Oldinga aylanish (o'ng oyoq bilan). Gimnastni yakkacho‘pga minib tayanish holatidan o'ng oyoqni mumkin qadar balandroq ko‘tarib kerishadi va tosni oldinga yo‘naltiradi. Bunda chap oyoqning soni yakkacho‘pga qattiq bosiladi. Shu holatdan oldinga harakat boshlanadi va tana holati taxminan bosh pastga tushgunga qadar saqlanadi. Bu holatda oyoqlar orasi qisqartiriladi va qo‘l kaftlarini o‘qqa qo‘yib aylanish yakunlanishidan oldin aylanish yo‘nalishi bo‘yicha buriladi. Aylanish oyoqlarni keng yozish bilan yakunlanadi. Orqaga aylanish (o‘ng oyoq oldinda) oldinga aylanishga o‘xshab bajariladi, faqat teskari yo'nalishda.
Do'stlaringiz bilan baham: |