Jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarning shaxsiy gigiyenasi
Reja:
1.Sport trenirovkasiga gigiyenik talablar.
2.Trenirovka mashqlarini rejalashtirish va o`tkazishga bo`lgan gigiyenik talablar.
3.Sportchilarni musobaqaga tayyorlashda gigiyenik talablar.
5.Sport musobaqalarini tashkil etish va o`tkazishga gigiyenik talablar.
Sport inshoatlarining joylashuviga gigiyenik talablar.
Sport inshoatlari shamolga teskari tomonga qurilishi maqsadga muvofiq. Bunda yirik ishlab chiqarish korxonalari, avtomagistrallar, chiqindi to‘planadigan joylardan changlarning shamol bilan sport inshoatiga kelishi ma’lum darajada kam bo‘ladi.
Sport inshoati quriladigan joyda yer osti suvi basseyn vannasining eng quyi qismidan, kamida 0,7 metr past bo‘lishi kerak.
Sport inshoatlariga transport kirishi uchun yo‘l o‘tkazilishi lozim. Jamoat transporti to‘xtaydigan joy bilan sport inshoati orasidagi masofa 500 metrdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Sport inshoati atrofiga 10 metr kenglikda 4 qator daraxt nihollari ekiladi. Ular orasida 2,5 metr kenglikda yo‘l (xiyobon) bo‘ladi. Daraxtlar inshoatni changdan, shamoldan himoya qilish xususiyatidagi archa, chinor, terak kabilar bo‘lishi lozim.
Yopiq sport inshoati derazalari janub va janubiy-sharqqa qaragan bo‘lishi lozim. Bunda bino ichiga quyosh nuri kunduzi 3 soat davomida kiradi. Bu bino havosidagi mikroblarni yuqotishga yetarlidir.
Sport inshoati binosi derazalarini g‘arbga yoki janubiy-g‘arbga qaratib qurish gigiyenik nuqtai nazardan noto‘g‘ri, chunki bunda sport zaliga quyosh nuri kunning eng issiq paytida tushadi.
O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitida ortiqcha quyosh radiatsiyasini to‘sish uchun sport zali derazasi ro‘parasiga daraxt ko‘chatlari o‘tkazilgani ma’qul.
Yopiq sport inshoati binosida sport zalidan tashqari quyidagi yordamchi xonalar bo‘ladi: garderob, tibbiy xizmat, massaj, bufet, yechinish, dush, hojatxona (erkaklar va ayollar uchun), dam olish xonalari, ma’muriy inventarlarni saqlash va ta’mirlash xonalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |