Jismoniy tarbiya va sport to‘G‘risida


-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari


Download 23.47 Kb.
bet3/10
Sana21.04.2023
Hajmi23.47 Kb.
#1370956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nazariya2

6-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:
o‘zlariga qarashli hududda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga rahbarlik qiladilar;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni mahalliy budjetdan mablag‘ bilan ta’minlaydilar;
jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalarining tuzilishiga ko‘maklashadilar;
mahalliy korxonalarda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport va turistik ahamiyatdagi tovarlar ishlab chiqarilishiga ko‘maklashadilar;
jismoniy tarbiya va sportning moddiy bazasini kengaytirish hamda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida kiritilgan mablag‘larni jamlaydilar;
aholi o‘rtasida sport normativlarini topshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadilar;
havaskorlik jismoniy tarbiya-sport harakatini rivojlantirish uchun fuqarolarning turar joylari va dam olish joylarida shart-sharoitlar yaratadilar;
zarur o‘quv-moddiy bazasini ta’minlagan holda bolalar va o‘smirlar sport maktablarini hamda jismoniy tarbiya-sport muassasalarini tashkil etadilar va ularni mablag‘ bilan ta’minlaydilar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
7-modda. Jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari
O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi, jismoniy tarbiya-sport jamiyatlari, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar, uyushmalar, jamg‘armalar, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport klublari va asosiy maqsadi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriщdan iborat bo‘lgan boshqa jamoat birlashmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti xamda sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi sport-texnika klublari jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari jumlasiga kiradi.
Jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari o‘z ustavlariga muvofiq fuqarolar o‘rtasida jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport ishlarini tashkil etadilar hamda sport rezervini tayyorlashni amalga oshiradilar.

Download 23.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling