JavoHir yo’ldoshev She’riy San’atlar


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana23.02.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1225737
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
she\'riy san\'atlar maruza 2020

„Layli, Layli! — debon chekib un, 
El deb: „Majnundir, ushbu Majnun“.(Navoiy)
Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" dostonidan keltirilgan ushbu baytda "Layli va Majnun" 
so'zlari ikki marta takrorlangan. Birinchi so'zning takrori Majnunning oshiqligini ta'kid etsa, 
ikkinchi so'zda el nazdida ishq yo'lidagi Majnunning haqiqatda majnunligi ta'kidlanyapti.
Alhazaralhazar ming bor alhazar
Ana , yurishibdi kiyganlari zar.
Nima gap, nimanima?”
Deya shovqin soldilar.
Jonim olur, ey pari, xolimg’a boq,
Ishtiyoqu ishtiyoqu ishtiyoq.
Nahot shuncha ma’sum, shuncha pok,
Sevishmoqda alam bor shuncha
Demonkim, ko'ngli pok-u, ham ko'zi pok, 
Tili pok-u, so'zi pok-u, o'zi pok. 
 
Mazmuni: Farhodni faqat ko'ngli pok-u ko'zi pok demayman, ayni paytda uning tili pok-u
so'zi pok-u, o'zi pokdir. Baytda takrir-bir so'zni davomli qo'llash orqali ma'noga, ya'ni bosh 
qahramonning ham tashqi, ham ichki olami pok ekanligiga urg'u beradi. 
Mukarrar 
Mukarrar (arabcha-takror-takror; qayta-qayta) san'atida, V. Rahmonovning yozishicha, 
shoir baytda takror-takror bo'luvchi so'zni ishlatadi. Takrirdan farqli ravishda mukarrar so'zlar 
orasiga chiziqcha qo'yiladi va takror so'zning ikkinchisi nutqdagi "xo'p, juda, rosa" kabi 
kuchaytiruvchi so'z vazifasini bajaradi. 
 
O'tarsen o'ynay-o'ynay men gadoyi xasta yo'l uzra, 
Qolurmen bir qiyo boqmoq uchun yolbora-yolbora. (Alisher Navoiy) 
Jon olardi berib jon 
 
Va qancha-qancha qurbon. 
 
 
Shitir-shitir o’ynar shaboda 
 
Bargalar musiqasi biram mayin. 
 
Furqtingdin xasta ko‘nglum, qatra qatra qon erur, 


14 
Olloh olloh bu ne hajru, behadu payon erur. 
 
Tardi aks 
She’rning birinchi misrasida keltirilgan ikki so‘z yoki so‘z birikmalarini keyingi misrada 
o‘rnini almashtirib takrorlashdan iborat san’atdir. 
 
Bilim—kuchda , 
 
Kuch—bilimda.
 
Ko‘pgulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching,
Shikasta ko‘ngluma qaro balo soching.(Bobur) 1)balo-ofat 2)qaro- rang
Boburning ushbu baytining birinchi misrasidagi "balo" so'zi mustaqil holda "ofat" 
ma'nosini, "qaro" so'zi esa sochning sifatini ifodalagan bo'lsa, ikkinchi misradagi bu ikki so'zning 
o'rni almashtirilishi natijasida, ularning mazmuni ham o'zgarib, "qaro" so'zi "balo" so'zining 
sifatlovchisiga aylanib, bu so'zning ma'nosini yanada kuchaytirgan, har ikki so'z qoflyadosh 
bo'lganligi sababli takror zulqofiyatayn san'atini hosil qilgan 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling