JavoHir yo’ldoshev She’riy San’atlar
Sabr qilsang g’o’radin holva bitar
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
she\'riy san\'atlar maruza 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Oqqan ariqqa oqar su(v)"
Sabr qilsang g’o’radin holva bitar,
Besabrlar o’z oyog’idan yitar. Ayoqingg'a tushar har lahza gisu, Masaldurkim: "Charog' tubi-qorong'u". Tuturmen ko'zki, ko'rsam orazingni,- Ki derlar: "Oqqan ariqqa oqar su(v)". 7 Tajnis She’r baytida ma’no jihatidan har xil, ammo shakli bir xil(omonim) yoki shaklan bir-biriga yaqin ikki so’zni keltirib, ular vositasida muayyan fikr, lavha yoki timsolni ta’sirchan ifodalash san’ati. Ulkim ko’ngul oldi zulfi xoli, Ko’ngludin emas xayoli xoli. (Lutfiy) Birinchi qatorda “xoli” so’zi “yuzidagi xol” ma’nosida, ikkinchi qatorda “alohida emas” ma’nosida kelgan. Bo'yung sarv-u-sanubartek beling qil, Vafo qilg'on kishilarga vafo qil. (Xorazmiy) Xorazmiyning "Muhabbatnoma"sidan olingan ushbu bayt misralaridagi oxirgi so'zlar shaklan bir xil. Ammo ular boshqa-boshqa ma'noni anglatmoqda. Dastlabki "qil"-"ingichka, nozik" ma'nosini bildirsa, keyingisida u "qilmoq" fe'lini anglatadi. Ey bag'ritosh, ko'nglum evin aylama xarob, Kim surating chizilmish aning ich-u toshinda Bu yerda "tosh" dastlab "bag'ir" bilan bog'lanib, mehrsizlikni ifodalasa, keyingi holatda u "ichkari" va "tashqari" ma'nosida kelmoqda. Ne ravo bo'lg'ay bukim, mehrob ichinda o'lturub, O'lturadur men duochini ko'zung boqib turub Ushbu baytdagi dastlabki "o'lturmoq"-"joylashmoq, manzil qitmoq" ma'nolarini, keyingisi esa "jon olmoq" ma'nosini anglatmoqda. Charxi kajraftor elidin yozamen, (yozaman) Chiqmadim hijron qishidin yoza men. (yoz fasli) Bir meni yorliq bila yod etmas ul, Har necha ul shahg'a qulluq yozamen.(bitaman) Yuz ochg'il, ko'z seni to'yguncha ko'rsin, Necha bo'lg'ay bu ko'zim muntazir, och. ruju’ She’riyatda shoirning oldingi misra yoki baytda ifodalangan fikri, qo’llagan badiiy tasvir vositalaridan qaytgandek bo’lib, keyingi misra yoki baytda unga qaraganda kuchliroq ifoda, she’riy san’atni keltirish yoki oldingi fikrni aniqlashtirish,to’ldirish usuli.Ruju’ mohiyati o’z- o’zini inkor etib, fikrni kuchaytirishdir. Tarlon yana non soldi, Non demaki, jon soldi. O’n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o’lsa,uldurur, Husn shohi,ul balolarkim,ko’zu qoshindadur. 8 Tajohuli orif Tajohuli orif (bilib turib bilmaslikka olish) – shoirning baytda aks ettirilayotgan biron obrazli iborani aniq aytmasdan o’zini bilib bilmaslikka olgandek ko’rsatishini nazarda tutadi. Mengiz yo ravzai rizvonmudur bu? Og‘iz yo g‘unchai xandonmidur bu? Malaksan yo bashar yo hur-u g'ilmonsan, bilib bo'lmas, Bu Lutf-u bu nazokat birla sendin ayrilib bo'lmas. Jonbaxsh la’ling ustida ul xoli hindularmudur, Yo chashmai hayvon uza zog’i siyahmo’larmudur. Asli seni ko'rmaganman, nigorim! Qumrimisan, bulbulmisan, namasan? G'amgin dilni xayolingda aldarman, Bog' ichinda bir gulmisan, namasan?.. Nahot shuncha ma’sum,shuncha pok, Sevishmoqda alam bor shuncha? Tadrij Tadrij (arabcha-ketma-ket, peshma-pesh) san'atida tasvirga olingan obyekt darajama- daraja rivojlantirib boriladi; bu rivojlanish jarayoni o'xshatish vositasi bilan ketma-ket o'sib boradi. Hamid Olimjonning: Na bo'lg'ay bir nafas men ham yanog'ing uzra xol bo'lsam, Labing yaprog'idan tomgan ki go'yo qatra bol bo'lsam matla'li g'azali ham tadrijga asoslangandir. Shoir mavzu va obrazni asta-sekin rivojlantirib, takomillashtirib boradi: Butog'ingga qo'nib, bulbul kabi xonish qilib tunlar, O'pib g'unchangni ochmoqlikka tong chog'i shamol bo'lsam. Bo'yingni tarqatib olamni qilsam mast-u mustag'riq, O’zimning san'atimga so'ng o'zim hayratda lol bo'lsam. Hamid Olimjon bundan keyingi baytlarda tadrij bilan bir qatorda tazodni qo'llaydi. "Gul"ga "duvol", "malomat birla bo'hton"ga "qamal", "visol"ga "uvol" qarama-qarshi qo'yiladi. Va bu usul oshiq qalb dialektikasining ichki mohiyatini toialigicha ochib berishga erishadi. 9 Muvozina Muvozina (arabcha-tengdoshlik) san'atida birinchi misradagi so'zlar ikkinchi misradagi so'zlar bilan vazn jihatidan ham, talaffuz jihatidan ham teng bo'ladi. Muvozinada "parallel so'zlar miqdori teng, so'zlar hijolari teng, o'qishdagi parallel misralarga sarflanadigan vaqt ham tengdir. Demak, shoir baytni shunday tuzadiki, birinchi misrada nechta ritmik to'xtam va pauzalar boisa, ikkinchi misrada ham aynan o'sha holat takrorlanadi" (V. Rahmonov): Layli ishqin tanimda jon qil, Layli shavqin rangimda qon qil. (Alisher Navoiy) Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling