Tayanib orqaga aylanish. Gimnast tayanish holatidan qo‘llarni biroz bukish orqali oldinga engashib, tos-son bo‘g‘inidan bukiladi, keyin keskin to‘g‘rilanib va qo‘llarini to‘g‘rilab yakkacho‘p ustiga ko‘tariladi (siltanadi). Tayanish holatiga erkin qaytib, sonlar bilan yakkacho‘pga tegishi bilan tos-son bo‘g‘inidan biroz bukilib, boshni orqaga yo‘naltiradi va shu holatni saqlagancha orqaga aylanadi. Butun aylanish davomida tosni yakkacho‘pga yaqin ushlash juda muhimdir. Aylanish tugashidan oldin kaft tayanch holatiga buriladi va tos- son bo‘g‘inidan juda tez to‘g‘rilanadi.
O'rgatish (past yakkacho‘pda):
Tayanish holatidan qo‘llar bilan o‘qdan ushlagancha, orqaga siltanib sakrab tushish;
Orqaga siltanib, tos-son bo‘g‘inidan biroz bukilgancha tayanish holatiga qaytish;
D) murabbiy yordamida aylanish. Murabbiy oldinda va chapda turadi.
0‘ng qo‘li bilan talabaning chap bilagidan teskari ushlaydi (o‘q ostidan), chap qo‘li bilan sondan ushlab, orqaga siltanishga yordam beradi, gimnast tayanish holatiga qaytgach, qo‘lini ichkariga burib, shu qo‘li bilan tosni turnikka bosadi, shu bilan aylanishni tugatishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |