Жи ва хим” фанидан иктисодиёи таълим йўналиши талабалари учун якуний назорат саволлари


Download 244.84 Kb.
bet11/28
Sana02.02.2023
Hajmi244.84 Kb.
#1147913
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
ЖИ ва ХИМ ОН ва ЯН саволнома

23. Савдо сиёсати инструментлари
Таянч иборалар: божхона тарифи, божхона божи, божхона ҳудуди, савдо сиёсати, божхона божлари ставкаси рўйхати
Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish turli ko‘rinishlarda bo‘lishi
mumkin. Ularni tovar oqimlariga ta’siri tabiatiga ko‘ra bir-biridan jiddiy farq
qiluvchi ikkita asosiy tipga ajratish mumkin: iqtisodiy va ma’muriy.
Iqtisodiy (tarifli deb ham ataladigan) usullardan foydalanganda ishlab
chiqaruvchi va iste’molchilar, eng avvalo, narx mutanosibligi, tovar va resurslar
eksporti hamda importining sifati va shartlariga amal qilishadi. Tashqi savdoni
tartibga solishning ma’muriy (mos ravishda tarifsiz) usullaridan foydalanilganda
bozor mexanizmiga davlat organlari tomonidan ta’sir o‘tkaziladi, ularning
qarorlari va hatti-harakatlari ko‘p jihatdan ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilarning xohishlarini belgilab beradi.
Tarifli usullar tovar narxiga bevosita ta’sir qiladi. Bu usullar davlatlar tashqi
savdo amaliyotida eng keng tarqalgan, chunki ular birdaniga uchta vazifani hal
qilish imkonini beradi:
1) fiskal - byudjet uchun qo‘shimcha mablag‘larni olish;
2) rag‘batlantiruvchi - xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish;
3) proteksionistik - milliy tovar ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shartsharoitlarni yaratish.
Tashqi savdoni tarifli tartibga solish usullari qatoriga bojxona bojlari, bojlar,
yig‘imlar, shuningdek, boshqa bilvosita soliqlar, mas. aksizlar kiradi.
Tarifsiz usullar - tovar ayirboshlashga ta’sir qilish dastaklarini, ya’ni olib
kiriladigan yoki olib chiqiladigan mahsulot hajmi va nomenklaturasini cheklashni
bildiradi. Ular ko‘proq rivojlanayotgan va hukumat tomonidan proteksionistik
iqtisodiy siyosatni talab qiluvchi, bozor tuzilmalari shakllanayotgan o‘tish davri
iqtisodiyotli mamlakatlarga xosdir.
Tarifsiz ta’sir qilish vositalariga kvotalash, litsenziyalash, eksportni
subsidiyalash, demping, kartel bitimlar va mamlakatlar o‘rtasidagi tovar
oqimlarining yo‘lida texnik to‘siqlarni yaratish kabilar kiritiladi

Download 244.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling