Жи ва хим” фанидан иктисодиёи таълим йўналиши талабалари учун якуний назорат саволлари
Download 244.84 Kb.
|
ЖИ ва ХИМ ОН ва ЯН саволнома
24. Божхона божлари турлари
Таянч иборалар: божхона божларининг вазифалари, адвалор божлар, махсус божлар, транзит божлар, демпинга қарши божлар Bojxona bojlarining mohiyati va ko‘rinishlari Tashqi iqtisodiy faoliyat amaliyotida tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solishning eng keng tarqalgan usullaridan biri bojxona bojlari hisoblanadi. Bojxona boji iqtisodiy mohiyati jihatidan tovar davlat chegarasidan o‘tayotganda olinadigan maxsus pul yig‘imi, soliqni bildiradi. Bojxona bojlari ko‘rinishlarining turli-tumanligi ularning tovar oqimlarini tartibga solish jarayonida bajaradigan funksiyalarining nihoyatda keng ko‘lamliligi bilan izoxlanadi. Eslatib o‘tamiz, bojxona bojlarini joriy etishdan asosiy maqsad: byudjetning daromad qismini ko‘paytirish va «nohalol» raqobat bilan kurashishdir. Shuning uchun ham savdoga ta’sir o‘tkazishning bu usulidan hozirgi kunda jahonning yuzdan ortiq mamlakatida foydalaniladi. Tovar oqimlarining yo‘nalishiga bog‘liq ravishda import, eksport va tranzit bojlari mavjud. Import bojlarini joriy qilish milliy kompaniyalar (rezidentlar)ga ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatini beradi, chunki ular jahon bozoridagi o‘rtacha darajaga nisbatan yuqoriroq xarajatlar bilan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirgi paytda eksport bojlari ancha kam qo‘llaniladi. Ulardan deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar voz kechishgan, chunki ularni joriy qilish jahon bozoridagi keskin raqobat sharoitda eksportning qimmatlashishiga olib keladi. Tranzit bojlar mamlakat hududini kesib o‘tuvchi tovarlardan olinadi va tranzit yig‘imlar ko‘rinishiga ega. Bojxona bojiga tortishning ikkita asosiy usuli mavjud: Maxsus, bunda boj miqdori tovarning og‘irligi, hajmi miqdori birligidan belgilangan summa sifatida o‘rnatiladi (masalan, avtomobil dvigatelining 1 sm kub dan). Advalor (lot. - ad valorem - qiymatdan), bunda bojxona boji sotuvchi tomonidan qayd etilgan tovar qiymatidan foiz ko‘rinishida aniqlanadi. Bundan tashkari tashki savdo amaliyotida bojlarni xisoblashning kombinatsion usuli mavjud. Uning mohiyati shundan iboratki, malum bir bojxona tashkiloti vaziyatdan kelib chiqqan xolda maxsus va advalor orasidagi usulni mustaqil ravishda tanlash huquqiga ega buladilar. Bojxona boji o‘rnatishning u yoki bu usulini tanlash tovar guruhi tabiatiga bog‘liq Xomashyo tovarlariga odatda birinchi usul qo‘llaniladi, eksport bojlariga kelsak, ular ham odatda maxsus usuldan foydalangan holda o‘rnatiladi. Advalor usuldan foydalanish, mashinasozlik mahsulotlari va butlovchi qismlar, ya’ni yuqori darajada differensiatsiyaga ega buyumlar importida qulay hisoblanadi. Hozirgi paytda bu usul hissasiga barcha bojxona yig‘imlarining 80 foizidan ko‘progi to‘g‘ri keladi. Savdo aloqalaridagi mamlakatlar bir-biri bilan turli shartnoma munosabatlarida bo‘lganligi uchun import bojlari: preferensial (maxsus imtiyozli) boj, shartnomaviy (minimal) boj va asosiy (jahon bozori uchun maksimal darajada mumkin bo‘lgan) bojlar bo‘lishi mumkin Download 244.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling