Jismoniy tarbiya va sport to‘G‘risida


-modda. Sog‘liqni saqlash organlari va muassasalarining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi ishtiroki


Download 23.47 Kb.
bet6/10
Sana21.04.2023
Hajmi23.47 Kb.
#1370956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nazariya2

14-modda. Sog‘liqni saqlash organlari va muassasalarining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi ishtiroki
Sog‘liqni saqlash organlari va muassasalari:
jismoniy tarbiyadan salomatlikni mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish va ularni davolash vositasi sifatida foydalanadilar;
aholi turli ijtimoiy guruhlarining jismoniy kamol topishi holatini va uning yuksalish sur’atlarini tahlil qiladilar hamda tegishli davlat boshqaruvi organlariga takliflar kiritadilar;
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning tibbiy nazoratini olib boradilar;
sport bo‘yicha terma komandalar xalqaro sport musobaqalariga tayyorlanishini tibbiy jihatdan ta’minlashda qatnashadilar;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi sog‘liqni saqlash mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazishni amalga oshiradilar;
jismoniy mashqlarning maxsus dasturlarini ishlab chiqadilar, sog‘lomlashtirish markazlarini, tibbiyot-jismoniy tarbiya dispanserlarini tashkil etadilar, ularni maxsus apparatlar va asbob-uskunalar bilan jihozlaydilar.
15-modda. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini, sport musobaqalari va sport-tomosha tadbirlarini o‘tkazishda xavfsizlik normalari va qoidalariga rioya etish, fuqarolarning salomatligini, sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarining ma’muriyati mashg‘ulotlar va musobaqalar o‘tkaziladigan joylarning jismoniy tarbiya va sportni boshqarish davlat organlari tomonidan tasdiqlangan texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq zarur darajada texnik jihatdan jihozlanishini ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari va sport musobaqalari ularning qatnashchilari hamda tomoshabinlarning salomatligi, sha’ni va qadr-qimmatiga ziyon yetkazmaydigan qilib o‘tkazilishi kerak.
Belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan shaxslar sport musobaqalarida hakamlik qilishiga yo‘l qo‘yiladi.

Download 23.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling