Jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti


Download 460 Kb.
bet5/16
Sana18.06.2023
Hajmi460 Kb.
#1592258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Nurqobilova Hafsa B.M

Milliy qadriyatlar
Qadiriyatlar tizimida millat, unga xos belgilar, jihatlar, xususiyatlar, ularning vujudga kelish jarayonlariga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatgan hudud va u bilan bog‘liq tuyg‘ular, millatning o‘tmishi, tarixi, madaniyati, u yaratgan madaniy boyliklar va ma’naviy meros bilan bog‘liq qadiriyatlar ham muhim o‘rinni egallaydi. Bu qadiriyatlar biror millat kishilari uchun umumiy bo‘lib hisoblanadi. Ular alohida shaxs qadiriyatlarini umuminsoniy qadiriyatlar bilan bog‘lovchi xalqlardan biridir. Muayyan kishi yoki shaxs umuminsoniy fazilatlarni anglashda, o‘z faoliyatini ushbu qadiriyatlar mezoniga moslashtirishda milliy fazilatlarni hisobga oladi, ular bilan bog‘liq jihatlarni ham nazarda tutadi.
Dunyodagi xalqlar orasida aynan shu millatning borligi, mavjudligi, betakrorligi, «Ko‘hna tarix shodasida bitta marjon» (E.Vohidov) sifa­tida zohirligi har qanday kishi uchun ahamiyatga ega bo‘lishi tabiiy. Millat – har qanday milliy qadiriyatning ob’ekti, milliy qadiriyatlar tizimi tayanadigan ijtimoiy asosdir. «Millat» atamasi fazilat ob’ekti sifatida tushunilganida, bir-biri bilan qon-qarindosh xalqlarga nisbatan ishlatiladigan «turkiy xalqlar», «slavyanlar», «ro­man xalqlari» kabilarga umummilliylik darajasi mos keladi.
Millat bir tomondan, o‘zining qadiriyatlarini mutaasil vujudga keltirib turadi, o‘tmishdan kelajakka rivojlanish jarayonida ularni doimiy takomilashtirib, yangi-yangi kirralarini shakllantirib turadi, ikkinchi tomondan esa, uning o‘zi ham mavjud qadiriyatlar tizimi ta’siri ostida o‘zgarib va rivojlanib boradi. Millat - uzining qadiriyatlarini vujudga keltirib, ularning yangi-yangi qirralarini va jihatlarini sayqallashtirib, taraqqiyot jarayonida takomillashtirib turishi ma’nosida o‘z qadiriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilanma harakatdan iborat o‘zgarishlar jarayonida ularni utmishdan kelajakka tomon etkazib beradigan eng asosiy ob’ektdir.
Fazilatlarning xilma – xilligi.
Qadiriyatlar o‘zining mohiyatiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi. Jumladan, inson va uning hayoti eng oliy fazilat hisoblanadi. Inson yo‘q joyda biron narsaning qadr qimmati haqida so‘zlash bema’nilikdir. SHuning uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘lig‘ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarning, islohotlarning barchasi fuqarolar hayoti to‘q, boy va go‘zal bo‘lishi, inson o‘zini chinakam erkin his etishi, o‘z mehnati natijasining, o‘z taqdirining, o‘z mamlakatining egasi bo‘lishini ta’minlashga qaratilgandir.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek “jamiyatni isloh qilish va yangilash bo‘yicha ko‘p qirrali faoliyatimiz markazida inson, suveren O‘zbekistonning fuqarosi turadi. Islohotlarning mazmuni har bir fuqaro shahs sifatida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatgiga ega bo‘lishiga qaratilgan. Siyosiy va ijtimoiy hayotdagi barcha o‘zgarishlar ayni mana shu oliy maqsadga erishishga, har bir kishining hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma’naviy jihatdan boyroq qilishga bo‘ysundirilgan”.
Qadiriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga bo‘linadi.
Milliy qadiriyatlar - murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa bo‘lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi.
Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqidagi tasavvuri faqat g‘oyagina emas, balki tuyg‘u hamdir. Bu tuyg‘u kishida millatning tarixi, ruhiyati, hozirgi holati va xususiyatini tushunish, his qilish shaklida mujassamlashgan bo‘ladi. Insonda milliy ong va g‘urur bo‘lmasa, u o‘zining qaysi millatga mansubligini his etmasa, uning milliy fazilatlarni anglashini tasavvur qilish qiyin. Toki, millatlar, milliy mafkuralar mavjud ekan, milliy munosabatlar ham, milliy his-tuyg‘ular ham, milliy qadiriyatlar ham saqlanib qolaveradi. Millatni milliy qadiriyatlardan mahrum qilishga urunish tarix va insoniyat oldidagi eng katta jinoyatdir.
Har bir ruhan sog‘lom kishida o‘z qadr-qimmatini saqlash, o‘zini hurmat qilish tuyg‘usi mavjud. Har bir millatda ham xuddi shu holatni ko‘ramiz. Millatlarning o‘z-o‘zini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy manfaatlar ham, milliy qadiriyatlar ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi.
Milliy fazilatlarning e’zozlanishi va kuchayib borishi zinhor milliy xudbinlikka, manmanlikka olib kelmasligi kerak. SHuning uchun ham bu masalada xushyorlik, nazokat, insof, diyonat, bag‘rikengliq sahovat talab qilinadi. Zotan, milliy fazilatlarning o‘zi ayni paytda, mintaqaviy yoki umuminsoniy fazilatlarning uzviy qismi sifatida namoyon bo‘ladi.
Umuminsoniy qadiriyatlar milliy va mintaqaviy qadiriyatlardan mazmuni jihatdan chuqur va keng bo‘lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadiriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlariga muvofiq qoladi. SHuni ta’kidlash kerakki, jahondagi birorta xalq va millat o‘zidan boshqa xalq va millatlardan, umuman jahon sivilizatsiyasidan mutlaqo ajralgan, alohida madaniyatga ega emas. Millatlar boshqa xalqlarning madaniy-ma’naviy yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. SHu sababli, barcha xalqlarning ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy-ma’naviy rivojlanishi, tarixi bir-biri bilan chambarchas bo‘lib ketgan.
Umuminsoniy qadiriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan umum­bashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari yer yuzida ilm fanni taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, yadroviy qurollarning poygasini to‘xtatish, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muxofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat xom-ashyosi, ener­giya manbalari va oziq-ovqat bilan ta’minlash, koinotni va jahon okeani resurslarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar kiradi.
Fazilatlarning jamiyat taraqqiyoti, inson hayotiga ko‘rsatadigan ta’siri nuqtai nazaridan progressiv va reatsion qadiriyatlarga ajratilishini ham esdan chiqarmaslik kerak. Jamiyatimizning iqtisodiyoti, mada­niyati va ma’naviyatining ilgari qarab rivojlanishiga, milliy axloq, odob, urf-odat negizlarida komil insonni tarbiyalashga, mustaqil Respublikamizni har tomonlama ravnaq toptirib, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shishga astoydil xizmat qiladigan qadiriyatlar-bu progressiv fazilatlarni tashkil etadi. Aksincha, xukumatimiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy.-madaniy, ma’naviy muammolarni hal etishga to‘sqinlik qiladigan hodisalar reaksion qadiriyatlarga kiradi.
Milliy fazilatlarni tiklash va ulardan samarali foydalanish milliy manfaatlar va milliy qiziqishlar bilan uzviy bog‘liqdir. Milliy manfaaat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotni har tomonlama, teran qamrab oladi. Boshqacha aytganda, haqqoniy milliy manfaatlar-bu muayyan millat vakillarining talab va ehtiyojlari yig‘indisidan iboratdir. Ammo milliy manfaatlar boshqa mintaqa vakillarining manfaatlariga zid bo‘lmasligi kerak
Keng ma’nodagi milliy qadiriyatlar asosida turuvchi umummilliy manfaatlar, yuqorida ta’kidlaganimizdek shunday umummilliy munosabatlarni namoyon etadiki, bularga quyidagi talablarni kiritish mumkin:
- mamlakatda yashovchi barcha kishilarning, millati va istiqomat joyidan qat’i nazar teng huquqliligi va erkin rivojlanishini ta’minlash;
- xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, milliy qadr-qimmatni qaror toptirish:
- ona tilini va madaniyatini, xalq urf-odat va an’analarini rivojlantirish huquqi berilishi.
- mustaqil davlatlar ko‘p millatli, xalqlarining hamdo‘stligini mustaqkamlash, shu jumhuriyatlar tarkibidagi hamma turdagi muxtoriyatlarning ham mustaqilligini amalda ta’minlash:
- kamsonli xalqlarning, milliy guruhlarning manfaatlari va qiziqtirishlarini himoya qilish, ular turmushining an’anaviy shakllariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, qatag‘onga uchragan va zo‘r berib ko‘chirilgan xalqlarning huquqlarini tiklash, zo‘ravonlik harakatlari oqibatlarini bartaraf etish;
- aholining nohaqlikdan ko‘chishining oldini olish,
qochoqlar uchun huquqiy maqomlar joriy etish, ularga
zaruriy yordam berish;
- milliy ekstremizm, shovinizm, irqchilik diskriminatsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish;
- ko‘pmillatli davlatning umummilliy xavfsizligini ta’minlash va qo‘riqlash,
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan munosabatlarning barchasi aynan xozirgi davr hayotimiz asosiy mezonlaridan kelib chiqayotgan haqqoniy talablardir. Bularga o‘z navbatida, e’tibor bermaslik salbiy ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi muqarrar.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling