Jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti


Tarixiy shaxslar va mutafakkirlarning hayotida, asarlarida jismoniy barkamollik masalalari


Download 460 Kb.
bet12/16
Sana18.06.2023
Hajmi460 Kb.
#1592258
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Nurqobilova Hafsa B.M

2.2. Tarixiy shaxslar va mutafakkirlarning hayotida, asarlarida jismoniy barkamollik masalalari
Millatimizning faxri bo‘lgan kurash an’anasi bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lib, o‘zida o‘zbek xalqining ko‘plab urf-odatlarini, udumlarini mujassamlashtirgan. Olimlarning tadqiqotlari natijalariga ko‘ra dastlabki sport o‘yinlaridan biri hisoblangan o‘zbek kurashi 3,5 – 5 ming yil ilgari tarqala boshlaganligini ko‘rsatadi. Surxon, Zarafshon, Farg‘ona vodiysining bir qator qadimgi aholi manzilgohlaridan topilgan noyob topilmalar, qoyatoshlarga chizilgan tasviriy san’at namunalari ham bunga to‘la shohidlik qiladi. O‘rta Osiyo xalqlari og‘zaki ijodi namunalaridan «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Avazxon», «Rustam», «To‘lg‘onoy» kabi dostonlarida ham pahlavonlar kurashi madh etilib, epchil va chaqqon, zukko va dono polvonlar ulug‘langan. SHuningdek, ulug‘ o‘zbek mutafakkirlari Abu Ali ibn Sinoning «Kitob al-qonun fit-tib», («Tib qonunlari»), Firdavsiyning «SHohnoma»si , Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Alisher Navoiyning «Hamsa», «Saddi Iskandariy», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma», Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai sultoniy» kabi asarlarida kurash haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Zero, polvonlik amalu tadbirlari, uning falsafasi kishini o‘z-o‘zidan komillik sari etaklydi.

Zahiriddin Muhammad Bobur
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijon shahrida tug‘ilgan. Temuriyzoda Umarshayx Mirzo vafotida so‘ng u 11 yoshida taxtga o‘tiradi. ,,Bobur’’ Zahiriddin Muhammadning taxallusi. Uning jasurligi va matonatini e’tirof etish maqsadida Mirzo Bobur- ,,YO’lbars” deb atash rasm bo‘lgan. Buyuk bobokolonimiz, etuk shoir, tarixchi, davlat arbobi, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur qisqa 47 yillik umri davomida butun insoniyat tarixi uchun muhim bo‘lgan olamshumul ishlar qilishga ulgurdi. Garchi hayotning asosiy qismi jangu-jadallarda kechga bo‘lsada, badiy ijod va ilm fanda kata muvofaqqiyatlarga erishdi. Parvardigor Boburga saxiy qalb, ulkan yurak, sexrgar qalamu keskir qilich ato etdi.
Ulug‘ sarkardaning rostgo‘yligi, haqiqatning achchiq sinovlariga dosh berishi biz uchun ham ibrat namuna maktabidir.
Bubur o‘zining,, Boburnoma” asarida o‘z qo‘shinlarining orasida kurashni rivojlantira borib, jismoniy mashqlarga muhim ahamiyat qaratganligini takidlaydi. Boburning ma’lumotlariga ko‘ra XV-XVI asrlarda xozirgi O‘zbekiston chegaralarida kurash juda keng tarqalgan.
Bobur o‘zining mohir suzuvchi bo‘lganligini shunday eslaydi. O‘sha kuni men Gang daryosidan suzib o‘tgim va uning u chekkasidan necha qadam ekanligini xisoblab chiqdim. 30 qadam masofa suzib borgan ekanman shu ondayoq orqamga suzib o‘z joyimga qaytib keldim. Men hamma daryolarni suzib o‘tgan edim, faqat Gang daryosi qolgan edi.
Bobur va uning askarlari Qobulga boorish chun yaqin yo’l tanlamoqchi bo‘lib, qosimbek degan odamning gapi bilan Hindiqush tog‘lari orqali yuradilar. Ammo ular yo’lidan adashib va ko‘p qiyinchiliklarga uchrab, Hindiqush orqali Kutish degan g‘orga etib kelishadi. Hamma, shu jumladanqo‘limga kurak olib, o‘zimga boshpana g‘or qazishga kirishdim. Qo‘limga kurak olib, qor kurab o‘zimga joynomoz miqdori er yasadim, qorni ko‘ksimgacha qazidim, xanuz erga etmaydur edim. Yigitlaim, katta g‘orga keling deb har necha dedilarkim, bormadim. Ko‘ngilga keldi barcha kishilarim qorda va bo‘ronda qolsayu, men issiq uyda va istirohatda yotamanmi, dalada odamlar tashvish va mashaqqatda yursalaru men kata g‘or ichida uyqu bilan farog‘atda yotamanmu. Bu nomardlik bo‘ladi, bu hamjihatlikdan yiroq ishdir. Men har tashvish va mashaqqat bo‘lsa ko‘rayin, har nechuk el toqat qilib tursa turayin, bir fors maqoli bor, mart boyoron surayot do‘stlar bilan birga o‘lsang-to‘ydir. O‘shandoq bo‘ronga o‘zim qazib yasagan qor chuqurda o‘ltirdim. Bir forsiy maqol bor: ,, do‘stlar bilan birga bo‘lgan o‘lim to‘ydir”. Mirzo Boburning hayotdan olingan birgina anashu asosning o‘zida uning ulug‘vor shaxsiga xos bo‘lgan adolat, rostlik, haqiqiy davlat arboblarida bo‘ladigan raiyatparvarlik, himmat, oriyat va andisha kabi fazilatlarning tasdig‘ini ko‘rish mumkin.
Bobur o‘z yurti Andijondan uzoqda Avg‘oniston erlarida yurganida Hirotdan Kobulga qaytishi qish vaqtiga to;g;ri keldi. Haftalab yoqqan qor va sovuq bir to‘da otliqning ilgariharakatini qiyinlashtiradi. Bobur anashu qor kechish mashaqqatini qalamga olgand, inson irodasi tabiat qarshiliklariga bardosh berishni va pirovardida engishini juda jonli va hayotiy tasvirlaydi. Ushbu lavhada shoh Boburning cherikka munosabati diqqatga sazovordir. Muhimi, u qorni yorib o‘ziga yo’l ochuvchilarga shohlarga xos munosabatda bo‘lmasdan, rahm ko‘z bilan qaraydi, o‘zi ham jangchilar qatori qorni shibbalab, yo’l ochadi. Qor kechib yo’l ochish azobini o‘z tanida kechirgani bois, Bobur asaridagi tasvir o‘ta haqqoniy chiqqan. Bu tasvirdan olingan quyidagi parchada asar muallifining mushkul vaziyatdagi irodasi, atrofdagi kishilarga munosabati, dunyoqarashi ham o‘z aksini topgan:«Bir haftag‘a sovuq qor tepib, kunda bir sha’riy- bir yarim shariydan ortuq ko‘chulmas edi. Qor tepar kishi men edim, o‘n-o‘n besh ichki bila va Qosimbek edi, ikki o‘g‘li tengriberdi va Qanbar AQli bila yana ikki-uch navkari ham bor edi. Ushbu mazkur bo‘lg‘onlar yayoq yurib qor tepar eduk, har kishi eti- sakkiz, o‘n qari ilgari yurub qor tepar edi. Har qadam qo‘yg‘onida belig‘acha, ko‘ksig‘acha bota-bota qor tepar edi. Bir necha qadam borg‘ondin so‘ng ilgarigi kishining hamli kuyub turar edi, yana bir kishi yayoq qornikim tepar edi, oncha bo‘lur edikim, bo‘sh otni tortsa bo‘lur edi mahal ul emas edikim, kishig‘a taklif va zo‘re qililg‘ay, har kimning himmat va jur’ati bo‘lsa, bundoq ishlarni o‘zi tilab qilur» ( takidlar bizniki-H.Q.)
Ta’kidlangan jumlada Boburdagi sarkardalik xususiyatining nozik jihati-kuchli ruhshunosligi yaqqol namoyon bo‘lgan. SHaroitning nihoyatda og‘irligini bilgan sarkarda, garchi hammaga bosh bo‘lsada, buyruq, qo‘rqitish, zolimlikni ortiqcha biladi, har kimning himmati, vijdoniga qo‘yib beradi. Bu tadbir, birinchidan, Boburning og‘ir paytlarida o‘z eli bilan hamdard bo‘lganini bildirsa, ikkinchidan, uning harbiy taktikasi, rahimdilligi, ruhshunosligidan dalolat beradiki, asar muallifi shaxsiyatini o‘rganishda ham ayni tasvir muhim omildir.


Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling