Qo‘zim, ketayik-da Oqtosh eliga,
Boshqa bir g‘azalida esa lirik qahramon yorga: «Ey Yusufi husn», – deya murojaat etadi.
Atoyining «Hajringda, begim, oh degumdur dag‘i o‘lgum» deb boshlanadigan g‘azali
oshiqona bo‘lib, unda suyuklisiga muhabbatni olamdagi hamma narsadan ortiq ko‘radigan oshiq
holati ifoda etilgan. Shoir o‘z dil izhorlarini, hurmat va ehtiromini «begim» so‘zida
mujassamlashtira olgan.
Sensiz u jahon ayshi alamdur manga, ey do‘st,
Shodlig‘i ham mehnat-u g‘amdur manga, ey do‘st. (Atoyi)
Alisher Navoiy lirik qahramonining ichiga sig‘may ketgan ruhiy holatini aks ettirish uchun
tabiatga, aniqrog‘i tabiat hodisalaridan bo‘lgan saboga murojaat etadi:
Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg‘a ayt,
Yig‘larimning shiddatin gulbargi xandonimg‘a ayt.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |