Jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti


Download 460 Kb.
bet14/16
Sana18.06.2023
Hajmi460 Kb.
#1592258
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Nurqobilova Hafsa B.M

Abu Ali Ibn Sino
Abu Ali Ibn Sino 980-1037 Jahon ilm fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan, o‘rta osiyolik buyuk qomusiy olim, mutafakkir, tabib, faylasuf, mantiqshunos, shoir, allomaning to‘liq ismi Abu Ali al-Xusayn ibn Abdullox ibn al-Xasan ibn Sino bo‘lib, kunyasi Abu Alidir. Xalq orasida Ibn Sino, Evro‘pada Avisenna, allomalar orasida esa SHayxur-rais nomlari bilan mashhur.
980-yil avgust oyida (370 xijriy yil safar oyining boshida) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida amaldor oilasida tug‘ulgan.
Ibn Sinoning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdullox Notiliy bo‘lgan. U notiliy qo‘lida mantiq, xandasa (geometriya) va falakiyotni o‘rganadi va bazi falsafiy masalalarda ustozidan ham o‘zib ketadi. Ustozi uning ilmiga yuqori baho berib, yanada chuqurroq ilm olishni tayinlaydi.
Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida buxorolik tabib Abu Mansur al-Xasan ibn Nux al-Qumriyning hizmati katta bo‘lgan. Ibn Sino undan tabobta darsini olib, bu limning ko‘p sirlarini o‘rganadi.
Bu haqda allomanining o‘zi shunday hiokoya qiladi: “keyinchalik tib ilmi bilan shug‘ullangim kelib qoldi. Unga oid kitoblarni o‘qishga kirishdim. Tib o‘zi qiyin ilmlardan emas, shu sababli qisqa muddat ichida bu sohada shunday natijalarga erisha oldimki, hatto fozil tabiblar ham huzurimga kelib, mendan tib ilmini o‘rganadigan bo‘ldilar.
U o‘z ilmi, merosi bilan o‘rta asr SHarqining ilmiy madaniy qudratini butun dunyoga nomoyon qilgan. Butun insoniyat madaniyatining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan.


Jaloliddin Manguberdi
Kimki o‘tmish bitiklarin mensimas ekan. Uni olim deya aytma, dema odam, Kim bu ilmni dil-diliga joylab oldi gar, O‘z umriga bezak bermish oliy, muhtasham.
Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrli, deyishadi. SHu manoda istiqloldan keyin mamlakatimizda ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirildi. Avvalo, tarixni, moziyni o‘rganish davlat ahamiyatiga molik ish deb belgilandi. SHu asosda Imom Buxoriy, Axmad al-Farg‘oniy, Zamahshariy, Xakim at-Termiziy, Moturudiy, Marg‘inoniy, Amir Temur, Ulug‘bek, Kamoliddin Bexzod, Naqshbandiy, Bobur, feruz singari ulug‘ ajdodlarimizning, allomalarimizning o‘lmas merosi o‘rganildi. Buxoro, Xiva kabi shaharlarimizning ikki yarim ming yillik to‘ylari o‘tkazildi, tarixi tadqiq etildi. Ming yillik tarixga ega Ma’mun akademiyasi qayta tiklandi av faoliyat ko‘rsata boshladi. O‘nlab noyob arxitektura yodgorliklari davlatimiz xomiyligida qayta tamirlandi.
Mamlakatimizning birinchi prezidendi I.A.Karimov yurtimiz tarixini o‘rganish, xalqimizni o‘tmish qadiriyatlaridan baxramand etishda yana bir ulug‘vor ishni amalga oshirdi. 1999-yilda Jaloliddin Manguberdi Tavalludining 800 yilligini nishonlash to‘g‘risida farmon chiqardi. SHu asosda Respublika Vazirlar Maxkamasining bu haqda qarori qabul qilindi. Farmon va qarorda ulug‘ yurtoshimiz xotirasini abadiylashtirish borasida ko‘p ishlar qilish belgilandi. To‘y bahonasida vatan ozodligi yo’lida jonini fido qilgan dovyurak kurashchi, milliy qahramon, jahon xalqlari tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk inson, vatanparvarning hayoti, faoliyati, ajdodlari tarixini tadqiq etish, u haqdagi tarixiy haqiqatni tiklash asosiy maqsad qilib qo‘yildi. SHundan keyin gt’rab tarixida Jaloliddin to‘g‘risida A.Myuller, J.Boyl, V.Fishel, V. Allen, X.Xorst, Kl.Kaen, G.Gottshalk, B.SHpuler kabi olimlarning olmiy tadqiqotlari paydo bo‘ladi. Ular Nasaviy asari blan birgalikda Jaloliddin Manguberdining tarixdagi o‘rniga ham munosib baho beradilar.
O.Udas tarjimasi asosida Nasaviy asarini 1914-1916 yillarda Y.Ziyo va A.Tavhid turk tiliga va o‘girib, nashr qildiradilar. 1934 yilda bu asar Najib Asim tarjimasida yana bir bor turk tilida nashr qildiril;adi. Bunda avvalgi tarjimada yo’l qo‘yilgan kamchiliklar to‘ldiriladi va asar mukamallashtiriladi. Jaloliddin Manguberdi haqida yozilgan asarlardan yana biri Nuriddin Zaydariyning fors tilida “Nafsat al-masdur fi futur zaman assudur va zaman as-sudur al-futur” yilnomasidir. Nuruddin Zaydariy ham Jaloliddinning munshiysi, kotibi bo‘lgan. Tarixchilardan ayrimlari Zaydariyning bu asarini an-Nasaviyning “Siyrat”idan tarjima deb qaraydilar. Ziyo Bunyodov ikkala asarini – “Siyrat”ni ham, “Nafsat al-masdur”ni ham o‘rganib, bir shahs, bir voqea hodisalar, bir tarix haqidagi ikki asar deb yozadi. Nima bo‘lmasin, bu asarning borligi, unda Jaloliddin Manguberdi haqida ma’lumotlar berilishi tariximizni o‘rganish uchun katta ahamiyatga egadir.
Jaloliddin Xorazimshoh hayoti va faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar beruvchi tarixiy bitiklardean biri Iziddin ibn al-Asirning o‘n ikki jilddan iborat “al-komil fit-tarix” (“Mukammal tarix”) asaridir. Jahon tarixiga oid voqealar xronolohik tarzda qayd etilgan bu asarda Xorazmshohlar Davlati faoliyatiga alohida o‘rin berilgan. Asar muallifi kitobida keltirilgan voqealarni ko‘rmagan, shohidi bo‘lmagan bo‘lsa ham, eshitganlari asosida yaratgan. Avvalo o‘rta asrlar tarixida Xorazmshohlar davlati kata o‘rin tutadi. Bu saltanatning tashkil topishi, kuchayishi, juda kata chegarani qamrab olishi, unda ma’naviyatning yuksalishi, yirik shaharlarning barpo etilishi, boshqa sohalarning rivojlanishi tarix taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Ikkinchidan, tanazzulga yuz tutgan bu davlat boshqa bir saltanat-mo‘g‘ullar hukumronligiga yo’l ochib berdi. Ayni paytda unga bu yangi qudratli davlatga kuchli zarba ham bera oladi. Tarixda hukmronlikning yangilanish jarayoni yuz berdi. Uchinchidan, tarix o‘z maydoniga Xorazmshohlar davlati namoyandasi-mard, vatanparvar,fidoyi, O‘rta asr yo’lbarsi, risari deb tanilgan qahramon Jaloliddinni olib chiqdi. Uni ozodlik uchun kurashchiga aylantirdi. Tarixchilarning etirof etishicha, u qo‘l ostidagi mamlakati, xalqi qoni va joni evaziga Evro‘pani hamda dunyoning ko‘plab davlatlarini, ularning tarraqitotini mo‘g‘ularning istilolari, buzg‘unchiliklaridan asrab qoldi. Jaloliddin Manguberdining hayoti va faoliyatini jiddiy, xolis o‘rganishlari, xalqimizni bu boradagi mavzud merosdan baheamaqnd etrishlari kerak. Xorijlik olimlar tomonidan yaratilgan Jaloliddin haqidagi asarlarni tilimizga tarjima etishlari zarur. Bu tarixning egalari sifatida xorijlik olimlarning asarlariga xolislik biloan munosabatlarini bildirishlari kerak. Zero, Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishinlashdan maqsad ham ana shundan iborat edi. Ana shunda birinchi Prezidentimiz aytganidek, “Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz xududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashyda, milliy iftixorni tiklash hamda o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi, tarix millatning haqiqiy tarbitasiga aylanadi”.
Taqdir Jaloliddinning boshiga ne tashvishlarni giriftor qilmadi: u yiqildi va yana turdi, qalbidagi umid uchquni so‘ndi, ammo bu uchqun yana paydo bo‘ldi. Yaratganning marhamati bilan bu uchqun olovga aylandi. U bu oilovning kuch qudrati nimalarga qodirligini ko‘satadi bosqinlar ostida toptalgan va kulayotga davlatni asrab qoldi, uni ulkan mamlakatga, o‘zi esa ulug‘ hukmdorga aylandi. O‘lim bilan necha bor yuzma-yuz keldi. Sizga ma’lumki, u o‘z maqsadiga erishish yo’lida nihoiyatda og‘ir sinovlardan o‘tdi. Uning hayotiga nazar tashlasangiz taqdirning g‘alati o‘yinlarini ko‘rasiz. Faqat qadimgi afsonalardagina uchraydigan qandaydir mo‘‘jizaviy kuch borligini anglaysiz. Uning boshidan kechirgan sarguzashtlar ham adoqsiz, qo‘rqinchli ayni paytda g‘aroyibdir. Buning uchun uning o‘n bir yil davomida o‘n to‘rt marta og‘ir va daxshatli, xalq qiluvchi janglarga boshchilik qilganini eslashning o‘zi kifoya! SHu vaqt ichida u taqdir taqazosiga ko‘ra goy turkiylar mamlakatlaridan ketib Hindistonning chekka o‘lkalriga borib hukmronlik qilsa, goh Hindistonning olis joylaridan ar-Rum mamlakatlarining markaziga qaytib kelib hukmronlik qilishga ulgurdi. U gohida qudratli hukmdorga aylansa, gohida himoyasiz xolda sargardon kezishga majbur bo‘ldi.



Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling