Jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti


§ O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport tizimida kurashning tutgan o‘rni


Download 460 Kb.
bet9/16
Sana18.06.2023
Hajmi460 Kb.
#1592258
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Nurqobilova Hafsa B.M

1.2.§ O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport tizimida kurashning tutgan o‘rni.
Oliy ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlarni jismonan tarbiyalashning zamonaviy holati va uning istiqbolli rivojlanishi bir qancha hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolarni oldinga suradi. Shunday muammolardan biri yoshlarning hayot sharoitlarining o‘zgarishlariga moslasha olmasliklaridir. Haqiqatan, ma’lumki, yoshlarning jismoniy madaniyat-sport faoliyati darajasi va shaxs faolligini namoyish etish orasida uzviy bog‘liqlik mavjud. Jismoniy madaniyat va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi yoshlar boshqalardan ko‘ra intizomliroq bo‘ladilar, o‘qishga jiddiyroq yondashadilar, ularning ko‘pchiligi pedagogika oliy ta’lim muassasalari jamoasi hayotida faolroq ishtirok etadilar.
Jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi hisoblanib, o‘ziga xos ko‘rinishda, chunki o‘z navbatida uning maqsad, vazifa va mohiyati bo‘lgan o‘ziga xoslikka egadir. U inson haqidagi o‘ziga xos bilimlarning anchasiga, uning organlari va tuzilishi, ularning tinch holatdagi va jismoniy yuklamalar paytdagi harakatlari qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlarga ega bir qancha olimlar tomonidan o‘tkazilgan jismoniy madaniyatning nazariy jihatlari tahlili yoshlar shaxsini yanada rivojlantirish g‘oyasini oldinga surishga imkon berdi. Biroq jismoniy tayyogarlik bilan bog‘liq jismoniy madaniyat qadr-qimmatini anglashning an’anaviy yo‘li bu faqatgina inson jismoniy talablari bilangina tugallanadigan jismoniy madaniyatning qadr-qimmati butun tizimini shakllantirish vositasidir.
Hozirgi kunda ta’lim tizimida, tarbiyada va madaniyatda umuminsoniy qadr-qimmatning muhim ahamiyati kuchayib bormoqda, inson shaxsiyati ta’lim va madaniyatning asosiy qadr-qimmati hisoblanadi. Jamiyatning va har bir shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar ichida jismoniy madaniyat alohida o‘rin tutadi.
Bizning nazdimizda insonlarni ma’lum tanlagan sport turi bo‘yicha shug‘ullanishi uchun tanlash har bir kishining jismoniy va ruhiy o‘ziga xosligi muvofiqligi ko‘zlash tizimidan voz kechish dolzarbdir.
Bu jismoniy madaniyat va sportning zamonaviy zaxirasi imkoniyatlariga bog‘liqdir, qaysiki insonning o‘zigagina xos bo‘lgan harakat imkoniyatlariga ko‘lamini to‘sib qo‘ygan. Shunday qilib, har kimning psixologik, morfofunksional maqomi va shaxsiy imkoniyatlariga ko‘ra, jismoniy madaniyat-sport faoliyatini to‘g‘ri tanlash imkoniyatini keltirib chiqaradi.
Jismoniy madaniyat sohasida ta’limning maqsadli yo‘naltirilganligi ideal holatdan aniq pedagogik yo‘nalishga aylanadi. Bu o‘quvchi shaxsi jismoniy madaniyatining shakllanishidir. Jismoniy madaniyat o‘quvchining umumiy kasbiy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida, uning shaxsi rivojlanishining tavsifi sifatida, asosiy qadr-qimmat sifatida namoyon bo‘ladi. SHaxsiy jismoniy madaniyat shaxsning o‘zini anglashining tasavvurlar, munosabatlar, e’tiqod, “xulq-atvor dasturi”ning natijasidir.
Ta’lim berish amaliyotida katta ahamiyat tashqi muhit omillari o‘quv jarayonining individual xarakteriga tasnif qilishi katta ahamiyatga egaligi qo‘llanilgan.
Respublikasi 1- Prezidenti I.A.Karimov 2015- yil 4-sentyabr O‘RQ- 394 –sonli “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunining 20- moddasida O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlari.
20- modda . O‘zbekiston milliy sport turlari xalq o‘yinlari .
O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlari O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport soxasi madaniy merosning ajralmas qismi , aloxida vatanparvarlik va Vatanga muxabbat , xalqaro maydonda mamlakatning obro‘- etiborini yuksaltirishga intilish tuyg‘ularini yuksalish poydevori .
Davlat organlari , fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari , jismoniy tarbiya sport tashkilotlari , shuningdek bosha tashkilotlar:
O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirish har tomonlama ko‘maklashadi hamda ularni axoli o‘rtasida yoyish uchun zarur shart sharoitlar yaatadi ;
O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining xalqaro maydondagi obro‘ etiborni mustahkamlashga ko‘maklashadi
O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining calendar rejasini kiritish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan.


Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling