Jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti


III. BOB. TAJRIBA SINOV ISHLARI VA UNING NATIJALARI


Download 460 Kb.
bet15/16
Sana18.06.2023
Hajmi460 Kb.
#1592258
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Nurqobilova Hafsa B.M

III. BOB. TAJRIBA SINOV ISHLARI VA UNING NATIJALARI
3.1. Pedagogik kuzatishlar
Pedagogik kuzatishlar Jizzax viloyati Paxtakor tumani 8-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’g’il va qiz bolalar bilan o’tkaziladigan kurash mashg’ulotlarida olib borildi.
Tajriba-sinov ishlarini olib borishda Paxtakor tumani Bolalar va o’smirlar sport maktabi kurash murabbiylaridan foydalanildi.
Kurash mashg’ulotlarini olib borish uchun metodik ko’rsatmalar:

  • so’zdan foydalanish;

  • ko’rgazmalilik va amaliy.

Shug’ullanuvchilar bilan olib boriladigan kurash mashg’ulotlarida milliy va umuminsoniy fazilatlarni singdirishni yanada takomillashtirish.
Shug’ullanuvchilarni kurash mashg’ulotlarini o’rgatishda asosan, maxsus mashqlar, videoroliklar, rasmlar, taniqli sportchi bilan uchrashuv, musiqiy ohanglar, doimiy musobaqalar o’tkazish, milliy va harakatli o’yinlardan foydalanildi hamda milliy va umuminsoniy fazilatlarni singdirish darajasi takomillashtirildi.
Pedagogik tajribalar Paxtakor tumani 8-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazildi.
3.2. Tadqiqotning tashkil etilishi.
2023-yil Mart oyidan boshlab tajriba sinov ishlarini amalga oshirish maqsadida eksperiment guruhi qilib Paxtakor tumani 8-umumiy o’rta ta’lim maktabi 7 – 8 sinf o‘quvchilarini bilan Paxtakor tumani yakka sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar o’smirlar sport maktablari shug‘ullanivchi 14-15 yoshli bolalarni tanladik. 2023-o‘quv yilining mart oyidan boshlab 8-umumiy o’rta ta’lim maktabi 7 – 8 sinf o‘quvchilari murabbiylari Qarshiyev. G’. Akromov. D bilan kelishilgan xolda 7 – 8 sinfdan 50 nafar o‘quvchilarini tajriba sinov – ishiga jalb qildik, Paxtakor tumani yakka sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar o’smirlar sport maktablari shug‘ullanuvchi 14 – 15 yoshli bolalar tanlab olindi. Paxtakor tumani 8-umumiy o’rta ta’lim maktabi 7 – 8 sinf “O’quvchilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarini singdirishning pedagogik texnologiyalari” (kurash misolida) ni takomillashtirishda quyidagi texnologik vositalardan foydalanildi, ya’ni video roliklardan, proektor yordamida turli video lavxalarni, kartinkalar, taqdimotlar, plakatlar xamda musiqiy oxanglardan foydalanildi. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish jarayonida ularni raqibiga nisbatan xurmat ko‘rsatishi, ta’zim bajo keltirishi, oliy janoblilik, bir biriga ishonch, mulozamat bilan bir birini xurmat qilib bellashishi, mashg’ulotlar jarayonida yuqorida keltirilgan milliy va umuminsoniy fazilatlarni video roliklarni namoyish qilib ularning ongiga singdirib borildi.
Sinov tajriba ishlarining boshida tanlangan 50 nafar sportchi o’quvchilar bilan suxbat, anketa, so’rovnoma o’tkazldi. Ularning kurash usullarini yaxshi bilishlari, jismoniy tayorgarliklari juda yaxshi darajada ekanligi, ammo ularning kurash sport turning tarixi, millatimizga hos milliy fazilatlarimiz xaqidagi nazariy bilimlari juda kam ekanligini aniqlandi.
Ular kichik maktab yoshidanoq kurash bilan shug’ullanishni boshlashgan va juda yaxshi natijaga ega bo’lishgan. Shu jumladan sportchi o’quvchilarning 2 nafari sport ustaligiga nomzod ( SUN) 8 nafari I- toifa , 13 nafari II- toifa , 16 ta sportchilar esa III- toifa va qolgan 11 nafar o’quvchi sport toifasiga ega emas.
7-8 sinf o’quvchilari 2023-yil mart oyida ularning odatiy mashg’ulotlarini kuzatdim va oktyabr oyidan boshlab mashg’ulotlarni murabbiyi bilan birgalikda olib bordim. Mashg’ulotning tayyorlov qismida ko’proq xarakatli o’yinlar va estafetalardan foydalanildi.
Masalan: 1. “ Kuchlilar maydonda ” - o’quvchilar ikki guruxga bo’linadi birinchi jamoa belgilangan xudud ichida ikkinchi jamoa xudud tashqarisida joylashishadi. Murabbiy ishorasi berilishi bilan maydon ichidagilarni ikkinchi jamoa maydon tashqarisiga olib chiqishlari kerak murabbiy ishorasidan so’ng birinchi jamoadan maydonda ishtirokchilar qolmaguncha ketgan vaqt aniqlanadi va keying jamoa maydon ichiga joylashadi. O’yin shu tariqa davom ettiriladi ikkala jamoaning sarflagan vaqtlari taqqoslanadi va g’olib aniqlanadi. Bunda xar ikkala jamoa o’z jamoadoshlari bilan birgalikda turli taktikalardan foydalanishdi va bir birlarina fikirlarini eshitishni, o’z fikirlarini to’g’ri bayon etishni o’rganishdi.
2. Dekabr oyida Kurash bo’yicha 2018 - yilgi jahon chempionati faxrli II- o’rin sohibasi O’rozboyeva Adibaxon bilan sportchi o’quvchilar bilan suhbat uyishtirdim. Adibaxon o’zining sportdagi muvoffaqiyatli faoliyati xaqida o’quvchilarga so’zlab berdi o’quvchilarning ko’pchiligini qiziqtirgan savollardan biri musabaqada taqdirlash jarayonida nimalarni xis etganligi bo’ldi bu savolga quyidagicha javob berdi: “ Final uchrashuvida oyog’imdagi jaroxat tufayli yutqazdim va II- o’rinni egalladim. Taqdirlash jarayonida I- o’rinni egallagan sportchining davlat madhiyasi yangradi, bayrog’i biznikidanda balandroq kutarildi, bu voqea menda juda alamli bo’ldi. So’ngra men avvalgidanda ko’proq kuch vaqt va mehrimni bag’ishlab shu’gullandim keying musobaqalarda vatanimiz bayrog’ini yuksaklarga kutardim vatanimiz madhiyasi yangraganda uchragan barcha mashaqatlarim yodimdan chiqib ketdi faxr tuyg’usini xis etdim ” deb aytdi. Xar bir mash’gulot yakunida o’quvchilarning mustaqil shug’ullanishlari uchun ya’ni kamchiliklari ustida ishlashlari uchun 15-20 daqiqagacha murabbiy tamonidan vaqt beriladi. Taniqli sportchi bilan o’tkazilgan uchrashuvdan so’ng ushbu beriladigan vaqtdan o’quvchilarning 90 % vaqtdan unumli foydalana boshladi, bundan oldin 50 nafar sportchi o’quvchidan 20 nafari berilgan vaqtdan samarali foydalanayotgan edi.
3. Murabbiylar bilan kelishgan xalda xar ikki oyda ekspriment guruximizda ichki musobaqalar tashkil qilishni xamda o‘tkazishni kelishib oldik, mashg‘ulot davomida milliy va umuminsoniy fazilatlarni tushungan xalda shug‘ullangan va xar ikki oyda tashkil qilib borgan musobaqalarimizda milliy va umumminsoniy fazilatlarni raqibiga qo‘llagan va faol ishtiriok etgan o‘quvchilarni o‘zimiz tomondan yaratilgan “Alpomish va Barchinoy avlodlari” deb nomlangan ko‘krak nishonlari bilan taqdirlab borishni reja qildik. Birinchi ikki oylik sentyabr, oktyabr natijalariga ko‘ra 50 nafar ishtirokchilardan 26 nafari ushbu “Alpomish va Barchinoy avlodlari” ko‘krak nishonlariga sazovor bo‘lishdi, keyingi ikki oylik musoboqasigacha shug‘ullanuvchilarda mashg‘ulotlarni milliy va umuminsoiy qadryatlarni singdirishni davom ettirdik. Keyingi musobaqa dekabr oyining oxirida bo‘lib o‘tdi natijalar oldingisdagidan ancha samarali bo‘ldi, bu safar 50 nafar ishtirokchilardan 32 nafari ushbu “Alpomish va Barchinoy avlodlari” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lishdi, keyingi oylarda o‘quvchilarni natijasini milliy va umum insoniy qadryatlarni yanada boyitish ularda takomillashtirish maqsadida yanvar, fevral, mart oylarida xam faol ishlashni reja qildik, ishlarni olib borish jarayanida o‘quvchilarga milliy va umuminsoniy fazilatlarni singdirishning pedagogik texnologiyalari (kurash misolida)” ni chuqurroq o‘rgatishda yanada ko‘proq texnologiyalarniqo‘lladik va mart oyining oxirida yakuniy ichki musobaqalarimizda 50 nafaur o‘quvchilarimizda 41 tasi “Alpomish va Barchinoy avlodlari” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi va tadqiqotchi tomonidan sovg‘alar taqdim etildi.
4. Maxsus mashqlar: - yelkadan oshirib tashlash usuli elementini sherik bilan 10 marotaba chap yelkaga, 10 marotaba o’ng yelkaga bajarish;
- beldan oshirib tashlash usuli elementini sherik bilan 10 marotaba chap tamon bilan, 10 marotaba o’ng tamon bilan bajarish;
- supurma usuli elementini sherik bilan 10 marotaba chap yelkaga, 10 marotaba o’ng yelkaga bajarish;
- sport mashg’ulotlarida foydalanish uchun mo’ljallangan rezinadagi mashqlarni 5 daqiqadan 2 marotaba bajarish.
Bu mashqlar xar kungi mashg’ulot yakunida bajartirildi. Shu orqali sinov – tajriba uchun tanlangan 50 nafar o’quvchilardan 43 nafari ( 86 % ) kurash usullarini juda yaxshi o’zlashtirdi va millatimizga xos milliy va umuminsoniy fazilatlarimizni juda yaxshi darjada singdirib olishdi.
5. Video roliklar. Tadqiqotning boshidan shu vaqtgacha bo’lib o’tgan musobaqalar jarayonida imkoniyat darajasida kurashchilarizning chiqishlari video tasvirga olindi. Musobaqalardan qaytgach xar bir mashg’ulot yakunida ushbu video ro’liklar ko’rilib, murabiy bilan birgalikda taxlil qilindi. Yutuq va kamchiliklar aniqlanib, kelgusi mashg’ulotlarda ularni bartaraf etishga kelishildi.
6. Rasmlar: Kurash sporti yorqin namoyondalarining g’oliblik shoxsupasidagi fotosuratlaridan bir nechtasini 2m*3m xajimda tayyorlab, mashg’ulot o’tkaziladigan joy devor qisimlariga joylashtirildi. Bu jarayon o’quvchilarimizda milliy iftihor, g’alabaga intilish va xavas tuyg’ularini o’yg’otdi.
7. Musiqiy oxanglar: Vatanimizni math etuvchi sho’x kuy qo’shiqlar, oxanglardan foydalangan holda mashg’ulot jarayonlari olib borildi va ushbu mashg’ulotlardan kutilgan natijalar 92 % ga o’zini oqladi. Shu orqali o’quvchilarga vatanga bo’lgan muxabbat, mardlik , jasurlik kabi fazilatlar singdirildi.



Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling