Jismoniy madaniyat


Butun maydonda to‘p olib yurish texnikasi


Download 91.15 Kb.
bet26/56
Sana07.11.2021
Hajmi91.15 Kb.
#171473
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56
Bog'liq
Hakamlik.docx 1

Butun maydonda to‘p olib yurish texnikasi

Mashqning maqsadi: Har xil harakatlarini bajarishida to‘p olib

yurish tezligi ustida ishlash.

Mashqning bayoni: 0 ‘yinchilar ikkita teng jamoalarga

bo‘linadi. 0 ‘yinchilar bitta yoki ikkita to‘pni butun maydon uzunasi

bo‘ylab olib yurishni boshlaydilar. Bir vaqtda yoki navbatma-navbat

to‘p olib yurish qo‘llashni aniqlab oling. Jamoaning barcha o‘yinlari

to‘p olib yurishni u tomonga va orqaga bajara olsalar, shu jamoa

g‘olib bo‘ladi.

Murabbiyning ко ‘rsatmalari: 0 ‘yinchilar estafetada turli xil

o'tkazishlarini (masalan; to‘pni o‘tkazish, oyoqlari ostidan o‘tkazish

va h.k.) qo‘llashlari lozim. Bu hamma o‘tkazishlar ikkita to‘p bilan

bajarilishi mumkin. G‘olib bo‘lgan jamoa qandaydir taqdirlanishi

zarur (masalan; ular birinchi bo‘lib suv ichishlari). 0 ‘yinchilar

to‘pni oldinga otib yuborib, keyin unga yetib olmayotganini hosil

qiling8.

Ko‘rish nazorati bilan to‘pni boshqarish o‘z jamoadoshlarini

o‘zaro joylashishi yoki harakatlanishi, raqiblaming qarshi harakati,

ular va shchit o‘rtasidagi oraliqni aniqlash, shu asosda to‘g‘ri qaror

qabul qilish imkoniyatini beradi. Bunday о‘yin usuliga o‘rgatish

asosan dastlabki o‘rgatish bosqichlarida muhim rol o‘ynaydi. Lekin

mazkur usul bora-bora to‘p bilan harakatlanish elementlarini ko‘z

bilan kuzatib ijro etishdan ko‘rish nazoratisiz to‘pni boshqarishga

almashtirilishi lozim.

Chunki o‘yin davomida o‘z harakatiga qarab (ko‘z bilan harakat

qilib) to‘p boshqarish maydondagi vaziyatni nazorat qilish

imkoniyatidan mahrum qiladi.

To‘pni ko‘rish nazoratisiz boshqarish usuli maydonda ro‘y

berayotgan barcha vaziyatlami payqash, farqlash, tahlil qilish, shu

vaziyatga asosan foydali qaror qabul qilish va uni amalga oshirish

qiymatini belgilaydi. Bunday qobiliyat o‘yinchida “to‘pni his qilish’’

to‘pni boshqarish texnikasi yuksak “avftomatik” tarzda shakllangan

bo‘lsagina sayqal topadi. Shuning uchun ham mutaxassislar ushbu

usulga erta yoshlikdan boshlab o‘rgatish zarurligini ta’kidlaydi.

To‘pni boshqarishda raqibni “aldab”, uni chalg‘itib o‘tishda bir

qator “fmtlar” qo‘laniladi (26-rasm):

- o‘ng yoki chap “yon tomon - oldinga” qadam tashlab qaramaqarshi

tomonga to‘pni urib tezkor harakatlanish (26 a rasm);

- keskin (kesma “krest”) qadam tashlash (26 b rasm);

- o‘ng yoki chap tomonga burilish-aylanish (26 v rasm).

To‘p bilan harakatlanishdan so‘ng to‘xtash ikki usuldan iborat -

to‘p urib borish va keskin to‘xtash. To‘p bilan harakatlanishdan

so‘ng to‘xtash - ikki qadam xatlash va sakrash orqali amalga

oshiriladi. О‘yin davomida sakrab to‘xtash usuli ko‘proq qo‘llaniladi.

To‘p tashlashlarni o'rgatishda shuni e’tiborga olish kerakki,

to‘pning aylanma yo‘nalishi o‘yinchining savatga nisbatan joylashuviga

va masofaga, shuningdek hujumchi tomonidan qarshilik

ko‘rsatish darajasiga bog‘liq. Shchit tagidan turib qiyin holatlardan

to‘p tashlashlarda ko‘proq vertikal o‘q atrofida aylantirish

qo‘llaniladi, bu shchitdan qaytish nuqtasini erkinroq tanlash hamda

o‘tish va to‘p tashlash uchun shchit orqasidagi hududdan to‘liq

foydalanish imkonini beradi. Biroq yaqin o‘rta va uzoq masofalardan

turib to‘p tashlashlarda aksariyat hollarda to‘pga teskari

aylanma harakat beriladi. To‘pning uchish yo‘nalishiga qaramaqarshi

tomonga gorizontal ko‘ndalang o‘q atrofida aylantirish. To‘p

tashlashlar texnikasi asoslarini o‘zlashtirishda aynan shunday

aylanma harakatni bajarishga o‘rgatish lozim.

To‘pning uchish traektoriyasini tanlash uchun masofa o‘yinchining

bo‘yi qarama-qarshilikning faolligi va himoyachining bo‘y

ko‘rsatkichlari e’tiborga olinadi. Aniqlanishicha to‘p o‘ta baland

trayektoriya bilan uchayotganda to‘p yo‘li uzatish tufayli to‘p

tashlash aniqligi pasayadi. Barcha ideal sharoitlar mavjud bo‘lgan

hollarda yaqin masofa past-tezkor trayektoriyaning qo‘llanilishiga

turtki bo‘ladi. 0 ‘rta (halqadan 3-6 m nari) va uzoq (6 m.dan

uzoqroq) masofadan turib to‘p tashlashlarda to‘pning optimal uchish

traektoriyasi parabola hosil qiladi, unda halqa sathidan eng baland

nuqta 1,4—2 m.ga (o‘rtacha traektoriya) teng bo‘ladi.

To‘p tashlash samaradorligi o‘yinchinig nishonga olish nuqtasining

to‘pni qo‘ldan chiqarib yuborish burchagini va to‘pning

uchish trayektoriyasini tanlay olish ko‘nikmasi bilan belgiladi.

Isbotlanganki shchitga nisbatan 15-45 gradus burchak ostida to‘p

tashlashlami shchitdan sapchitib bajarish savatdan oldinga yoki sirt

chizig‘idan 15-45 gradusda aniqroq burchaklar sektorlarida turgan

holda esa bevosita halqaga amalga oshirish (sof tashlash) maqsadga

muvofiq.

Mos ravishda nishonga olish nuqtalari tanlanadi. SHchitdan

sapchitib to‘p tashlashlarda nafaqat o‘zining joylashuviga balki

qo‘llaniladiga tashlash uslubiga ham qaraladi.

Bunga shchitdagi kichik kvadrat mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi.

Sof≫ tashlashlarda esa to‘p tashlayotgan o‘yinchiga nisbatan



halqaning old chambaragi moMjal bo‘ladi9.


Download 91.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling