Jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Download 460 Kb.
bet2/16
Sana18.06.2023
Hajmi460 Kb.
#1592258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Nurqobilova Hafsa B.M

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………….……….….
Ilovalar………………………………………………………………………………………………………...

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Qadimiy fazilatlarimiz, xususan mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, gumanizm g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan milliy sportimiz bo‘lgan kurashni ommalashtirish, rivojlantirish va dunyoga tanitish hamda ushbu fazilatimizni umumjahon durdonasiga aylantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, kurashning tobora ommalashib borayotganligi nufuzli xalqaro musobaqalarni tashkil qilishga, mavjud infratuzilma va moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilishga, sport inventarlari va kiyimlari ta’minotini yaxshilashga, bu borada ishlab chiqarishni kengaytirishga, shuningdek, soha uchun malakali kadrlar, trenerlar va hakamlar tayyorlashga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishni talab etmoqda.
Buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan kurash sportining boy an’analari va fazilatlarini kelajak avlodlarga yetkazish, o‘zbek sporti brendi nomi bilan kurashning jahonarenasidagi rolini oshirish, yoshlarning milliy sportga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning, shuningdek, jahon xalqlarining mazkur sport turi bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Toshkent sh.,
2020 yil 4 noyabr PQ-4881-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorda “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash nazarda tutilgan.
Bugungi axborot texnologiyalari rivojlangan globallashuv jarayoni shiddat bilan kirib kelayotgan bir davrda, jahon xalqlari orasida o‘zining milliy urf-odati, qadiriyati va an’analarini saqlab qolish, ulardan yoshlar tarbiyasida unumli

foydalanish muammosi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Bundan albatta O‘zbekiston ham mustasno emas. Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadiriyatlar asosida tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sport asosiy vositalardan biri sanaladi. Ayniqsa tarixiy taraqqiyoti uzoq o‘tmishga borib taqaluvchi milliy sport turlari (kurash, turon yakka kurashi, uloq ko‘pkari va boshqa.) o‘z mazmunida milliy xususiyatlarni to‘la aks ettirganligi bilan ahamiyatli hisoblanib, ulardan tarbiya jarayonida unumli foydalanish o‘ta ahamiyatli pedagogik muammo sanaladi. O‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadiriyatlar ruxida rivojlantirish, jismonan sog‘lom, ruxan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy xayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik isloxatlarni chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ijtimoy faolligini oshirish asosida takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirsh bo‘yicha harakatlar strategiyasi xam muxim o‘rin egallaydi.


Prezidentimiz tomonidan “Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga” yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishda kasbiy masalalarga alohida to‘xtalib o‘tilgan va shu kabi muhim vazifalar belgilandi. Bunda kasbiy faoliyat ijtimoiy mazmunini, bo‘lajak jismoniy madaniyat mutaxassislarning kasbiy mahoratlarini shakllantirishda individuallashtirish ta’limi mazmuni muhim ahamiyat kasb etadi.

Kurash o‘zbek milliy sportining durdonasi sanaladi. Hozirda nafaqat kurash milliy fazilat balkim, u umuminsoniy qadiriyatga aylandi.Chunki kurash sport turi bilan dunyoning 134 dan ortiq mamlakatida shug‘ullanuvchilar mavjud. Jahon birinchiligi, Osiyo birinchiliklari, Yozgi Osiyo o‘yinlari (Yopiq sport inshoatlarda va jangavor sanat turlari bo‘yicha, Soxil bo‘yi), Xalqaro turnirlar va boshqa musobaqalar o‘tkiziladi.


SHuni inobatga olgan holda, tanlangan “O‘quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishning pedagogik imkoniyatlari (kurash misolida)” mavzusi hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Vaholanki, milliy sport turlari orqali yoshlarda millatparvarlik, vatanparvarlik, o‘z millatiga, vataniga sodiqlilik, o‘z millati bilan g‘ururlanish uning sha’nini halqaro maydonlarda himoya qilish va shu bilan birga boshqa millat vakillarini hurmat qilish kabi milliy fazilatlarni singdirish samarali kechadi. Milliy sport turlari bu: ma’lum bir millatga xos bo‘lgan o‘yinlarning tarixiy rivojlanishi orqali hozirgi kunda sport darajasiga etgan sport turlaridir. O‘zbek millatining milliy sport turlari maqomiga ega bo‘lganlari kurash, belbogli kurash, uloq ko‘pkari (ot sporti), Turon yakka kurashi, o‘zbek jang san’ati kabilar sanaladi.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling