Jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti


Download 460 Kb.
bet7/16
Sana18.06.2023
Hajmi460 Kb.
#1592258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Nurqobilova Hafsa B.M

Birinchi bosqich 1992 – 1998 yillarni o‘z ichiga olib, uning maqsadi kurashni sport turi sifatida shakllantirish va uni xalqaro miqyosiga olib chiqish uchun asos yaratishdan iborat. Buning uchun birinchi navbatda kurashning yangi qoidalarini tatbiq qilish, ularni jahon mamlakatlarida targ‘ib qilish lozim.
Kurash qoidalari ajdodlarimizning urf-odatlari, udumlari, ishlatgan atamalari asosida sodda va oddiy qilib ishlab chiqildi. Polvonlarning ijobiy harakati «halol», «yonbosh», «chala» atamalarini ishlatish bilan baholanib, tomoshabinlar tomonidan tez va oson o‘zlashtirib olinadi. Eng asosiysi, sport tarixida birinchi marta kurash qoidasida 36 yoshdan 65 yoshgacha va undan katta yoshdagi toifalari kiritilishi kurashning obro‘-e’tiborini ko‘tarib yubordi, chunki ko‘plab yoshi ulug‘ polvonlar musobaqalarda qatnashishdan umidini uzgan edilar. Ya’ni kurash bilan katta yoshdagilar ham shug‘ullanish va yuqori natijalar ko‘rsatish mumkinligi isbotlangan.
Ana shu qoidalar asosida 1992 yildan o‘zbek kurashi bo‘yicha o‘tmishda yashab o‘tgan pahlavonlar, ulug‘ allomalar xotirasiga bag‘ishlab nufuzli xalqaro musobaqalar boshlanib ketdi. Albatta, kurashni jahon maydoniga olib chiqish, uni dunyoga tanitish uchun bu etarli emas edi. SHu sababli kurash mutaxassislari va jonkuyar targ‘ibotchilari Janubiy Koreya (1992), Kanada va Litva (1993), YAponiya (1994), Irlandiya va Hindiston (1995), AQSH (1996), Rossiya va Monako (1998) kabi davlatlarda tashkil etilgan yirik sport anjumanlarida to‘plangan muxlislarga o‘zbek kurashi haqida atroflicha ma’lumotlar berib, ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etdilar.
1998 – yil 6 sentyabrda 28 mamlakat vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan kurashimiz mustakil sport turi sifatida tan olindi.
Ikkinchi bosqich 1998 – 2005 yillarni o‘z ichiga olib, maqsadi jahon chempionatlari, xalqaro musobaqalar tashkil etish, jahonda kurash sportining o‘z tizimini yaratishdan iborat.
Bu boradagi tinimsiz mehnat va izlanishlar bekor ketmadi. 1998 yil 6 sentyab­r kuni kurash tarixida olamshumul voqea bo‘lib o‘tdi. Shu o‘rinda Lotin Amerikasi, Evropa va Osiyo qit’asining 28 davlatidan kelgan vakil­lar ishtirokida Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis kongressida Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi (KXA) tuzilganligi, xalqimizning milliy qadiriyati «Kurash» nomi bilan xalqaro sport maydoniga chiqqanligi e’tirof etildi. Shu chiqishlar orqali o‘zbek kurashi dastlabki bor dunyo sport olamiga kirdi, deb aytish mumkin va buni dastlabki muvaffaqiyatlardan biri, deb hisoblash mumkin.
Kurash o‘zining jozibali usullari, qoidalari bilan chet el muxlislariga va sport mutaxasislariga ma’qul keldi. Ba’zi bir chel ellik mutaxasislarning fikrlariga ko‘ra kurashni ya’nada ommaviylashtirish va uni Olimpiada o‘yinlari dasturiga olib kirish zarur degan fikrlar bildirildi.
O‘zbek sporti tarixida yodda qoladigan, eslaganda kishini hayajonlantiradigan voqealar ko‘p. Jumladan, Evropaning naqd yuragi Buyuk Britaniyaning Bedford shahrida kurash bo‘yicha Islom Karimov turnirining yuksak saviyada o‘tkazilishi ham olamshumul voqea bo‘ldi.
Turnir ishtirokchilari Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining doimiy Faxriy Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov nomiga murojaat qabul qilishdi. Unda, jumladan, shunday deyiladi: “SHuni ishonch bilan ta’kidlaymizki, bu musobaqa Buyuk Britaniyada an’anaviy xalqaro turnir maqomiga ega bo‘ladi va yangi ming yillikda dunyoda o‘zbek kurashi dovrug‘ining ortishiga, jahon xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlikni mustahkamlashga xizmat qiladi”.
Tahqirlangan, xo‘rlangan odam zulmdan xalos bo‘lsa, ozodlikka chiqsa quvonchdan ko‘ziga yosh keladi. Milliy sportimiz ham bugun istiqlol sharofati xamda kurash jonkuyarlarining betinim harakatlari, ijodiy izlanishlari bois erkin kamolot yuliga chiqdi. Bor bo‘y-bastini jumlai jahonga namoyon ayladi. Vujudimizni chulg‘agan hayajonu g‘ururimiz ham kurashimizga oq fotiha tilab, ko‘zlariga yosh olayotgan otaxon polvonlarimiz yosh boladek quvonganlaridan baxtiyorlar. Mustaqillik bergan ne’matlar uchun shukronalar aytmoqdalar.
Kurashning kelajagi haqida o‘ylaganda, birinchi yurtboshimiz I.A.Karimovning Oliy Majlis minbaridan turib aytgan quyidagi gaplari xayolga keladi: Biz kelgusi asrga o‘zimiz bilan nimalarni olib o‘tishimiz mumkin va zarur? Bu savolga javob tariqasida faxr-iftixor bilan shunday degim keladi: “ Biz XXI asrga eng katta boyligimiz – mustaqillik tiklagan milliy qadiriyatlarimiz va kurashimiz bilan birga o‘tamiz”.
Endigi maqsad – insoniylikdan suv ichgan, tarixiy ildizlari necha-necha ming yillarga borib taqaluvchi o‘zbek kurashini Olimpiada o‘yinlari tarkibiga kiritish. Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi, Xalqaro Kurash Akademiyasi, Xalqaro Kurash instituti, Butunjahon kurashni rivojlantirish jamg‘armasi, Respublika jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Kurash Milliy Federatsiyasining mutasaddi xodimlari, polvonlar, olimlar, ijodkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari – barcha-barchaning asosiy e’tibori ana shunga qaratilgan. Bu borada alohida ishlab chiqilgan dasturlar asosida mashaqqatli, ammo sharafli ishlar qilinmoqda.
Kurashning jahonga yuz tutishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov KXAning doimiy Faxriy Prezidenti, kurash qonun – qoidalarini ishlab chiqqan, kurash asoschilaridan biri Komiljon Yusupov KXA birinchi Prezidenti etib saylandi.
Bu ijobiy ishlarning mantiqiy davomi sifatida 1999 yil 1 fevralda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining «Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasini qo‘llab-quvvatlash haqidagi» farmoni imzolandi. O‘z vaqtida qabul qilingan bu farmon kurashning butun jahonda keng quloch yoyishiga xizmat qilmoqda. SHu yil O‘zbekiston tarixida ilk bor «YUnusobod» sport majmuida kurash bo‘yicha 1-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Bu davrda XKA a’zolari bo‘lgan 6 ta davlat – Yaponiya, Vengriya, Hindiston, Pol’sha, Rossiya, Bolgariya kurash milliy federatsiyalari prezidentlari ta’sischiligida jahon kurashni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgan. Jamg‘armaning asosiy maqsad va vazifalariga jahonda kurashning rivojlanishiga moliyaviy tomondan ko‘maqlashish, XKA taqvimiy rejasidagi musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishda asosiy moliyaviy-tashkiliy ta’minotchi vazifasini bajaradi.
2000 yil sport olamida kurash dovrug‘ining ortishi va rivojlanishida muhim burilish nuqtasi bo‘ldi, chunki bu vaqtga kelib u har tomonlama takomillashib, xalqaro sport o‘yinlari qatoridan munosib o‘rin egalladi va mutaxassislar tomonidan «XXI asr sporti» deb e’tirof etildi. SHu davrda XKA Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishida 13 mamlakatning ko‘zga ko‘ringan siyosat va sport arboblari ishtrok etdi va «Butun dunyoda kurashni rivojlantirish Dasturi» qabul qilindi.
Kurashni jahonga yanada kengroq yoyish, nufuzini oshirish va Olimpiya o‘yinlari qatoriga kiritish ko‘p jihatdan shu sohaning etuk, malakali mutaxassislarini tayyorlashga bog‘liq. XKA va uning tarkibidagi 10 mamlakat prezidentlarining ta’sischiligi asosida 2001 yilda Xalqaro Kurash Instituti (XKI) tuzildi. Institutning asosiy maqsadi – Kurashni rivojlantirish va butun jahonda ommalashtirishga ko‘maqlashadigan malakali mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlashdir. 2016 yil 11-14 noyabr kunlari Hindistonning Kochchi shahrida kurash bo‘yicha YOshlar o‘rtasida o‘tkazilgan 8-chi jahon birinchiligida XKAning XVI Kongressi ham o‘tkazildi.
Toshkentdagi Xalqaro Kurash Institutini Islom Karimov nomidagi kurash xalqaro instituti deb nomlanishi taqlifi bilan chikdi.Taklif bir ovozdan ma’qullandi. Shuningdek, ijroqo‘m a’zolari Bahriddin Valiev (O‘zbekiston) nomzodini ushbu institutning rektori etib tayinlash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.
2002 yil 23 fevralda yurtimiz kurashchilari Berlinda o‘tkazilgan Germaniya chempionatida ishtirok etishi ikki mamlakat o‘rtasidagi xalqaro sport aloqalarining yanada mustahkamlanishiga asos bo‘ldi. Shu yil Germaniya Olimpiya institutida «O‘zbekiston mamlakati – o‘z sportini namoyish etadi» mavzusida seminar o‘tkazildi.
2003 yilda XKA Osiyo Olimpiya Kengashi Nizomiga o‘zgartirish kiritib, kurash Osiyo sporti sifatida e’tirof etildi va Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilishiga muvaffaq bo‘ldi. SHarq mamlakatlari bilan xalqaro sport aloqalari yaxshi o‘rnatilganligi sababli Misr, Birlashgan Arab Amirligi, Quvayt va boshqa mamlakatlarda kurash federatsiyalarini tashkil etildi.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling