Жи ва хим” фанидан иктисодиёи таълим йўналиши талабалари учун якуний назорат саволлари
Линдернинг кесишувчи талаб назарияси
Download 244.84 Kb.
|
ЖИ ва ХИМ ОН ва ЯН саволнома
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21. Ишлаб чиқариш омиллари реверси нимани англатади
- 22. Халқаро савдода давлатнинг роли
20. Линдернинг кесишувчи талаб назарияси
Таянч иборалар: даромаднинг максимал даражаси, даромаднинг минимал даражаси, товар сифати, талабнинг кесишиши, даромаднинг тақсимланиши Lindertning kesishuvchi talab nazariyasi Kesishuvchi talab nazariyasi bu xalqaro savdoni talab tomonidan tushuntiruvchi kamdan kam nazariyalarning biridir. Bu nazariyaga ko‘ra mamlakat eksporti importyor-mamlakatdagi talabga bog‘liq. Kamdan kam tovarlar faqat eksport uchun ishlab chiqariladi. Tovarlarning asosiy qismi ichki bozorda sotiladi, ichki iste’mol to‘liq qondirilgandan keyingina bu tovar eksport qilinadi. Bu tovarni xorijiy mamlakatlarda sotishda bu mamlakatdagi talab tarkibi o‘z mamlakatidagi talab o‘xshash bo‘lgan mamlakatni tanlash maqsadga muvofiq. Ikki mamlakatda talab tarkibi ko‘proq daromad darajasiga bog‘liq bo‘ladi, daromad qanchalik yuqori bo‘lsa sifatli tovarga bo‘lgan talab ortib boradi 21. Ишлаб чиқариш омиллари реверси нимани англатади? Таянч иборалар: ўрнини қоплашнинг эгилувчанлиги, талаб реверси, меҳнат сиғимли товар, капитал сиғимли товар, ишлаб чиқариш омилларининг нисбий нархи 22. Халқаро савдода давлатнинг роли Таянч иборалар: эркин савдо, селектив протекционизм, коллетив протекционизм, яширин протекционизм, тармоқ протекционизми Har qanday davlatning tashqi savdo siyosati hukumatning umumiqtisodiy yo‘nalishining muhim tarkibiy qismi sanaladi, yanada torroq ma’noda esa eksportimport tovar oqimlari hajmi, tovar tarkibi va jug‘rofiy yo‘nalishini tartibga solish bilan bog‘liq byudjet-soliq faoliyati sohalaridan biridir. Tashqi savdo siyosati xo‘jalik rivojlanishining ichki jihatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi uchun uning bosh vazifasi mamlakat ichkarisida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va milliy boylikni ko‘paytirish uchun zarur bo‘lgan qulay tashqi iqtisodiy shart-sharoitlarni shakllantirish hisoblanadi. Erkin savdo siyosati (yoki fritredlik - inglizcha free trade) iqtisodiy hayotning bir hodisasi sifatida XVIII asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi. Uning nazariy jihatdan asoslanishida A. Smitning mashhur asari - «Xalqlar boyligi tabiati va sabablari» hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi7. Fritredlik nazariyasi boshqa bir ingliz iqtisodchisi D. Rikardo asarlarida rivojlantirildi va deyarli nihoyasiga etkazildi. D. Rikardo Adam Smitning raqobat sharoitida erkin tadbirkorlik ahamiyati va mamlakat iqtisodiyotini «ko‘rinmas qo‘l» hukmronligiga, ya’ni bozorning o‘z-o‘zini boshqarish qonunlari ixtiyoriga topshiruvchi jamiyatning «tungi qorovuli» sifatidagi davlat roli haqidagi g‘oyalarini rivojlantirdi. Erkin savdo siyosatining klassik namunalarini XIX asrning ikkinchi yarmidagi ingliz-sakson mamlakatlari, ayniqsa, Buyuk Britaniya va uning dominionlari (1947 yilgacha Britaniya tarkibiga kirgan, rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan davlatlar) iqtisodiyotida kuzatish mumkin. Hozirgi paytga kelib fritredlik tizimining klassik ko‘rinishi davlat ixtiyorida bo‘lgan biror-bir mamlakat qolmadi. Davlatning nufuzli tashkilotlarini tartibga solish borasida rolini sezilarli oshganligini hisobga olsak, bu o‘z-o‘zidan tushunarli, albatta. Biroq erkin savdo siyosatining unsurlari ko‘plab mamlakatlarning iqtisodiy siyosatida hozir ham sezilarli, ayniqsa, rivojlangan va hududi hamda resurslari jihatidan kichik bo‘lgan mamlakatlarda, masalan, Singapurda. Iqtisodiy nazariyada odatda erkin savdo proteksionizm siyosatiga (ingl. protection - himoya, homiylik), ya’ni milliy iqtisodiyotni ichki va tashqi bozor tamoyillarining salbiy ta’sirlaridan himoyalash maqsadida davlat tomonidan joriy etiladigan iqtisodiy va ma’muriy chora-tadbirlar tizimi qarama-qarshi qo‘yiladi. Proteksionizm o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilk davlatlar shakllangan paytdan buyon mavjud. Bu siyosatning prinsiplari nazariy jihatdan amerikalik davlat arbobi A. Gamilton (XVIII asrning oxiri) va taniqli nemis iqtisodchisi F. List (XIX asrning o‘rtalari) asarlarida ishlab chiqilgan. Biroq proteksionizm amaliy chora-tadbirlar seriyasi sifatida sayyoramizda so‘l (SSSR) va o‘ng («Uchinchi reyx» - fashistlar Germaniyasi) siyosiy oqimlarning totalitar rejimi davrida o‘z kulminatsiyasiga etgan. Bu mamlakatlarda savdo sohasiga davlat monopoliyasi xos edi Download 244.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling