Jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarning shaxsiy gigiyenasi
Sportchida issiq urish holatining belgilari
Download 83.5 Kb.
|
Jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarning shaxsiy gigiyenasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sportchida quyosh urish holati.
- Issiq va quyosh urishi holatida birinchi tibbiy yordam.
- Havo harorati past bo`lgan sharoitda sportchilarni tayyorlashning gigiyenik ta`minlanishi.
Sportchida issiq urish holatining belgilari:
- ish qobiliyati pasayadi, yoki mutloq yo`qoladi; - tez charchash, umumiy holsizlik, uyqusirash, harakatning kuchsizlanishi va sekinlashuvi, bosh aylanishi, bosh og`rishi; - ko`z oldi qorong`ilashuvi; - chanqash, og`izning qurishi, ko`ngil aynish, qusish; - tana haroratining ko`tarilishi, nafas olish va tomir urishining tezlashuvi, ko`p terlash; - issiq urish davom etaversa ter ajralishi kamayadi, teri quriydi, u issiq bo`ladi, tana harorati 40o gacha va bundan ham yuqoriga ko`tarilishi mumkin. Sportchining yuzi oqaradi, lablari ko`karadi, og`ir holatlarda hushini yo`qotadi. Sportchida quyosh urish holati. Boshni va tanani himoya qilmaslik tufayli quyosh nurlarining to`g`ridan-to`g`ri ta`sir qilishi natijasida quyosh urishi holati yuzaga keladi. Belgilari. Tana harorati ko`tarilishi, kuchli bosh og`rishi, qusish, yurak urishi va nafas olishning tezlashuvi, og`ir kechganda hushini yo`qotish kabi belgilar kuzatiladi. Issiq va quyosh urishi holatida birinchi tibbiy yordam. 1. Issiq yoki quyosh urishining birinchi belgilari sezilishi bilanoq sportchi salqin joyga o`tkaziladi. 2. Kiyimlari yechiladi. Uning badaniga shabada tegishiga sharoit yaratiladi, shabada bo`lmasa uni biror narsa bilan yelpish kerak. 3. Boshiga, bo’ynining orqa tomoniga, qo`l va oyoq kaft yuzasiga muz xalta yoki sochiq (ro`mol) ni sovuq suvga namlab qo’yiladi. Badani sovuq suvga namlangan sochiq (ro`mol) bilan artiladi yoki ustidan juda muzdek bo`lmagan iliqroq suv quyiladi. Iliqroq suv oz-oz miqdorda ichirib turiladi. 4. Nafas olish va yurak-tomir ishini yaxshilash uchun kofein, kordiamin, kamfora kabilarning birontasi 1-2 ml teri ostiga in`yeksiya qilinadi. 5. Yuqoridagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatish jarayonida mutaxassis shifokorga xabar beriladi (tez yordam chaqiriladi). Havo harorati past bo`lgan sharoitda sportchilarni tayyorlashning gigiyenik ta`minlanishi. Havo harorati past bo`lganida odam tanasidan tashqi muhitga ajraladigan issiqlik energiyasi miqdori ko`payadi va tananing sovuq qotish xavfi yuzaga keladi. Oyoqlarning sovuq qotishi burun va tomoq shilliq qavati haroratining pasayishiga olib keladi. Bu esa tumov, angina kasalliklarining vujudga kelishiga sharoit yaratadi. Sovuq havo ta`sirida tana muskullari, ular orasidagi nerv tolalari, bo`g`imlar yallig`lanib, revmatizm, radikulit, miozit, nevrit, artrit va boshqa kasalliklar vujudga kelishi mumkin. Havo harorati +10 darajadan past sharoitda, yupqa kiyingan holatda, ya`ni yupqa sport kiyimida ochiq havoda bo`lish, shamollash kasalligining yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Shamollashning tez – tez takrorlanishi asta - sekin organizmning immunitet qobiliyatini pasaytirib, yuqumli kasalliklarning yuzaga kelish xavfini tug`diradi. Havo harorati +10 darajadan past bo`lganida, ayniqsa havoning nisbiy namligi 50-60 % dan yuqori bo`lishi, shuningdek, shabada (shamol) eshishi sportchilarda sovuq urish holatini yuzaga keltiradi. Kam harakatlanish, kiyim va poyabzalning namligi, charchash, ovqat kaloriyasining me`yoridan kam bo`lishi, poyabzalning torligi sovuq urish holatining yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Download 83.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling