Jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti


II BOB. Kurash orqali o‘quvchilarga umuminsoniy qadriyatlarini singdirishning ilmiy – metodik asoslari


Download 460 Kb.
bet11/16
Sana18.06.2023
Hajmi460 Kb.
#1592258
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Nurqobilova Hafsa B.M

II BOB. Kurash orqali o‘quvchilarga umuminsoniy qadriyatlarini singdirishning ilmiy – metodik asoslari
2.1. O‘quvchilarga kurash orqali umuminsoniy qadriyatlarin singdirishning mazmuni, shakl va metodlari.
Barchamizga yaxshi ma’lumki, xalqimiz milliy ma’naviyatini ming yillar davomida sayqal topgan azaliy qadiriyatlarimizdan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bois mamlakatimizda istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab milliy ma’naviyatimiz bilan birga, uning ajralmas qismi bo‘lgan qadimiy an’analarimizni tiklash, jahon tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning boy ilmiy merosini o‘rganish, o‘sib kelayotgan avlodning ana shu ma’naviy xazinasidan bahra olib ulg‘ayishiga alohida e’tibor berilmoqda.
Kurash sporti orqali o‘zbek an’analari, qadiriyatlari, urf-odatlari, san’ati ham dunyoga tarannum etilmoqda. Qachonlardir milliy fazilat hisoblangan kurash bugun umuminsoniy qadiriyatga aylandi. Kurash an’anasi xalqimiz g‘ururi va kuch-qudratining timsoli bo‘lib, yigit-qizlarimizni epchil, mard, jasur, kuchli, kamtarin, mehnatsevar va Vatanparvar qilib tarbiyalashda tengi yo‘q fazilat sanaladi. CHunki bugun kurashni dunyo xalqlari zamonaviy sport turi sifatida qabul qildi va undan yoshlar tarbiyasida samarali foydalanilmoqda. Kurash shunchaki sport turigina emas, balki insonning jismoniy, ma’naviy kamolotga erishish vositasidir O‘tmish ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘li va serqirra faoliyati milliy qadiriyatlarimizni chinakam boyitgan bebaho xazinadir. Ta’lim-tarbiyani milliy va umuminsoniy qadiriyatlar bilan uyg‘unlashtirib olib borish orqali uni jahon andozalari darajasiga etkazish borasida mamlakatimiz ta’lim tizimida diqqatga sazovor ishlar amalga oshirildi va bu jarayon jadal davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham barkamol avlodni tarbiyalashning asosi aks etgan. Ta’lim va tarbiyada milliy va umuminsoniy fazilatlarni uyg‘unlashtirgan holda olib borish barkamol avlod tarbiyasida yaxshi samara berdi. Sport va qadiriyatlar sog‘lom avlod tarbiyasining muhim omillaridan biridir. Ushbu qo‘llanmada aynan shu masalalar o‘z echimini topadi.
Kurashining sog‘lom avlodni har tomonlama tarbiyalashda, mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashda, harbiy san’atni takomillashtirib borishda ham ahamiyati beqiyos. Ta’bir joiz bo‘lsa, kurashi birdam millatni va inoq xalqni shakllantiruvchi tarixiy qadiriyatlardan biri. Kurash bu nafaqat ikki sportchi o‘rtasidagi jismoniy bellashuv mahorati, balkim yoshlarni milliy va umuminsoniy qadiriyatlar ruhida tarbiyalash vositasi hamdir. Kurash mazmuniga qoidalariga mardlik, halollik, to‘g‘rilik, tozalik, g‘oliblik va mag‘lublikni tan olish, raqibni, murabbiylarni, tomashabinlarni, hakamlarni hurmat qilish kabi sport etikasi va insonparvarlik g‘oyalari singdirilgan.
Kurash har bir yoshni o‘z Vataniga muhabbat va mehr-sadoqat, fidokorlik kabi insoniy xislatlar ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Kishining o‘zi tug‘ilib o‘sgan, kamol topgan joyi, zamini, o‘lkaga bo‘lgan mehr-muhabbatini, munosabatlarini ifoda etadigan, ijtimoiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlarni mashqlar bajarilishi, musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlarida shakllantiradi, musobaqa davomida va natijalarida o‘z ifodasini topadi. Kuragi erga tegmagan o‘zbek kurashchilari bugungi kunda buni yaqqol namoyish etmoqdalar va shu orqali yoshlarga vatanparvarlik, insonparvarlik namunalarini ko‘rsatmoqdalar. Darhaqiqat, xalqimiz kurashimizga kishini jismoniy chiniqtirishning asosiy vositalaridan biri sifatida qaragan.
Albatta, kurashning bu qadar rivojlanishiga sabab avvalom bor, kurash milliy qadiriyatimiz bo‘lganligi uchun bo‘lsa, boshqacha qilib aytganda kurash har bir yosh sportchiga, sport muxlislarida kurash falsafasini shakllantirib, ularda ichki ruhiy tarbiyani rivojlantirishda hamda o‘zligini his etishda, ommani o‘ziga jalb etdi. Kurash g‘oyasi adolatli bo‘lganligi uchun ham insondagi his-tuyg‘uni yuqori darajaga ko‘tardi. Kurash xalqimizni qonida, irsiyatida mujassam bo‘lganligi tufayli ma’naviy tarbiya shunga xos bo‘lib rivojlanmoqda.
Davlatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan mamlakatimizda barkamol avlod, yoshlarni har tomonlama etuk va intellektual salohiyatli qilib voyaga etkazishga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratildi. Ta’lim tizimidagi keng ko‘lamli islohotlar «Ta’lim to‘risida»gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” va qator muhim hujjatlar hayotga bosqichma-bosqich tadbiq etilib, sohaning barqaror sur’atlar bilan rivojlanishida, ta’lim samaradorligining oshib borishida mustahkam omil bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” da yosh avlodni ma’naviy – axloqiy tarbiyalashda xalqning boy madaniy-tarixiy an’analariga, urf - odatlari hamda umumbashariy qadiriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy-pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib amaliyotga joriy etish kerakligi ko‘rsatilgan. Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida yoshlarimiz hech kimdan kam bo‘lmay kamol topmoqda. Bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikka javoban esa yoshlar fan olimpiadalari, turli ko‘rik tanlovlar hamda sport musobaqalari orqali o‘z iqtidorini namoyon etishi lozim.
Ma’naviy yuksak, ijodiy-intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sportning, xususan, milliy sport turlarining o‘rni beqiyos. Keyingi yillarda ko‘plab yangi tipdagi o‘quv muassasalari barpo etilmoqda, mavjudlari tegishli ravishda ta’mirlanib, qayta jihozlanmoqda, ularning negizida jismoniy tarbiya ustuvor bo‘lgan yo‘nalishlar tashkil etilib, ularda yurtimiz kelajagi bo‘lgan o‘g‘il-qizlarga ta’lim-tarbiya berilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, an’analar xalqning tarixiy shakllanishi va rivojlanishi jarayonida yaratilgan va avlodlarga muqaddas meros sifatida o‘tib kelayotgan bebaho boylikdir. Millatning asosiy belgilaridan bo‘lgan urf-odatlarini asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchi hisoblanadi. Ajdodlarimiz an’analari barhayot bo‘lishi uchun, avvalo, uni kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan yoshlar ongida barqarorlashtirish lozim, aks holda yoshlar tomonidan ajdodlar an’analarining qadrlanmay qo‘yilishi avlodlar o‘rtasida ma’naviy uzilishni vujudga keltiradi. Avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xalq an’analari sobiq tuzum davrida jiddiy to‘siqlarga uchragan bo‘lsada, xalqimiz tomonidan asrab-avaylab mustaqillikka erishgandan so‘ng, qayta tiklandi.
Milliy sportimizning ko‘p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, ajdodlarimiz nazarida kurash, eng avvalo, polvonlarning har tomonlama etukligi namunasi sifatida sharaf topgan. Polvonlarning jismoniy baquvvatligi, qaddi-qomati, kurashchanligi, epchillik jihatlari bir tomoni, keng davrada o‘zlarini tutishi, axloq-odobi, ma’naviy qiyofasi, raqibiga, gilamga, hakamlarga, tomoshabinlarga, tevarak – atrofga munosabati va hokazo xislatlari alohida ko‘rinishda o‘rin egallagan. Polvonlarning to‘ylarda kurash tushishi bakovul (hakam)lar tarafidan odilona boshqarilgan va olishuv paytida quyidagi so‘zlar ko‘p ishlatilib kelingan:
- “Polvon turing boshqatdan olishing, chala bo‘ldi”,
- “Polvon boshqatdan kurashing yonbosh bo‘ldi”,
- “Polvon to‘xtang, oyoqdan olmang, g‘irromlik qilmang, halol kurashing”,
- “ Polvonning solimini bering halol bo‘ldi ”
Kurash sporti orqali o‘zbek an’analari, qadiriyatlari, urf-odatlari, san’ati ham dunyoga tarannum etilmoqda. Qachonlardir milliy fazilat hisoblangan kurash bugun umuminsoniy qadiriyatga aylandi. Kurash an’anasi xalqimiz g‘ururi va kuch-qudratining timsoli bo‘lib, yigit-qizlarimizni epchil, mard, jasur, kuchli, kamtarin, mehnatsevar va vatanparvar qilib tarbiyalashda tengi yo‘q fazilat sanaladi.Chunki bugun kurashni dunyo xalqlari zamonaviy sport turi sifatida qabul qildi va undan yoshlar tarbiyasida samarali foydalanilmoqda. Kurash shunchaki sport turigina emas, balki insonning jismoniy, ma’naviy kamolotga erishish vositasidir. Ulug‘ ajdodlarimiz kurashni tarbiya maktabi deb atashgan. Ushbu maktab tarbiyalanuvchilarini maydon ko‘rganlarni qo‘yidagicha ta’riflash mumkin:
- Polvonlar qasam ichmaydilar, lekin hech qachon o‘z yurtlariga xiyonat qilmaydilar.
- Polvonlar harom-xarish, zinodan, makrdan, giyohvandlikdan nari yuradilar, bunday illatlarga qarshi kurashadilar.
- Polvonlar irodali odamlardirlar, shuning uchun, kim nima desa ergashib ketavermaydilar.
- Polvonlar zaiflar va nochorlarni himoya qiladilar, halol g‘alabasiga berilgan sovrinning bir ulushini muhtojlarga tarqatadilar.
- Polvonlar oliyjanoblik, insoniylik, raqibiga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘ulari bilan boshqalardan ajralib turadi.
- Polvonlar o‘z qat’iy fikriga ega bo‘ladilar.
Kurashchilarga berilgan yuqoridagi ta’riflarda asrlar davomida shakllangan Kurash falsafasi mujassamlashganini ko‘rish mumkin.
Ular quyidagilar:
- Mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantirish.
- Hur fikrli, mutelik va jur’atsizlikdan holi bo‘lgan, o‘z bilimi va kuchiga ishonib yashaydigan qat’iyatli insonni tarbiyalash.
- Odamlar, ayniqsa, yoshlarning irodasini baquvvat qilish, iymon-e’tiqodini mustahkamlashga xizmat qiladigan ma’naviy muhit yaratish.
- Inson tafakkurida o‘zlikni anglash, muqaddas fazilatlarni asrab-avaylash, mehr-muhabbat tuyg‘usini kamol toptirish.
Oliyjanob insonlarga hos bo‘lgan iymon-e’tiqod, insof-e’tiqod, insof-diyonat, saxovat, halollik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni yuksaltirish.Ishonch bilan shuni aytish mumkinki, irodani toblaydigan, kishini halollik sari intilishga undaydigan, qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan engib o‘tishni o‘rgatadigan, inson qalbida g‘alabaga ishonch, g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladigan kurash shiddatkor hayot talablariga javob bera oladigan shaxslarga, bunyodkor yoshlarning barkamol bo‘lishida o‘zining benazir hissasini ko‘shadi. Zero, polvonlik falsafasi kishini komillik sari etaqlaydi. Demak, kurash bu – “maksadga halol erishish yo‘lidir!.
Kurashchilar to‘g‘risida azal-azaldan rivoyatlar to‘qilgan. Polvonlik, kurash xalqimizga ko‘hna zamonlardan, olis ajdodlarimizdan qolgan ulug‘ merosdir. Bugun ham ana shu meros milliy fazilat avlodlar qo‘lida e’zozlanmoqda va e’zozlanib qoladi. U ham bo‘lsa tarixda polvonlarni el yurt e’zozlab qadrini baland ko‘tarib kelgan. Bizning zamonamiz bahodir va himoyachilarimiz bo‘lgan polvonlar va botirlarga azaldan boy va xalqimiz ularni mehr bilan parvarish qilib kelmoqda. “Polvon yaxshimisiz? ”, “Polvon keling”, “Polvon to‘rga o‘ting”, “Polvon kechagi musobaqadan bo‘ri bo‘lib keldingizmi?” qaranga, hatto ota-ona ismi-rasmini qilib qo‘ygan chiroyli nomdan ham polvon so‘zi ortiq ko‘riladi. CHunki, polvon kuchli, oriyatli, shijoatli, avlod-ajdodlari, Vatanni sha’ni uchun kerak bo‘lsa jonini ham ayamiydigan Alp deganidir.
Fazilatlarni o‘rganish, ularni tahlil qilish borasida dunyo olimlari qatorida Respublikamiz olimlari tomonidan ham keyingi yillarda bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Jismoniy madaniyat ta’limida milliy va umuminsoniy qadiriyatlar mavzusi bo‘yicha X.T.Rofiev, O‘.I.Ibrohimov (marhum), F.Q.Ahmedovlar birqator ishlarni amalga oshirgan. Respublika va xalqaro miqyosidagi ko‘plab anjumanlarda qilingan ma’ruzalarda mavzuga tegishli fikr- mulohazalar bildirib o‘tganlar. Ammo jismoniy madaniyat va kurash darslarida milliy hamda umuminsoniy qadiriyatlardan foydalanish mavzusi to‘laqonli tadqiq qilinmagan. Fazilatlarni tiklash, uning ta’lim-tarbiyadagi o‘rnini belgilash bo‘yicha hali keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish masalasi dolzarb vazifa bo‘lib turibdi.
Bugungi ta’lim tizimining asosiy ustuvor maqsadi har tomonlama barkamol avlodni voyaga etkazish, deb belgilangani hech kimga sir emas. Ana shu ulug‘vor vazifa milliy an’analarga, urf-odatlarga va qadiriyatlarga asoslangan holda amalga oshirilishi, avvalombor, xukumat qarorlarida o‘z aksini topgani fikrimizni isbotlaydi.
Ta’lim-tarbiya tizimida muhim yo‘nalish milliy va umuminsoniy qadiriyatlar ustivorligidir. Bu kelajak avlodga boy madaniy meros qoldirish minglab yillar davomida shakllangan an’analar asosida ta’lim – tarbiya berishdir. YUrtimiz aholisining aksariyat qismini tashkil etuvchi yoshlar mamlakatimiz kelajagini belgilab beradi.
Yoshlarni xalqimizning urf – odatlari, an’analari, xalq og‘zaki ijodi, buyuk mutafakkirlar asarlari, shuningdek bahodir polvonlari va ularning vatanparvarliklari, qahramonliklari, dovyuraqliklari bilan tanishtira borish tarixiy ziyoratgohlarga olib borish, ularda ota-bobolarimiz merosiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttiradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida milliy qadiriyatlardan izchil foydalanish katta samara beradi va shundagina kutilgan maqsadga erishish mumkin.
Har qanday xalqning milliy an’anasi, shu millatning hayotiy ehtiyoji, turmush taqozosi natijasida dunyoga keladi. Millatning fahri bo‘lgan kurash an’anasi xalqimizning ko‘plab urf-odatlari, udumlarini mujassamlashtirgan o‘ziga xos san’atdir. Kurash an’anasini o‘zbek xalqi ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab avlodlarga meros qilib, shu kungacha etkazib keldi. Uning mavjudligi ayrim shaxslarga bog‘liq emas. Kurash an’anasi xalqimiz g‘ururi va kuch-qudratining timsoli bo‘lib, yigit-qizlarimizni, epchil, jasur, mard, kuchli, kamtarin, mehnatsevar, vatanparvar qilib tarbiyalashda tengi yo‘q fazilat sanaladi. Buyuk donishmand Abulqosim Firdavsiyning “SHohnoma”, Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari”, buyuk sarkarda Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Sharq she’riyatining sultoni Alisher Navoiyning “Hamsa” asarlarida ham kurashchi qahramonlarning timsoli, tarbiya sohasidagi ta’limotlarida va xalq og‘zaki ijodida kuylanib kelingan.
Yuqoridagi fikrlarni inobatga olib yoshlarni ma’naviy etuk etib tarbiyalashda quyidagi ishlarni amalga oshirishni tavsiya etamiz:
- Jismoniy madaniyat sohasidagi bo‘lajak mutaxassislarga milliy va umuminsoniy qadiriyatlarimiz haqida tushuntirish ishlarini olib borish.
- Etakchi faxriy polvonlar, sportchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish.
- Milliy qadiriyatlarga bag‘ishlangan anjumanlar, musobaqalar o‘tkazish.
- Qadiriyatlar muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazish.
- Iqtidorli o‘quvchi sportchilarni ilmiy -tadqiqot ishlariga jalb etish.
- Respublikamizda milliy va umuminsoniy qadiriyatlarga bag‘ishlab ilmiy anjumanlarlar tashkil etish.
- Jismoniy tarbiya fakul’teti o‘quvchilariga milliy qadiriyatlar, an’analar bilan bog‘liq bilimlarni o‘qitish usullarini takomillashtirish.
- Tariximizdagi ( To‘maris, SHiroq, Spitamen, Pahlavon Mahmud, Mahmud Tarobiy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalar) buyuk siymo va ulug‘ sarkardalar haqida davra suhbatlari o‘tkazish.
- Kurashning tarbiyaviy jihatlarini yanada chuqur o‘rganish.
- Ta’lim jarayonida milliy xususiyatlarni hisobga olish, yo‘lga qo‘yish, bu borada milliy an’analardan foydalanish.
- O‘tkaziladigan sport mashg‘ulotlarini yanada takomillashtirish.
- An’ana va fazilatlarni tiklash, rivojlantirish, ulardan jamiyat a’zolarini bahramand etish hamda umuminsoniy qadiriyatlardan keng foydalanish.
- Ta’lim-tarbiya ishlarini hamda milliy va umuminsoniy qadiriyatlar, an’analarni yangi davr va istiqlol muammolari bilan bog‘lab amalga oshirish yo‘llarini belgilash va boshqalar.
Ta’limni rivojlantirishning hozirgi bosqichida o‘quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiyani va shu asosda o‘qituvchilarimizning kasbiy mahoratlarini takomillashtirish ishlari milliy va umuminsoniy qadiriyatlar asosida tashkil etishni taqozo etadi. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish bilan birgalikda vatanparvarlik, millatparvarlik qadiriyatlarini e’zozlash kabi tuyg‘ularni va axloqiy sifatlarni tarbiyalashda o‘z samaralarini berishi shubhasiz. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, sport sog‘lom avlod, sog‘lom kelajak, deganidir. Binobarin, faqat sog‘lom xalq, sog‘lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi.
Kurashning bu darajada rivojlanishi nafaqat yoshlar o‘rtasida, balki qariyalar o‘rtasida ham tashkil etilishi, shug‘ullanuvchilar o‘rtasida ma’naviy sog‘lom turmush tarzini tarkib toptirishga olib kelmoqda. Kurash bo‘yicha murabbiylar tomonidan nafaqat natijalar orqasidan quvish, balki kurash ma’naviyatimizning va qadiriyatimizning ajralmas qismi bo‘lganligi tufayli ham yoshlar o‘rtasida kurash ma’naviyati bosqichma-bosqich shakllantirilib borilmoqda.



Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling