xos tasviriniyaratadi. "Nun”ni "sod”ning ustiga qo'yilsa (ya'ni avval "nun”, 
keyin unga qo'shib "sod” yozilsa), "nas”, ya'ni "hukm” so'zi hosil bo'ladi. (Ogahiy) 



Istiora 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling