Jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti


Download 460 Kb.
bet4/16
Sana18.06.2023
Hajmi460 Kb.
#1592258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Nurqobilova Hafsa B.M

Tadqiqot ishining farazi: Sport mashg‘ulotlarida o‘quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishning pedagogik imkoniyatarini (kurash misolida) joriy qilishni tashkil etishga oid ishlab chiqilgan ilmiy - metodik tavsiyalar ta’lim jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.

I BOB. O’quvchilarning umuminsoniy qadriyatlarini milliy kurash sporti orqali tarbiyalash metodikasi
1.1.§ Kurashning tarixiy taraqqiyoti.
Kadrlar tayyorlash masalalarini muvaffaqiyatli hal qilish oliy ta’lim muassasalari (OTM) pedagoglariga yuklanadi, ular o‘zlarining kundalik faoliyatlari davomida beshta asosiy: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, salomatlikni saqlovchi vazifalar va talablarni oldinda turgan kasbiy, ijtimoiy, oilaviy hayotga tayyorlash vazifalarini bajarishlari zarur. Mustaqillik yillarida fazilatlarni tiklash va yosh avlod ongida xalqning bir necha asrlik boyliklari bilan faxrlanish tuyg‘usi shakllantirib borilmoqda. O‘zbek xalqining avlodlarini alp qomatli, pahlavon, jasur va mard kishilar bo‘lganligi tan olindi, ularni xuddi shunday fazilatlarga boy qilib tarbiyalashga xizmat qilgan vositalardan biri bo‘lgan kurashga e’tibor kuchaydi. Milliy istiqlol sharofati bilan kurash dunyo yuzini ko‘rdi. Kurash o‘zbek xalqining urf-odati, milliy qadiriyati maqomida chet ellarga kirib bordi. Ha, kurash - xalqimizning oliy qadiriyatlaridan biri. U asrlar davomida shakllandi, takomillashdi, aqidalari umumbashariy falsafa bilan uyg‘unlashib ketdi. Natijada, xalqimizning ma’naviyati va ruhiyatining tayanch nuqtalaridan biriga aylandi.
Jismoniy madaniyat fakulteti o‘quvchilarining faol faoliyati, ularning kasb yoki ixtisoslikni amaliy egallashdagi qat’iyligi va maqsadga intiluvchanligi olingan nazariy bilimlar, o‘zining intellektual, emotsional va irodaviy sifatlarini o‘zi baholashini amaliyotda qo‘llash jarayonida amalga oshiriladi.
Qadiriyatlar inson hayotining turli ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatlarini anglatadi. Qadiriyatlar moddiy va ma’naviy, milliy va umuminsoniy bo‘ladi. Shu jumladan, o‘zbek millatining ham o‘z qadiriyatlari mavjud. Xususan, kurash milliy qadiriyatlarimiz durdonasidir. Fazilatlarni o‘rganish, ularni tahlil qilish borasida dunyo olimlari qatorida Respublikamiz olimlari tomonidan ham keyingi yillarda bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Bularni ilmiy adabiyotlar, maqolalar, risolalarda uchratish mumkin. Bu borada akademik J. Tulenov, professorlar M. Murodov, U. Qoraboyev, I. Jabborov, T. Javliyev kabilarning ishlari e’tiborlidir. Fazilatlarning ta’lim – tarbiyaviy ahamiyati haqida professorlar X. Homidov, O. Musurmonova, S. Nishonova, M. Imomova, M. Davletshin, A. Atoyev F. Nasriddinov, T. Usmonxo‘jayev, X. Rofiyev, O‘. Ibrohimov, R. Abdumalikov, B. Ochilova, F. Axmedov va boshqalarning ishlari alohida o‘rin tutadi.
Qadiriyatlarga asoslangan ta’lim tarbiyada o‘sib kelayotgan yosh avlodda yangicha dunyoqarash, o‘zlikni anglash, tarixni bilish, ona tilmizga hurmat, o‘z vataniga sadoqat, fazilat va an’analarga muhabbat kabi insoniy xislatlar tarbiyalanadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning yoshlarga qarata “Biz hech kimdan kam emasmiz, kam ham bo‘lmaymiz”, degan fikrlari ham buni tasdiqlaydi. Ya’ni o‘zbek xalqi o‘z milliy fazilatlarini saqlagan va rivojlantirgan holda umuminsoniy fazilatlar rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shadi.
Shu bilan birga boshqa millatlar va xalqlarning qadiriyatlarini ham hurmat qiladi. Milliy fazilatlarni ta’lim-tarbiyaga joriy etishda Oliy ta’lim alohida o‘rin tutadi. Oliy ta’limda tahsil oladigan o‘quvchilarga milliy fazilatlarni turli vositalar va usullar orqali singdirish mumkin. Ana shunday vositalardan biri bu sport hisoblanadi. Sababi sport insonni sog‘lomlashtiradi. Xalqimiz iborasi bilan aytsak: “Sog‘ tanda sog‘lom aql”. Bundan tashqari sport bilan shug‘ullanish orqali yoshlarda mardlik, jasurlik, insonparvarlik, vatanparvarlik kabi xislatlar ham shakllanib boradi. SHuning uchun ham xalqimizning tarixi bilan tengdosh bo‘lgan ko‘plab milliy o‘yinlar va sport turlari bor. Ana shunday sport turlaridan biri – o‘zbek kurashi sanaladi.
Ilmiy tadqiqotlar natijalarining barchasi, kurash sport turi jarayonlarida fazilatlarni tiklash va ularni targ‘ib etishda yangi imkoniyatlarning vujudga kelganligini ko‘rsatmoqda. Bu borada kurash sport turi bo‘yicha ko‘p yillik sulolaga ega bo‘lgan Yusupovlar avlodining yorqin vakili Nurmuhammad Yusupovning tashabbusi bilan tashkil etilgan “Polvonlar milliy ensiklopediyasi” jamiyati tomonidan yangi imkoniyatlar yaratildi. Ayniqsa, “Siz polvonlaringizni bilasizmi?” Respublika umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariaro tanlovining o‘tkazilishi jarayonida, vaqt o‘tishi bilan nomlari unutilib borayotgan milliy qadiriyatimiz hisoblangan minglab sport yulduzlari, el suygan polvonlari haqida juda katta, boy tarixiy ma’lumotlar to‘planmoqda. Birgina Samarqand viloyatida 400 dan, Jizzax viloyatida 250dan ortiq nomdor polvonlarning nomlari aniqlandi va ular haqida ma’lumotlar to‘plandi. Shu bilan bir qatorda, ta’lim muassasalarida “Yosh polvonlar” to‘garaklari, mahallalarda “Mahalla pahlavonlari” burchaklari tashkil qilinmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad, o‘z vaqtida O‘zbekistonning shuhratini olamga tanitgan faxriy polvonlar nomlarini abadiylashtirish, ularning boy madaniy-milliy merosini yoshlarga yetkazish, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash, turli yod ta’sirlardan saqlashdir.
Xalqimizning boy tarixiy madaniyati, urf-odati va an’analarini chuqur bilib olishga yo‘naltirish, Respublikamizning qudrati va yutuqlaridan faxrlanish, ularni muttasil oshirib borishga intilish, mamlakatkmizdagi barcha elat va millatlarning kelajagi - buyuk davlatni barpo qilishdek muazzam maqsad yo‘lida jipslashishiga mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Milliy fazilatlarni takomillashtirish kishilarni umuminsoniy qadiriyatlar ruhida tarbiyalashda ham katta ahamiyat kasb etadi. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o‘z doirasida chegaralanib qolmasdan, boshqa xalqlar tomonidan to‘plangan qadiriyatlardan oqilona foydalangan taqdirdagina taraqqiyot yo‘liga tushib oladi. Butun madaniy olamga taniqli olim va mutafakkirlarni, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva, Termiz, Andijon singari shaharlarning yaratuvchilarini, buyuk imperiyalarni qura olgan sarkardalarni etishtirgan ona zaminimizning dovrug‘i asrlar davomida jahon xalqlarining e’tiborini tortib kelgan.
Bizning xalqimiz azaldan ona yurtiga chuqur mehr qo‘yib, uni yashnatish payida bo‘lishgan. Bu ulug‘vor ishlarni amalga oshirish esa, yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash bilan bog‘liqdir. SHuning uchun ham hukumatimiz mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida e’tibor bermoqda.
Manbaalarda berilishicha, qadiriyatlar shaklan va mazmunan milliy va umuminsoniy qadiriyatlarga bo‘linadi.
Milliy qadiriyatlar-murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa bo‘lib u millatga millat madaniyati, tarix, urf-odatlari, an’analari, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini iqtisodiy, ijtimoiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Insoning qaysi millatga mansub ekanligi xaqidagi tassavur faqat g‘oyagina emas balki tuyg‘u hamdir. Toki millatlar, milliy mafkuralar mavjud ekan, milliy qadiriyatlar ham saqlanib qolaveradi. Millatni milliy qadiriyatlaridan mahrum qilishga urinish, tarix va insoniyat oldidagi eng katta xatodir. Milliy qadryatlarga millatning asrlar davomida yaratgan qadiriyatlari kiradi, unda millatga xos belgilar, qadiriyatlar, tuyg‘ular, o‘z davrida yaratilgan moddiy va ma’naviy qadiriyatlar asosiy o‘rinni egallaydi.
Fazilatlarning muhim shakllaridan biri – umuminsoniy qadiriyatlar bo‘lib, u dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan barcha axloqiy me’yorlarga amal qilishni talab etadi.
Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadiriyatlardan mazmun jihatdan chuqur va keng bo‘lgan umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy kadriyatlar barcha millatlar, elat va xalqlarning maqsad va intilishlariga muvofiq keladi. Xar qanday millat barcha xalqlarning madaniyati, ma’naviy yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydi.
SHunday qadiriyatlar borki, ular inson aqlini, zakovatini charxlaydi. Yana shunday qadiriyatlar borki, ular inson qalbini jamiyat talablariga muvofiqlashtiradi. Alohida qadiriyatlar borki, ular inson tanasini, jinsini chiniqtiradi, baquvvatlashtiradi. Kurash shu fazilatlarning barchasini o‘zida mujassamlashtirgan va aynan shu ma’noda muhim milliy fazilat sifatida e’tiborga olingan.
Milliy qadiriyatlar ayrim xalq, millatlar va elatlarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning yig‘indisidan iborat. Milliy qadiriyatlar tor ma’noda muayyan bir millatning, elatning qiziqishlari va manfaatlarini ifodalovchi munosabatlar mazmunini tashkil etsa, keng ma’noda muayyan bir davlatda yashovchi barcha millatlar va elatlarning manfaatlari hamda qiziqishlarini ifodalovchi munosabatlar yig‘indisini aks ettiradi.
Milliy fazilatlarning shakllanishi va rivojlanishi muayyan bir millatning hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, tili, o‘tmishi, kelajagi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Biron millat ruhi, milliy ma’naviy ehtiyoji va talablariga mos kelgandagina shu millat hayotida chuqur tomir otishi imkoniga ega bo‘ladi.
Mustakillik tufayli o‘zbekning o‘zligi yana o‘ziga qaytdi. Unutilgan qadiriyatlar, urf-odatlar qayta tiklandi. Milliy sport turi bo‘lmish kurashni rivojlantirish va jahon maydoniga olib chiqish masalasi kun tartibiga qo‘yildi.
Milliy qadiriyatlar, urf-odatlar yoshlar tarbiyasida milliy tilni, milliy ma’naviyatni, milliy o‘zlikni, milliy ruhiyatni, milliy urf-odatlarni, milliy an’analarning rivojlanish shakllanishlarini ta’minlaydi. Kurash an’anasini o‘zbek xalqi ko‘z qorachig‘idek asrab, avaylab avlodlarga meros qilib, shu kungacha etkazib keldi. Uning mavjudligi ayrim shaxslar irodasiga bog‘liq emas. Bu an’ana shu xalqning turmush talabidan, zaruratidan kelib chiqqan ma’naviy boyligidir. Kurash an’anasi xalqimiz g‘ururi va kuch-qudratining timsoli bo‘lib, yigit-qizlarimizni epchil, jasur, mard, kuchli, kamtarin, mehnatsevar, vatanparvar qilib tarbiyalashda tengi yo‘q fazilat sanaladi.
O‘zbekiston umuminsoniy qadiriyatlarga chuqur hurmat, madaniyatda umuminsoniy tamoyillarining ustuvorligi yo‘lini tanlaganini butun dunyo jamoatchiligiga bildirdi. Mustakil O‘zbekiston kudratining asosiy manbai degan edi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov, xalqimizning umuminsoniy kadryatlariga sadoqatidir.
Bir qator omillar sababli qadiriyatlar masalasi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Birinchidan, jamiyat taraqqiyoti o‘xshashi yo‘q favqulotda hollarni yuzaga keltiradi. Bu esa o‘z navbatida fazilat yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish yoki tamoman o‘zgartirish muammosini yaratdi. Ikkinchidan, fazilat yo‘nalishlarini fakatgina jamiyat ongiga bog‘lab qo‘yib bo‘lmasligi, ilmiy ob’ektiv yondashuv hech zamon aksiologik yondashuvni inkor etmasligi keraqligi aniq bo‘lib qoldi.
2005 yil Komil Yusupov tomonidan kurash bo‘yicha musaboqa qoidalari ajdodlarimizning urf-odatlari, udumlari, ishlatilgan atamalari asosida sodda va oddiy qilib ishlab chiqildi. Polvonlarning ijobiy harakati “halol”, “yonbosh”, “chala” atamalarini ishlatish bilan baholanib, tomoshabinlar tomonidan tez va oson o‘zlashtirib olindi.
Ma’lumki qadiriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi. Shu sababli ular mahalliy, milliy, mintaqaviy shakllar va umuminsoniy mazmunda mavjud bo‘ladi. Mahalliy fazilatlarning eng yetuklari va umummilliy manfaatlarga moslari asta-sekin saralanib, umummilliy darajaga ko‘tariladilar. Milliy muhit fazilatlarni yaratish va saralashning asosiy manbasidir: u mahalliy fazilatlarning eng yaxshilarini o‘z darajasiga ko‘taradi va ularni voyaga etkazib, jahon miqyosiga olib chiqadi va aksincha umuminsoniy fazilatlarni o‘zida har bir kishining boyligiga aylantiradi.
Fazilatlarni tushunish va ularga munosabat, o‘z millatiga, yurtiga, eliga va ularning aholisiga tegishli fazilatlarni jamlash, avaylash, ularning ahamiyatini asoslash, o‘z yurtining milliy qadiriyatlarini o‘z ongining tarkibiy qismiga aylantirish kishilarda o‘ziga ishonch va hurmatni mustahkamlaydi, o‘z Vatanining istiqboliga katta umid bilan qarashga undaydi. Har bir millatning o‘z milliy qadiriyatiga munosabati qanchalik ehtiyotkor va faol bo‘lsa, shu millatning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, obro‘si, unga ajratiladigan e’tibor, hurmat shu darajada baland bo‘ladi va shu ma’noda, uning nufuzi ham yuksak bo‘ladi.
Jamiyat tarakqiyotining muayyan bosqichlarida ijtimoiy hodisalarga munosabat xilma-xil tarzda namoyon bo‘ladi. Xususan, mustaqilligmizning birinchi kunidan boshlab hayotimizning barcha jabhalarida «qadiriyatlar», «milliy tiklanish», «milliy ong», «milliy g‘urur», «milliy iftixor» kabi tushunchalar tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Bu bejiz emas, zotan, mustaqillik ayni paytda milliy tiklanish hamdir. Uni esa mazkur tushunchalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Istiqlol xalqimizga so‘z va fikr erkinligi bilan bir qatorda, ilgari ishlatilib kelingan ko‘pgina milliy tushunchalarni hayotimizga qaytardi. Endilikda «qadiriyatlar», «mustaqillik», «istiqlol», «milliy ifti­xor» kabi tushunchalar o‘zining asl mazmuniga ega bo‘lmoqda.
SHuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, mazkur atamalarning hayotimizga kirib kelishi va qisqa vaqt ichida teran ildiz otib ketishida Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning xizmatlari katta. Uning asarlari va nutqlarida mustaqillik tufayli hayotimizning barcha sohalarida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar, jumladan, milliy qadiriyatlarimiz, madaniyatimiz, urf-odat, an’analarimizning tiklanishi, milliy g‘ururimiz, milliy o‘zligimizni anglashimizning tobora yuksalayotganligi faxr, iftixor bilan qayd qilinib kelinmoqda. Xalqimiz sarchashmalarining ko‘zlari qaytadan ochilganligi, - deb yozadi I.Karimov, - jahon madaniyati yutuqlariga zo‘r hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning madaniy va ma’naviy merosi teranligi va chuqurligi anglab olinganligi, har bir avlodning o‘z o‘tmishiga, oliyjanob milliy va diniy an’analariga hurmat bilan qarash, ularni asrab avaylash ruhida tarbiyalanayotganligi, ayni chog‘da hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi va ularga oshno bo‘lish zarurligi ravshan anglab etilganligi mana shularning hammasi hayotbaxsh bir zamindirki, bizning yangilanish va xalqimizning milliy o‘zligini anglashini oshirish, aholining siyosiy etukligi va faolligini kuchaytirish borasidagi siyosatimiz mana shu zaminga tayanadi. Xo‘sh, qadiriyatlar o‘zi nima? Ularning mohiyati, asosiy jihatlari nimadan iborat? Eng avvalo, shuni qayd qilish kerakki, qadiriyatlar juda sermazmun va ko‘p qirrali tushunchadir. SHuning uchun ham adabiyotlarda mazkur tushunchaning mohiyatini ifodalashda turlicha yondashuvlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, «Falsafiy ensiklopediya»ning beshinchi jildida qadiriyatlar quyidagicha tavsiflangan: «Fazilat fal­safiy va sotsiologik tushuncha. U, birinchidan, biror ob’ektning ijobiy yoki salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ, belgilovchi—bag‘ishlovchi jihati (sub’ektiv qadiriyatlar yoki ong qadiriyatlari)ni ifoda etadi. SHunga ko‘ra ob’ektiv (ashyoviy) va sub’ektiv (ong) qadiriyatlar bir-biridan farqlanadi».
Mazkur manbaada yozilishicha, tabiiy boyliklar va tabiat hodisalari (bular yaxshilik va yomonlik nuqtai nazaridan baholanadi) mehnat mahsullarining iste’mol qiymati (umuman foydalilik); ijtimoiy hodisalarda mujassamlashgan ijtimoiy ezgulik va yovuzliklar; tarixiy hodisalarning progressiv yoki reatsion ahamiyati, hozirgi zamon kishilarining boyligi sifatida namoyon bo‘luvchi moziyning madaniy merosi, ilmiy haqiqatning foydali samarasi yoki nazariy ahamiyati, kishilarning hatti-harakatlarida ifodalanuvchi axloqiy, yaxshilik yoki yomonlik, tabiiy va ijtimoiy ob’ektlarning hamda san’at asarlarining estetik jihatdan tavsiflanishi, sajdagohlar, diniy ibodat buyumlari va boshqalar ashyoviy qadiriyatlarga kiradi.
Ko‘rinadiki, «Falsafiy ensiklopediya»da ruscha «sennost’» tushunchasiga kishilar tomonidan yo ijobiy, yo salbiy baholanadigan, ularning moddiy va ma’na­viy hayotiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadigan barcha narsa va hodisalar kiritilgan. Ana shunga yaqin nuqtai-nazar O‘zbek Sovet Ensiklopediyasida ham bayon etilgan: «Fazilat (falsafa va sotsiologiyada)—voqelikdagi muayyan hodisalarning insoniy, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha. Fazilatlarni mazmuni va xarakteriga ko‘ra progressiv va reatsion tiplarga ajratish mumkin». Bu esa, mazkur kategoriyani o‘ta sig‘imdor qilish bilan birga uni izohlashni mushkullashtiradi. Turli chalkashliklar keltirib chiqaradi.
Shu jihatdan, taniqli faylasuf olim V.P.Tugarinovning fikri e’tiborga loyiqdir: «qadiriyatlar muay­yan jamiyat yoki sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal ne’matlari bo‘lgan tabiat va jamiyat hodisalarining mohiyati (yoki hodisaning bir jihati)dir. Bu ne’matlarning qadiriyatlar deyilishiga sabab kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadiriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. SHuning uchun ham kishilar o‘z tasavvurlaridagi fazilatlarni himoya qiladilar va o‘zlari uchun maqsad yoki ideal bo‘lgan fazilatlarni amalga oshirishga intiladilar.
Qadiriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki hayotdan mahrum bo‘lish qolgan barcha qadiriyatlardan foydalanishni yo‘qqa chiqaradi. Fazilatlarning boshqa turlari, aslini olganda, hayot ne’matlarining mohiyatidir, madaniy qadiriyatlardir».
Demak, fazilat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari majmuini tushunmoq lozim.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling