Жи ва хим” фанидан иктисодиёи таълим йўналиши талабалари учун якуний назорат саволлари


Download 244.84 Kb.
bet15/28
Sana02.02.2023
Hajmi244.84 Kb.
#1147913
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
ЖИ ва ХИМ ОН ва ЯН саволнома

30. Нотариф усулларни ўлчаш
Таянч иборалар: частота индекси, савдони қоплаш индекси, нархга таъсир қилиш индекси, экспортнинг қиймат улуши, тариф позицияси
Notarif usullar - tovar ayirboshlashga ta’sir qilish dastaklarini, ya’ni olib
kiriladigan yoki olib chikiladigan maxsulot hajmi va nomenklaturasini cheklashni
bildiradi. Notarif usullar miqdoriy, moliyaviy, yashirin va noiqtisodiy usullarga
ajratiladi. Ular ko‘prok rivojlanayotgan va xukumat tomonidan proteksionistik
iqtisodiy siyosatni talab qiluvchi, bozor tuzilmalari shakllanayotgan utish davri
iqtisodiyotli mamlakatlarga xosdir.
Jahondagi mamlakatlar va hududlar bo‘yicha statistik axborotlar taxlili shuni
ko’rsatadiki, tashki savdoni davlat tomonidan boshqarish tarifli va notarif
usullarning kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi. Tarifli usullarning mavqei keyingi paytda pasayib bormoqda, bu esa Umumjahon savdo tashkiloti
tomonidan a’zo-mamlakatlar oldiga quyilgan strategik vazifa, ya’ni ular orasidagi
o‘zaro tovar ayirboshlashda tarifli cheklashlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish
vazifasi bilan bog‘lik.
Notarif ta’sir qilish vositalariga kvotalash, litsenziyalash, eksportni
subsidiyalash, demping, kartel bitimlar va mamlakatlar o‘rtasida tovar oqimlari
yo‘lida texnik to‘siqlarni yaratish kabilar kiritiladi.
31. Квоталаш ёки контингентлаш
Таянч иборалар: даромад эффекти, ҳимоя эффекти, истеъмолга таъсир эффекти, квота, ишлаб чиқаришга таъсир эффекти
Kvotalash yoki kontingentlash
Umuman olganda, boshqa mamlakatlar bilan savdoni davlat tomonidan
tartibga solishning notarif usullarining 50 dan ortiq turi mavjud. Ularning ichida
eng keng tarqalgani kvotalardir. Agar tarifli usullar aniq bir tovar guruhi bo‘yicha
eksport yoki import hajmi masalasini ochiq qoldirsa, kvotalar olib kiriladigan yoki
olib chiqiladigan mahsulotning qiymat yoki miqdoriy hajmini to‘g‘ridan to‘g‘ri
cheklash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Import kvotalarini joriy qilishda davlat milliy ishlab chiqaruvchilar uchun
xorijiy raqobat ta’sirini bartaraf qilishga intiladi. Bunday kvotalarning harakat
mexanizmi import tariflaridan foydalangandagi holatni eslatadi, ya’ni import
tovarlar taklifi cheklanganda ichki baholar jahon narxiga nisbatan o‘sib boradi.
Biroq tarifdan farqli ravishda, import kvotalari xorijiy raqobatning ichki narxlarga
ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymaydi, bu orqali importdan keladigan foydani ko‘paytiradi
va mamlakat to‘lov balansini muvozanatga keltirish jarayonini osonlashtiradi.
Xalqaro bitimlar orqali qat’iy belgilanuvchi tarif stavkalari o‘rnatilgan vaziyatda
mamlakat yuqoridagi masalani hal eta olmaydi, UST eksport-import
operatsiyalarga miqdoriy cheklashlar joriy qilishga ruxsat beradi.
O‘z navbatida, eksport kvotalari milliy ishlab chiqaruvchilarni etarli tabiiy
resurslar bilan ta’minlash, jahon bozoridagi eksport baholarini oshirish va harbiystrategik maqsadlarga erishish kabilarga qaratilgan. Import kvotalari kabi eksport kvotalari ham mamlakat hukumati tomonidan

bir tomonlama tartibda yoki manfaatdor hamkor bilan xalqaro kelishuv xulosasi

orqali joriy etilishi mumkin. Ular global yoki ma’lum davrda amal qiluvchi
mavsumiy bo‘lishi mumkin.

Download 244.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling