Jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti


Jismoniy madaniyatning milliy qadiriyatlari tasnifi


Download 460 Kb.
bet6/16
Sana18.06.2023
Hajmi460 Kb.
#1592258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Nurqobilova Hafsa B.M

Jismoniy madaniyatning milliy qadiriyatlari tasnifi: Fazilatlarni tiklash, uning ta’lim-tarbiyadagi o‘rnini belgilash bo‘yicha hali keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish masalasi dolzarb vazifa bo‘lib turibdi.
Milliy qadiriyatimiz bo‘lgan kurash sifatlari mualliflar tomonidan qo‘yidagicha tasniflangan:
- kurash o‘zbek sporti;
- kurash zamonaviy jahon sporti;
- kurash eng samarali va namunali tarbiya vositasi;
-kurash qoidalari, falsafasi, insonparvarlik g‘oyalariga asoslangan;
- kurash dunyo xalqlarining bir-biriga yanada yaqinlashtiradi;
- kurash mardlik, jasurlik, halollik kabi xislatlarni talab etadigan sport turi;
- kurash mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantiradi, bilimi va kuchiga ishonib yashashni tarbiyalaydi;
- kurash sportchidan jismoniy jihatdan o‘ta darajada etuklikni talab etadi;
- kurash tarixiy buyuk shaxslar hayoti va faoliyatining mazmuni;
- kurashning xalq og‘zaki ijodi va mutafakkirlar qarashlaridagi talqini o‘ziga xosdir;
- kurash bayramlar va xalq tamoshalari tadbirlarining ajralmas tarkibiy qismidir;
- kurash yuksak axloqiy sifatlarni talab etadi va tarbiyalaydi;
- kurash yoshlarni milliy va umumuinsoniy qadiriyatlar ruhda tarbiyalash vositasi;
- kurash millat g‘ururi;
- kurash o‘zbek millatining uzoq o‘tmishidan bugunigacha etib kelgan umri boqiy milliy sport turi.
SHuningdek, jismoniy madaniyatning milliy qadiriyatlar tizimida tutgan o‘rnini quyidagicha ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Ilm olish psixologiyada o‘ziga xos faoliyat maqomini olgan. Uning alohida xususiyati shundan iboratki, u universaldir, chunki uning asosida har qanday boshqa faoliyatni egallash mumkin. Lekin ilm olish tizimi muammosiga yondashuv darhol paydo bo‘lgan emas va bu muammo nisbatan yangidir. Ushbu muammoni tashkil qiluvchi ba’zi qoidalarni ajratish zarur.
Ilmni o‘zlashtirish jarayonini tahlil qilish sohasida ishlab chiqilgan birinchi asosiy g‘oyalar ko‘lamida ko‘rsatib o‘tilgan. Bu g‘oyalar shunday optimistik qarashlar ediki, bunda aqliy salohiyat rivojlanishi bilan harakat va operatsiyalarni maqsadli tashkillashtirish bog‘langan. Ilm olishni faoliyat sifatida tushunish zarurligini ta’kidlovchi keyingi g‘oyalar ko‘lami insonning barcha aqliy faoliyati jarayonini tahlil qilishga yondashilgan tadqiqotlarda namoyon bo‘lgan. O‘zlashtirish, eslab qolish, yodda saqlash, aqliy masalalarni echish aqliy harakatning o‘ziga xos turlari sifatida ko‘rinadi, ularning har biri o‘ziga xos tuzilishga ega. Bu insonning tafakkur olamini tushunishga birinchi qadam bo‘ldi.
O‘quv faoliyatini tahlili, tahlilining boshqa yo‘nalishi uning boshlang‘ich va rivojlangan shakllarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash bilan bog‘liq. SHunday qilib, ilm olishning irsiy boshlang‘ich darajalarini aniqlash bilan bog‘liq. SHunday qilib, tadqiq etishda faollikning shaklli o‘quv harakatining tarkibiy va funksional komponentlari boshqariluvchan bo‘lmagan va alohida ajratilmagan o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi harakat sifatida qaralgan.
Oliy ta’lim muassasalari o‘quvchilarini ilm olishning rivojlangan shaklli o‘zining tarkibiy qismlarida - maqsad, mativ, uslub tekshiruv tuzatuv va baholash harakatlarida anglanadigan funksional ajratilgan faoliyat sifatida ta’riflanadi. SHu narsa aniqlandiki, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davrida o‘quv faoliyati shaxsiy kelib chiqishini uch boqichga ajratish mumkin. Bu uch bosqich jarayonida o‘quv faoliyati shaxs tamonidan reproduktiv va produktiv xarakterga ega bo‘lgan o‘z-o‘zini boshqaruvchi va o‘z-o‘zidan tashkillashtiriluvchi aqliy harakatlar tizimi sifatida ajratiladi. O‘quvchilarda ilm olishning bunday rivojlangan shaklining ko‘zga ko‘ringan o‘ziga xosligi-yangi o‘quv maqsadlari va topshiriqlarni oldinga qo‘yish bo‘ldi. SHunday hol yuzaga keldiki, pedagogika oliy ta’lim muassasalarining birinchi ikki o‘quv yilida o‘quvchining ma’lum o‘quv faoliyatini tashkillashtirish bilan o‘z-o‘zini boshqaruvchi faoliyat qatlamiga kiritish mumkin. O‘quv faoliyati haqidagi tushuncha shundan kelib chiqadiki, o‘quvchi ta’lim jarayoniga shaxsning ma’lum rivojlanish darajasi bilan kirib keladi, shu jarayonda ishtirok etadi va o‘qishning oxirida uni nisbatan yuqori darajada rivojlangan shaxs sifatida tark etadi. Bu jarayon pedagogika oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilariga bog‘liq ilm olish, o‘rgatish va mehnat jarayonlarining birligi hisoblanadi [148; 26-27-b.].
Pedagogik jarayonning asosiy maqsadi shaxsni shakllantirish, dunyoqarash nuqtai nazarini yuzaga chiqarish, faollik, mustaqil ishlay olishi va oliy ta’lim muassasalari (OTM) bitiruvchisining kelajak hayotga tayyorgarligi hisoblanadi. Bu maqsad shaxsning madaniyatini, komponentlarini va darajalarini shakllantiradi va mujassamlashtiradi. OTM pedagogik ta’lim berish jarayonida bu maqsadga erishish eng yuqori ko‘rsatkich bu mustaqil ta’limdir [36; 47-49-b., 48; 20-22-b.].
Didaktika nuqtai nazaridan mustaqil ishlash ta’lim shakllaridan biri hisoblanadi. Boshqa shakllar bilan birga ta’limning bu shakli ham pedagogika oliy ta’lim muassasalarida shaxsning shakllanish va tarbiyalanish jarayonining asosiy qismini tashkil qiladi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining asosiy maqsadi bo‘lajak mutaxassislarga mustaqillilik, g‘ayratlilikka yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdir. Bular pedagogika oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarning keyingi hayot faoliyatiga tayyorgarlik va katta ko‘mak bo‘lib xizmat qiladi. Bu maqsad shaxsni shakllantirish va tarbiyalash jarayonidagi barcha tarkibiy qismlar va barcha darajalarni birlashtiradi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalaridagi pedogogik jarayonning eng mustaqil asosiy yutuqlari ko‘rsatkichi o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlari paytidagi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi didaktik munosabatlarga yaqin qo‘yib bo‘lmaydi.
Pedagogika OTMdagi o‘quv mashg‘uloti har qanday o‘quv mashg‘uloti kabi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi didaktik munosabat bilan xarakterli: o‘rgatuvchining etaklovchi roli ham faol, ongli, ham o‘sib boruvchi ijodiy yondashuv ta’lim jarayoni bilan hamohangdir.
Haqiqatan, V.M. Blinov mustaqil faoliyatli shakllantirish ma’noga ega deb hisoblaydi, lekin u faqatgina o‘qituvchi tomonidan bo‘ladigan boshqaruv haqida gapiradi va bu o‘rinda o‘quvchining faolligi haqida to‘xtalmaydi.
Bugungi ta’lim tizimining asosiy ustuvor maqsadi har tomonlama barkamol avlodni voyaga etkazish, deb belgilangani hech kimga sir emas. Ana shu ulug‘vor vazifa milliy an’analarga, urf-odatlarga va qadiriyatlarga asoslangan holda amalga oshirilishi, avvalambor, qator hukumat qarorlarida o‘z aksini topgani fikrimizni isbotlaydi.
Ta’lim-tarbiya tizimida muhim yo‘nalish milliy va umuminsoniy qadiriyatlar ustuvorligidir. Bu kelajak avlodga boy madaniy meros qoldirish, minglab yillar davomida shakllangan an’analar asosida ta’lim-tarbiya berishdir. SHu jihatdan olib qaralganda yurtimiz aholisining aksariyat qismini tashkil etuvchi yoshlar mamlakatimiz kelajagini belgilab beruvchi etakchi kuch hisoblanadi.
Bugun jahon nigohiga tushib, dovrug‘ va shuhrat qozonayotgan, millionlarni o‘ziga mahliyo etgan kurash ham jahonning yuksak ma’naviy qadiriyatlaridan biri sifatida o‘zining chuqur tarixiy ildizlariga egadir.
Tarixchi, etnograf va faylasuf olimlarning olib borgan tadqiqotlari, izlanishlari va arxeologik ilmiy qidiruvlari, kuzatishlari natijasida topilgan ashyoviy dalillar kurashning yoshi kamida 2,500-3000 yildan ziyodligini isbotladi. U Movoraunnahr xududida paydo bo‘lgan dastlabki yakkakurash turlari sirasiga kiradi. Qadim-qadimdan bu yurtning to‘y va tantanalarida, milliy bayramu shodyonalarida mard va alp yigitlar kurash tushib, xalqning olqishini olishgan. Kurash mohiyati halol yo‘l bilan g‘alaba qozonishni anglatadi.
Qadimiy qo‘lyozmalarda eramizdan oldingi davrlarda ham kurashning ommaviy musobaqalar tarkibidan munosib o‘rin olganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Buni ko‘pgina yozma va tarixiy yodgorliklar tasdiqlaydi. Masalan, Antik Dunyo olimi Elian Klavdiy ma’lumotlariga ko‘ra hozirgi O‘zbekiston hududida qadimgi zamonlarda Sak, Massaget va boshqa qabilalar yashagan. Ular o‘rtasida kuchlar sinovi – kurash keng tarqalgan ekan. Yigitlar o‘ylanadigan bo‘lishsa, qalliqlarini kurashda engishi lozim bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida xotin-qizlar ham kurash bilan shug‘ullanganligidan dalolat beradi.
Mashhur sharqshunos va etnograf S.P.Tolstov o‘zbeklar o‘tmishda Iydi Ramazon, Qurbon hayiti kabi marosimlarida, Navro‘z kunlarida va sayillarida kurashga katta ahamiyat berishganini yozadi. Shu bayramlarning dastlabki uch kunida keksalar rahbarligida kurash uyushtirilgan, el tomoshaga chiqqan, mahbuslar ozod qilingan, aybdorlar gunohidan o‘tilgan. Ko‘pgina arxeologik materiallarning tasdiqlashicha, o‘zbek xalqining turmushi va hayotida kurash asosiy o‘yinlardan biri sanalgan.
Aleksandr Makedonskiyning O‘rta Osiyoga yurishlari davrida bu erda jismoniy tarbiya keng rivojlangan edi. O‘rta Osiyoda qadimgi YUnonistondagi olimpiada o‘yinlariga o‘xshash xilma-xil o‘yinlar o‘tkazilgan. So‘g‘diyona va Baqtriya askarlari mavjud bo‘lgan davrlar meloddan oldingi IV asrlarda O‘rta Osiyoda yashagan xalqlar orasida epchil akrobat-dorbozlar juda mashhur bo‘lgan. Epchil, jismoniy jihatdan juda chiniqqan dorbozlar, YUnoniston, Vizantiya va Eron kabi mamlakatlarga borib, o‘zlarining ajoyib va xatarli o‘yinlarini qiziqchi va masxarabozlarning o‘tkir satira va kulgi bilan sug‘orilgan turli sirk sahnalari, o‘qdek uchadigan muallaqchilar va kishi aqli bovar qilmaydigan pahlavonlarning o‘yinlari, hukkachi va yog‘och oyoqlarning jo‘shqin raqslar va ot o‘yinlarni korfarmonlarning chuqur ma’noli so‘zlari va baytlarini sozandalarning bu o‘yinlarga moslangan mashqlarini ko‘z-ko‘z qilganlar.
Qadim zamonlarda jamoa jismoniy tarbiya sohasida o‘z davrlari zimmasiga ma’lum majburiyatlar yuklangan. YOsh qiz va yigitlar hayotda kerak bo‘ladigan epchillik, chidamlilik, chaqqonlik, qat’iylik va jasurlik kabi qobiliyatlarga ega bo‘lishlari lozim edi. Kvint Kursiy Ruf grek tarixchisi Aleksandr Makedonskiyning qo‘shini O‘rta Osiyoni zabt qilish vaqtida 30 bahodirni asir qilib olganini yozadi. Bahodirlarning o‘ldirilishi aniq edi. Ular buni bilganlari holda o‘zlarini mardonavor tutdilar, qo‘shiq aytdilar, raqsga tushdilar. Bu bilan o‘zlarini o‘limni pisand qilmasliklarini ifodaladilar. Aleksandr Makedonskiy ularning qat’iyligi va mardligini yuqori baholab, ularning hayotlarini saqlab qoldi. Tarixiy asosga ega bo‘lgan rivoyat saqlanib qolgan.
Arablar O‘rta Osiyoga bostirib kirib VII-VII asrlar Samarqandga yaqinlashib keldilar, ammo shaharga kira olmadilar. SHunda ular shahar devorini teshishdi. SHaharga yo‘l ochildi. Lekin shahar devori teshigida bir bahodir paydo bo‘lib, yo‘lni to‘sdi va uzoq vaqt shaharga kirish uchun dushmanga imkon bermadi – qilichi bilan ko‘p dushmanni er tishlatdi. Shunda arab xalifasi Qutayba polvonning boshini keltirgan kishiga 10000 dirham in’om qilishini e’lon qiladi. SHundan so‘ng dushmanlar devorga chigirtkadek yopiriladilar va bu tengsiz jangda polvon yigit mardlarcha jang qilib halok bo‘ladi. Afsuski, bu mard bahodirning nomi tarixda saqlanmagan. Shunday bo‘lishiga qaramay uning qahramonligi haqidagi xotira hozirga qadar xalq orasida saqlanib kelgan.
Ko‘rinib turibdiki, xalq bahodirlari, pahlavonlari qadim zamonlardan buyon jismoniy kuch, chidamlilik, mardlik va oliyjanoblik bilan ajralib turganlar. Ular Vatan himoyasiga otlanganlar, haqiqatni himoya qilganlar. Xalq qahramonlari haqidagi ko‘pgina xotiralarni biz o‘tmish adabiyotidan bilib olamiz. Masalan, Abdulqosim Firdavsiy o‘zining “SHohnoma” poemasida xalq bahodirlarni ulug‘laydi va xalqni bosqinchilarga qarshi kurashga chaqiradi. O‘tmishdagi va hozirgi kundagi polvonlarning nomi, jasorati tarix sahifalarida va xalq xotirasida abadiy saqlanadi.
O‘rta Osiyoda ilk feodalizm davrida xalq harakatlari kuchayib ketganligi sababli badavlat kishilarning o‘smir bolalari qadimiy spartakiadalarda bo‘lgani singari, soqchilik xizmatiga o‘rgatilgan edi. Sosoniylar davlatida urush va harbiy-jismoniy jihatdan tayyorlash nazariyasi ishlab chiqildi va saroy ahli uchun yozilgan “Oynoma” nomli didaktik asarda bayon qilindi.
Etnografik tadqiqotlarga ko‘ra, mamlakatimiz hududida kurashimiz milodning IX-X asrlarida keng rivojlangan bo‘lib, hamma sayillarda kurash musobaqalarini o‘tkazish odatga aylangan ekan.
Qadimiy manbaalarni birma-bir ko‘zdan kechirsak, kurashimizning qanchalik rivojlanganiga, o‘zbek elida ko‘p bahodirlar o‘tganiga amin bo‘lamiz. Ular kuch sinash, og‘ir yuklarni ko‘tarish, kurash bobida mislsiz mahoratlari bilan etti iqlimga dong taratganlar va xalq orasida polvonlar deb atalganlar. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining namunalari – “Alpomish”, “To‘lg‘anoy”, “Go‘ro‘g‘li”, “Rustam” kabi dostonlarda ham polvonlar kurashi madh etilgan. Tarixiy manbalarda yozilishicha, milodning X asrida hozirgi O‘zbekiston hududida ko‘plab kurash musobaqalari o‘tkazilgan ekan. Qadimgi xitoy qo‘lyozmasi - “Tan-shu” da Farg‘onada Navro‘z bayramida aholi ikkiga bo‘linib, musobaqalar o‘tkazilganligi qayd etilgan. X asr arab geografi va sayohatchisi Maqsidiyning ma’lumot berishicha, Marv, Samarqand, Balx kabi yirik shaharlarda ham Navro‘z bayramida shunday bellashuvlar o‘tkazilgan.
Qadimda O‘zbekiston hudidida bir qancha kurash turlari mavjud bo‘lib, ular bir necha yo‘nalishlarni o‘zida mujassamlashtirgan va umimiy «kurash» nomi bilan yuritilgan. Ana shu kurash turlarining har biri amliyotida qo‘llanilishiga ko‘ra turlicha nomlangan va ularining barchasida ham kurashchining egnida yaktak, uning ustida chapon (yaktak) va belida belbog‘ bo‘lgan. Kurash amallari bel orqali amalga oshirilgan.
Mustaqillikdan keyin kurash bosqichma-bosqich dunyo sporti sari qadam qo‘ydi. Shuningdek, kurashni bugungi Milodiy birinchi ming yillikning o‘rtalariga oid kumush cho‘mich gardishi sirtida ham ikki pahlavonning olishayotgan holati tasvirlangan. Muarrixlarning fikricha, bu cho‘mich Qadimgi Vizantiyaga taalluqliligi ehtimoli ham mavjud.
Samarqand yaqinidagi Chelak qishlog‘idan topilgan ashyolar ham o‘tmishdan sado beradi. Geometrik naqshlar solingan ushbu idishlar orasida kumush dastali qadoqcha, ayniqsa, e’tiborni tortadi. Uning dastasi sirtida ikki polvon xuddi kurash uslubida bellashayotgani ifodalangan. Mazkur topilma ilk o‘rta asrlar davriga oiddir.
Bugungi kunda dunyoning 120 dan ortiq mamlakatlarida kurash milliy federatsiyalari tashkil etilgan va ko‘plab dunyo yoshlari kurash bilan shug‘ullanmoqda, nufuzli musobaqalarda ishtirok etishmoqda. O‘tkaziladigan mashg‘ulotlar va musobaqalarda dunyo sportchilari o‘zbek millatining ma’naviy dunyosini, uning falsafasini o‘zida jam etgan kurash qoidalari orqali bellashadilar. SHuningdek dunyoning deyarli barcha mintaqalaridagi Afrika, Amerika, Okeaniya, Evropa, Osiyo ) ko‘plab millat vakillari o‘zbekcha “tanishing”, “ta’zim”, “o‘rtaga”, “kurash”, “to‘xta”, “halol”, “yonbosh”, “chala”, tanbeh”, “dakki”, “g‘irrom”, “bekor”, “vaqt” kabi atamalarini ishlatmoqda. Bu ham o‘z navbatida kurash orqali o‘zbek millatini va tilini dunyoga tanilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Kurash sporti orqali o‘zbek an’analari, qadiriyatlari, urf-odatlari, san’ati ham dunyoga tarannum etilmoqda. 1980 yillar boshidan a’nanaviy kurash qayta tiklana boshladi. Uni o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari o‘tkazildi, kurashning xalqaro andozalariga javob beradigan yangi universal qoidalari ishlab chiqildi, uni o‘tkazish chog‘ida qo‘llaniladigan atamalar istiloga kiritildi.
1990 yillar boshida kurashni keng ommalashtirish bo‘yicha faol jarayonlar davri boshlandi.
1991 yil 18 iyunda O‘zbekiston kurash milliy federatsiyasi faxriy prezidenti (marhum) J.Tursunov boshchiligida o‘tkazilgan birinchi ilmiy-amaliy konferensiyada Komil Yusupov tomonidan kurash qoidalari muhokama qilish uchun konferensiya kun tartibiga kiritildi va konferensiya qatnashchilariga havola qilindi. Komissiya qaroriga asosan milliy urf-odatlar va an’analari asosida taqdim qilingan kurash qoidalari tan olindi. Kurash-xalq o‘yini, milliy sport turi bo‘lib, bayramlarda, sayllarda, to‘ylarda xalqning miriqib dam olishlariga imkon berib, ularga kulgu, quvonch, shodlik baxsh etib kelgan. Kurash musobaqalarning milliy urf odat va qadiriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz merosi va talabi, musobaqalarning qonun-qoidalariga qat’iy amal qilgan holda tashkil qilinishi va o‘tkazilishi yoshlar ma’naviyatini shakllantirish va tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Kurash musoboqalari o‘z a’nanalariga ega bo‘lib, ko‘plab muxlislar orasida obro‘li kishilardan hakamlar tayinlangan. Kurashchilar davraga, avval yoshiga qarab, kuchiga va nomdorligiga qarab maydonga chorlangan. G‘olib polvon moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilgan, sovg‘alar olgan.
Kurashimizning usullari adolatli bo‘lib, qoidalarga ko‘ra, polvonlar sog‘ligiga zarar etkazuvchi usullar qat’iy ta’qiqlanadi. Kurash davomida belning pastidan ushlash, belbog‘ni torta turib, qasddan qo‘yib yuborish, oyoqdan ushlash, qo‘llarni qayirish, tishlash, mushtlashish mumkin emas. Kurashda qoqma, ilmoq qilib elkadan oshirib tashlash , kiftdon, qaytarma , burama, ko‘tarib burib tashlash , yonbosh , supirma , chil va boshqa usullar qo‘llaniladi. Kurashning yangi qoidalarini ishlab chiqish uchun tarixga bir nazar tashlandi, ya’ni ming yillar davomida xalq sayillarda, to‘ylarda va Navro‘z bayramlarida milliy o‘yinlarimizdan uloq-ko‘pkari, kurash, qo‘chqor urushtirish, tosh ko‘tarish va boshqa tomoshaviy chiqishlar bo‘lgan.
1991 yil O‘zbekiston Mustaqillikka erishgach, milliy sport turlarini jahon maydogniga olib chiqish masalasi ilk bor muhokama qilindi.
Kurashning jahon maydoniga chiqib, qisqa vaqt mobaynida shiddat bilan bir xalqning milliy udumidan umumbashariy qadiriyatlariga aylanayotganligi masalasiga kelsak, hech bir mubolag‘asiz, bu Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan bog‘liq. Yurtboshimiz huzurida (1992 yil 14 aprel) bo‘lish baxti nasib etgan taniqli polvon Komil Yusupov ham kurash nufuzini oshirish ishqida yonib yurgandi. Davlatimiz birinchi rahbarining “Nima uchun boshqa xalqlarning milliy sport turlari qatori o‘zbek kurashini jahon maydoniga olib chiqish mumkin emas?” degan haqqoniy savollari polvonzoda qalbidagi ezgu-orzuni alanga oldirdi. Muloqot chog‘ida birinchi yurtboshimiz milliy g‘urur, milliy qadiriyatlar, xalqimizning urf-odatlari, halollik, mardlik, fidoyilik singari fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan kurashni xalqaro miqyosga ko‘tarish xususida bir qator qimmatli ko‘rsatmalar berdilar. Kurashning har jihatdan sog‘lom avlodni tarbiyalashda juda katta vosita ekanligini alohida ta’kidladilar. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov milliy sportimizni jahon sari yo‘llash barobarida, ulug‘ allomalarning ruhlarini shod etdilar. SHundan so‘ng taniqli kurashchi Komil Yusupov tomonidan 1992 yil jahon andozalariga mos keladigan qonun- qoidalar va kurash kiyimi ishlab chiqildi. Mazkur kurash qoidalari asosida, sinov tariqasida Qorako‘l tumanida mashhur Tursin polvon YUsupov xotira turniri o‘tkazildi. So‘ngra bobokalonlarimiz At-Termiziy, Amir Temur, Pahlavon Mahmud, Mirzo Bobur xotira turnirlari o‘tkazildi.
1992 yili Kanadada o‘tkazilgan «Dzyudo» bo‘yicha jahon chempionati hamda Xalkaro Dzyudo Federatsiyasining butun jahon Kongressida ilk bor o‘zbek kurashi targ‘ib etildi
1994 yilda Xerosima shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida ham kurash musobaqalaridan olingan yozma matnlar, video tasvirlar namoyish etildi.
1995 yilda esa Hindistonda o‘tkazilgan Xalkaro Dzyudo Federatsiyasining Osiyo Kongressida kurash haqida atroflicha ma’lumot etkazildi.
SHu tariqa o‘zbekona kurash jahonga ma’lum bo‘ldi. Endigina ko‘z ochayotgan “vulqon “ Osiyo zaminini cho‘lg‘ab dunyo sari bo‘y cho‘zdi.
1998 yil 6-7 mart kunlari Irlandiyaning Dublin shahrida Evropa Dzyudo Federatsiyasi taftish hay’ati yig‘ini o‘tkazildi. Kurash haqida yozma va video materiallar namoyish qilindi. 1998 yilning 15-18 aprelida Monako shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Dzyudo Fedaratsiyasining 50 yillik yubiley Kongressiga O‘zbekistonlik vakillar taqlif etildi.O‘zbek kurashining dovrug‘ini olamga yoyishda Irlandiya Olimpiya Qo‘mitasi Prezidenti, Evropa Olimpiya qo‘mitalari uyushmasi vitse Prezidenti Patrik Xikining xizmatlari ham katta bo‘ldi.
1998 yil sentyabr oyida Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan xalqaro musobaqadan so‘ng Pol’sha, YAponiya, Turkiya va boshqa davlatlardan kurashni qo‘llab - quvvatlovchi maktublar kela boshladi. Urinishlar zoe ketmadi, 1-chi Jahon birinchiligi o‘tkazilishiga zamin yaratildi. (1999 yil 1-2 may).
Hindistonning maktab va kollejlarida 600 dan ziyod kurash to‘garaklari ochilgan. Bu erda, minglab yoshlar o‘zbekning ko‘k va yashil yaktagini kiyib gilamga chiqishmoqda. Dehli, Panjob, Chandigar kabi shahar va shtatlarda kurash uchun maxsus majmualar ajratilgan. Ko‘plab ihlosmandlar xususiy kurash zallarini ochib, polvonlarni tarbiyalashmoqda, musobaqalar o‘tkazishmoqda.
Komil YUsupov fikricha, kurashning zamonaviy sport olamiga kirishi va rivojlanish jarayoni bir necha bosqichga bo‘linadi.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling