Jismoniy tarbiya va sport to‘G‘risida
-modda. Jismoniy tarbiya va sportni moliyalash
Download 23.47 Kb.
|
nazariya2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-modda. Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari
19-modda. Jismoniy tarbiya va sportni moliyalash
Jismoniy tarbiya va sportni moliyalash respublika budjeti va mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya va sportni moliyalash manbalari jumlasiga quyidagilar ham kiradi: tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar; aholiga pullik jismoniy tarbiya-sport va sog‘lomlashtirish xizmatlari ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar; belgilangan tartibda sport lotereyalari o‘tkazishdan tushadigan mablag‘lar; LexUZ sharhi Lotereyalar tashkil etish faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan “Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizomga asosan amalga oshiriladi. aholi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ixtiyoriy badallari, jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari qatnashchilarining a’zolik badallari; sport turlari bo‘yicha maxsus jamg‘armalarning mablag‘lari; sport-tomosha tadbirlarini o‘tkazishdan tushadigan daromadlar; homiylik yordami; sport ramzlari, timsollaridan foydalanganlik uchun korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari; chet el investitsiyalari va xalqaro jamg‘armalarning mablag‘lari; xalqaro tashkilotlardan keladigan tushumlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar. 20-modda. Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari ommaviy yoki xususiy mulk bo‘lishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni ro‘yobga chiqarishda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari yangi egalarga o‘tishini, inshootdan o‘z maqsadida foydalanishni saqlab qolinishini ta’minlaydigan tartib va shartlari belgilab qo‘yiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z hududlarida jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishidagi obyektlarning rejalashtirilishi, loyihalashtirilishi, qurilishi va foydalanishga topshirilishi ustidan nazorat qiladilar. Ta’lim muassasalarini, turar joy dahalarini zarur jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari majmuini barpo etmagan holda qurish va qayta qurishga, shuningdek jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini, shu hudud doirasida ularga teng inshootlarni barpo etmasdan turib, tugatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ta’lim muassasalari, korxonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam ta’minlanish normativlari jismoniy tarbiya va sportni boshqarish vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. Download 23.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling