25. Тарифнинг кичик мамлакат иқтисодиётига таъсири
Таянч иборалар: даромад эффекти, ҳимоя эффекти, истеъмолга таъсир эффекти, импорт божи, ишлаб чиқаришга таъсир эффекти
26. Тарифнинг катта мамлакат иқтисодиётига таъсири
Таянч иборалар: даромад эффекти, ҳимоя эффекти, истеъмолга таъсир эффекти, импорт божи, ишлаб чиқаришга таъсир эффекти
Katta mamlakat uchun import tarifi faqatgina ichki ishlab chiqarishni
himoyalash emas, balki tashqi dunyo bilan savdo shartini yaxshilab olish vositasi
hamdir. Darhaqiqat, katta mamlakat importni qisqartirsa, bu mamlakat ana shu
tovarning asosiy xaridori bo‘lganligi sababli eksportyor mamlakat ushbu tovar
narxini pasaytirishga majbur bo‘ladi. Eksport tovarlari narxi o‘zgarmagan holda
import tovarlar narxining pasayishi importyor mamlakat uchun savdo shartining
yaxshilanishiga olib keladi. lekin katta iqtisodiyotli mamlakat ham import bojini
joriy qilishdan sof foyda ko‘rmasligi mumkin.
Katta mamlakat hukumati ichki ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatdan
himoya qilish maqsadida importga boj joriy qiladi. Boj o‘rnatilishi natijasida
tovarning jahon narxi tushadi. Lekin ushbu tovarning ichki narxi boj miqdoriga
ko‘tariladi ( t) Pw dan Pw+tga. Jami taklif chizig‘i yuqoriga yangi Sd+w+t darajaga
suriladi. Taklifning yangi darajasida ichki talab va jami taklif G nuqtada muvozanatga keladi, natijada ichki ishlab chiqarish Q1Q2ga ortadi, ichki talab
Q5Q4ga kamayadi. Import Q1Q5 dan Q2Q4 ga qisqaradi Import tarifi joriy qilinishi natijasida iste’molchilarning zarari a+b+c+d ga
teng bo‘ldi. Kichik mamlakatda bo‘lgani kabi import bojining ta’sirini ikkiga
ajratishimiz mumkin: qayta taqsimlanish effekti va yo‘qotish effekti..
Katta mamlakat misolida daromad effekti ikkiga ajraladi: ichki daromad
effekti va savdo sharti effekti.
Ichki daromad effekti - bu daromadning ichki iste’molchilaridir.
Savdo sharti effekti - bu daromadning xorijiy ishlab chiqaruvchilardan davlat
byudjeti foydasiga qayta taqsimlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |