Jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti


Download 460 Kb.
bet8/16
Sana18.06.2023
Hajmi460 Kb.
#1592258
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Nurqobilova Hafsa B.M

Uchinchi bosqich 2005 yil va undan keyingi yillarni o‘z ichiga oladi. Asosiy maqsad XKAning xalqaro va qit’aviy sport tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish, kurashni ommaviy sport turi sifatida Olimpiya va Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritishdan iborat.
2011 yilning 14 iyuli: bu sana o‘zbek sporti – kurashning Olimpiya o‘yinlari dasturiga kirishi sari tashlangan yana bir dadil qadam sifatida tarix sahifasidan o‘rin egalladi. YAponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashining yubiley XXX Bosh Assambleyasida Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi rahbariyati ham ishtirok etdi va milliy sport turi 2013 yil Janubiy Koreyaning Incheon shahrida yopiq sport inshootlarida va jangovar san’at turlari bo‘yicha tashkil etilgan IV Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin egallagani rasman e’lon qilindi. Bu tarixiy voqelik o‘z navbatida xalqaro sport jamoatchiligi tomonidan ko‘p millatli O‘zbekiston davlatining katta yutug‘i sifatida e’tirof etilmoqda. Boshqacha aytganda, azaliy qadiriyatimiz – kurashning nufuzli sport o‘yini tizimiga kiritilishi jonajon Vatanimiz istiqlolining katta yutug‘idir.
O‘zining eng oliy maqsadi yo‘lidan aniq qadam bosayotgan XKA jonkuyarlari Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi rahbarlari bilan muzokaralarni boshladi. 2005 yilning may va iyul’ oylari XOQ shtab-kvartirasi joylashgan Lozanna shahrida XKA birinchi Prezidenti Komil Yusupov XOQning o‘sha vaqtidagi prezidenti Jak Rogge bilan uchrashdi.
Olimpiya Xartiyasiga ko‘ra, yangi sport turini Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish uchun XOQ amaldagi 114 nafar a’zosidan 50 foizi shu sport turini yoqlashi zarur. SHu sababli XKA kurashni xalqaro maydonda qo‘llab-quvvatlash va ommalashtirish maqsadida, XOQning 30 dan ortiq amaldagi a’zolari va rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazildi.
1998 yil Toshkentda Evropa, Osiyo, Afrika va Amerika qit’asining 28 davlatidan kelgan vakillar ishtirokida ta’sis kongressi o‘tkazildi va xalqaro sport tashkiloti – Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi (XKA) tashkil etildi. Assotsiatsiya Nizomi va kurashning xalqaro qoidasi tasdiqlandi, boshqaruv organi saylandi. birinchi Prezidentimiz faxriy Prezidenti etib saylandi. Assotsiatsiya tizimi ishlab chiqilib, u jahonning hamma qit’alarida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.
XKA Nizomiga asosan assotsiatsiya yoki konfederatsiya Prezidenti qaysi davlatdan saylansa, uning bosh qarorgohi o‘sha mamlakatda joylashadi. Shunga ko‘ra, XKA shtab kvartirasi O‘zbekiston poytaxti Toshkentda, Pan- Amerika Kurash Konfederatsiyasi Boliviyaning La- Pas shahrida, Evropa Kurash Konfederatsiyasi Turkiyaning Istanbul shahrida, Osiyo kurash konfederatsiyasi Eronning Tehron shahrida, Afrika kurash konfederatsiyasi Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg shahrida, Okeaniya kurash konfederatsiyasi Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida joylashgan.
Shu kungacha dunyoning bir nechta mamlakatlarida turli darajadagi xalqaro turnirlar tashkil etildi. Jahon va Osiyo chempionatlaridan tashqari Buyuk Britaniya, Gretsiya va Fransiyada «Islom Karimov», Turkiyada «Bosfors» va Eronda «Puriyoivaliy» xalqaro turnirlari o‘tkazilib kelinmokda.
Bugungi kunda XKA jahonning barcha qit’alarida kurash federatsiyalari tashkil etilgan va ularning safi kundan-kunga ko‘paymoqda. Bu o‘rinda Osiyo, Evropa, Afrika va Janubiy Amerika davlatlari bilan bo‘layotgan hamkorlikni alohida ta’kidlash joiz. Bundan tashqari, XKA YUNESKO qoshidagi «Jismoniy tarbiya va sport fani xalqaro kengashi» a’zosidir. Kurashning jahondagi nufuzini yanada oshirish maqsadida XKAning oliy nishoni – « XKA Oltin ordeni » ta’sis etilgan. Uning birinchi sohibi O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov, so‘ngra Hindiston Milliy kongressi partiyasi etakchisi Sonya Gandi, XOK sobik prezidenti Jak Rogge, OOK prezidenti SHayx Ahmad Al-Fahd As-Sabah kabilardir. Eng asosiysi kurash bilan hamohang holda musobaqa o‘tkazilgan o‘zga yurtlarda o‘zbek urf-odatlari va qadiriyatlari kirib bordi.
Davlatmiz birinchi rahbari Islom Abdug‘anievich Karimovning Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining doimiy Faxriy Prezidenti etib saylangani barchamizni cheksiz quvontirdi. Kurashni dunyoga tanitish bo‘yicha hozirgacha bir qancha amaliy ishlar bajarildi. Tinimsiz mehnat, ko‘plab izlanishu say-harakatlar behuda ketmadi.
Barcha sport turining o‘ziga xos tarixi mavjud bo‘lgani kabi kurashning ham tarixiy taraqiyotiga ega.
Kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionati 1999 yilning 1-2 may kunlarida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Belorus poytaxti Minsk kurash bo‘yicha birinchi Evropa chempionatiga mezbonlik qildi. Ayollar hamda erkaklar ishtirok etgan kurash bo‘yicha birinchi Osiyo chempionati 2001 yilning aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. 2001 yilning iyul oyida Janubiy Afrikaning Xartenbos shahrida Afrika qit’asining birinchi qit’a chempionati bo‘lib o‘tdi. Birinchi Pan Amerika chempionati esa 2002 yilning mart oyida Boliviya poytaxti La-Pas shahrida bo‘lib o‘tdi. Kurash shu qadar shiddat bilan yuksala bordiki tez orada bir qancha o‘zbek polvonlari o‘zlarining mahorati, kuch-qudrati bilan jahonga tanildi. Chet ellarda ham o‘zbek polvonlari bilan bellasha oladigan kurashga chindan mehr qo‘ygan polvonlar etishib chiqdilar. Buning isboti sifatida kurash bo‘yicha I - jahon birinchiligi 1999 yili Toshkent (O‘zbekiston), II - jahon birinchiligi 2000 yili Antaliya (Turkiya), III - jahon birinchiligi 2001 yili Budapesht (Vengriya), IV -jahon birinchiligi 2002 yili Erevan (Armaniston), V - jahon birinchiligi 2005 yili Toshkent (O‘zbekiston), VI - jahon birinchiligi 2007 yili Ulan-Bator (Mo‘g‘iliston), VII - jahon birinchiligi 2009 yili Alushta (Ukraina), VIII -jahon birinchiligi 2011 yili Termiz (O‘zbekiston), IX - jahon birinchiligi 2013 yili Istanbul (Turkiya), X - chi jahon birinchilini 2015 yili Xurramobod (Eron), XI - jaxon birinchiligi 2017 yil Istanbul (Turkiya) XII- jaxon birinchiligi 2019 yil (Koreya) shahrida bo‘lib o‘tishi kurashning jahon bo‘ylab yanada qanot yopayotgani isbotidir.
Bir qancha yunalishlarni o‘zida mujassamlashtirgan kurash qoidasida kurash boshlanishida oldindan belbog‘dan ushlamay bir- biriga tashlanib, so‘ng bir- birining yaktagidan yoki yoqasidan ushlab orqa oldinga yoki qo‘l englaridan ushlab o‘nga va chapga tortib amal bajarish uchun qulay imkon topishi zarur bo‘ladi. Ana shu holatlardagina raqib belbog‘ining orqa tomonidan o‘ng qo‘l bilan ushlab, yonbosh, yoki ko‘shala yonbosh amallari bajarilgan. Boshqa holatlarda esa belbog‘dan ushlab qoqma, qayirma, to‘g‘onoq chalish, o‘rab eshib chalish va boshka usullarni har xil variantda bajaradilar. Olishganda faqat ximoya uchungina yaktagining engi, yoqasi yoki orqa va old tomonlaridan ushlangan. Biz sanab o‘tgan ushbu kurash turlari O‘rta Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda juda qadimdan mavjud bo‘lganligi haqida manbalarda bayon etilgan. SHuni e’tirof etish kerakki, polvonlarga in’om etilgan ko‘k-yashil liboslarning O‘zbekiston bayrog‘i rangida ekani taxsinga loyiqdir. Maydonda bellashayotgan polvonlar qaysi yurt, qaysi elatdan bo‘lmasin, ularni ko‘rgan kishi O‘zbekistonni eslashi tabiiy. Kurashni yangi asr sporti bo‘lib qoldi, deb dadil aytsa bo‘ladi. Boisi, kurashni o‘rganish uchun polvonlarning bu kurash shahriga chog‘lanishlari tabiiy edi. O‘zbekiston tom ma’nodagi kurash Vatanidir. Har qanday xalqning milliy an’anasi, shu millatning hayot ehtiyoji, turmush taqozosi natijasida vujudga keladi.
Millatning faxri necha ming yillik tarixga ega bo‘lib, o‘zida o‘zbek xalqining urf-odatlari, udumlarini mujassamlashtirgan o‘ziga xos san’at. Kurash an’anasini o‘zbek xalqi ko‘z qorachigidek asrab- avaylab avlodlarga meros qilib shu kungacha etkazib keldi. Uning mavjudligi ayrim shaxslar irodasiga bog‘liq emas. Bu an’ana shu xalqning turmush talabidan, zaruratidan kelib chiqqan ma’naviy boyligi. Kurash an’anasi xalqimiz g‘ururi va kuch-qudratining timsoli bo‘lib, yigit-qizlarimizni epchil, jasur, mard, kuchli, kamtarin, mehnasevar va vatanparvar qilib tarbiyalashda tengi yo‘q fazilat sanaladi.
Milliy qadiriyatlarimizni, mardlik, jasurlik, vatanparvarlik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan kurashning jahon sport olamida yangi sport turi sifatida tan olingani mualliflarni ham behad shod etdi. Kurash o‘zbekning urf-odati, milliy qadiriyati maqomida chet ellarga kirib bordi. Xa, kurash xalqimizning go‘zal qadiriyatlaridan biridir. Go‘zalligi shundaki, u asrlar davomida shakllandi, takomillashdi, aqidalari umumbashariy falsafa bilan uyg‘unlashib ketdi. Provardida, xalqimiz ma’naviyati va ruxiyatining tayanch nuqtalaridan biriga aylandi.
Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kurash bo‘yicha nufuzli musobaqalar o‘tkazilayotganligi esa sportning bu turi jahonda tobora ommaviylashayotganligidan dalolat beradi. Zero, kurash milliy qadiriyatlarimiz durdonasi va hozirda umuminsoniy qadiriyatlarga aylandi. Kurash insonni nafaqat jismoniy balkim har tomonlama komil etib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi.
Kurash dunyo sivilizatsiyasiga beqiyos qissa qo‘shgan, avlodu ajdodlardan bizgacha etib kelgan ma’naviy meros — katta bir xazina. Bu xazina bugun farzandlar tarbiyasida muhim omil bo‘lmoqda. Sayyoramiziing turli qit’a va yurtlarida istiqomat qiluvchi ne-ne xalqlar, elatlar kurashning jozibasiga, uning insonparvarlik, baynalminallik, baqrikenglik qoyalariga maqliyo bo‘lib, sevimli sport turi sifatida qabul qilmoqdalar.
Bugungi kunda kurash an’anasi rivojlanib ommalashib boryapti. Har bir milliy bayram kurashsiz o‘tmayapti. Eng qizigi shundaki, davraga chiqqan polvonni tanishtirishda birinchi uning “Ona yurti” aytiladi, demak bu polvon ona yurti sha’nini ham himoya qilib, unda yutuq va g‘alabalari tufayli ular Vatanini sevish, ardoqlash, insonlarga g‘amxo‘rlik qilish kabi oliyjanob hislatlar tarbiyalanib boradi. Kurash vatanimiz qudratini oshirish, yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, umrni uzaytirish, salomatlikni mustahkamlash vositalaridan biridir. SHuning uchun kurashni davr talabi darajasida rivojlantirish istiqboliy ahamiyat kasb etadi.
Sport bu jamiyatning shunday sohasiki, insonning o‘z-o‘zini anglashi alohida o‘ziga xos shaklda namoyon bo‘ladi. Yuqori natijali sport, ommaviy sport va jismoniy madaniyatga nisbatan insonning jismoniy qobiliyatlarini to‘g‘ri topishda samarali vosita sifatida ko‘riladi. Sportda mehnat ob’ekti – sportchining o‘zi. Mehnat sub’ekti ham o‘zi.
A.I.Zavyalov atrof-muhitga va mehnat faoliyatiga moslashishni ikki xil yo‘l bilan ko‘rib chiqadi: to‘siqlarni engib o‘tish va chetlab o‘tish. To‘siqlarni engib o‘tish jarayoni quvvatni sarf qilish bilan, biologik tizimning (Bio…) ichki o‘zgarishi bilan bog‘liq, chetlab esa maqsadli pedogogik jarayonda o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan tajriba va bilim bilan (pedogogika) bog‘liq. Natijada, muallifning fikricha, bu birikuv (biopedogogika) o‘quvchilarni jismonan tarbiyalashning yuqori samarali jarayonini hosil qiladi [58; 40-b.].
Shunday qilib, o‘quv jarayoni, shu jumladan jismoniy madaniyat bo‘yicha ham, shunday murakkab jarayonni, u ko‘p xossali mehnatning alohida shaklidir. Unda har bir mehnat sub’ekti (o‘qituvchi va o‘quvchi) o‘zining professional rolini faol, ongli tarzda o‘zlashtiradi.


Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling