Jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarning shaxsiy gigiyenasi


Sportchilarni musobaqa oldidan o`quv-trenirovka mashqi yig`inlarida tayyorlashni gigiyenik ta`minlash


Download 83.5 Kb.
bet4/8
Sana25.01.2023
Hajmi83.5 Kb.
#1123146
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarning shaxsiy gigiyenasi

Sportchilarni musobaqa oldidan o`quv-trenirovka mashqi yig`inlarida tayyorlashni gigiyenik ta`minlash.
Sportchilarni musobaqa oldidan o`quv-trenirovka mashqi yig`inlarida tayyorlash uchun quyidagi gigiyenik tadbirlarni amalga oshirish zarur:
1. O`quv-trenirovka mashqi yig`inlarining asosiy vazifasi, o`tkazish muddati, qatnashadigan sportchilarning tarkibini hisobga olgan holda, yig`in o`tkaziladigan qulay joy oldindan tanlanadi. Joyni tanlashda iqlim, ob-havo sharoitlariga alohida e`tibor qaratiladi. Tanlanadigan joy chiroyli manzarali, toza, ko`kalamlashtirilgan, mashqlarni o`tkazish va dam olish uchun qulay bo`lishi kerak.
2. O`quv-trenirovka mashqi yig`inlari davrida sportchilar kun tartibida quyidagilar o`rin oladi:
-
61
trenirovka mashg`ulotlarini o`tkazilishi bilan bir qatorda, sportchilarning madaniy va faol dam olishi (sayr qilishi) kabilarga e`tibor beriladi;
- sportchilarni mashqdan keyin ish qobiliyatini yaxshilash, kuch-quvvati tiklanishini tezlashtiruvchi turli xil gigiyenik vositalarni qo`llash aniq ko`rsatiladi;
- kechki uyquga 8 soat vaqt ajratiladi. Uyquning tinch-osoyishta bo`lishini ta`minlash choralari e`tiborga olinishi zarur;
- zarur bo`lgan shaxsiy gigiyena tadbirlari, ertalabki gimnastika;
- organizmni chiniqtirish (havo-quyosh vannalari, suv manba`larida cho`milish) va boshqa tadbirlar;
- o`zini – o`zi nazorat qilish kundaligi daftarini yuritish.
3.Yig`in qatnashchilari yil fasli, ob-havo, mashq o`tkaziladigan hudud iqlimiga mos bo`lgan sport kiyimida bo`lishlari kerak.
4. Ovqat kaloriyasi va tarkibi trenirovka mashqi yuklamasi hajmiga, ya`ni sportchi sarflaydigan energiya miqdoriga mos bo`lishi lozim. Ayniqsa sifatli oqsil va vitaminlarga boy mahsulotlar, meva-sabzavotlar yetarli bo`lishiga e`tibor beriladi.
5. Yig`in qatnashchilarini joylashtirish masalasi muhim ahamiyatga ega. Ularni alohida binoga joylashtirish lozim. Atrof-muhit toza, ko`kalamlashtirilgan, suv man`bai bor, mashq o`tkaziladigan sport inshoatiga yaqin bo`lishi kerak. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, yig`in qatnashchilari mehmonxonaga yoki yotoqxonaga (talabalar, ishchilar yotoqxonasiga) joylashtirilmasligi kerak. Bunday sharoit sportchilarning asab-psixik holatiga, sifatli dam olishiga, ish qobiliyatining yuqori bo`lishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
6. O`quv-trenirovka mashqi yig`inini musobaqa o`tkaziladigan joyda (sport inshoatida) o`tkazilishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunda sportchilar shu hududning ob-havosi va boshqa sharoitiga moslashish imkoniga ega bo`ladilar. Bu esa musobaqa natijasining yaxshi bo`lishiga imkon beradi.

Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling