Jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti


Download 460 Kb.
bet13/16
Sana18.06.2023
Hajmi460 Kb.
#1592258
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Nurqobilova Hafsa B.M

Amir Temur
Amir Temur 1366 yilda Qarshi qal’asini qo‘riqlab yotgan besh ming kishilik yov qo‘shiniga qarshi 243 nafar botir yigiti bilan hujum uyushtirib, misilsiz zo‘r jasorati tufayli g‘alabaga erishdi. Bobur Mirzo 1500 yilda bobokalonining shu jasoratidan ibrat oladi. “Boburnoma”da yozilishicha, u ham 240 nafar dovyurak yigitlari bilan tunda Samarqand qal’asiga hujum qilib, Shayboniyxonning shaharni egallab yotgan katta qo‘shinini mag‘lub etadi va poytaxtdan quvib yuboradi. Amir Temur mavzusi ummonday cheksiz. Uni bir mo‘jaz kitobda to‘liq qamrab olish imkondan holi. Bu ulkan mavzuda dadil qadam tebratayotgan ijodkorlar bor. Biz qila olmagan ishlarni ular qiladilar.
Temurbekning onasi Takina bibi Buxoriyi sharifda shariat ishlari bo‘yicha yuksak lavozimlarni egallagan Sadri-SHaria Ubaydulla mahmudning qizi edi. «parvardigor ulug‘ farzandlarni ota-onaning ulug‘ muhabbatidan yaratadigan » degan hikmatli gap bor. Ispan elchisi Klavixoning kitobida yozilishicha, Amir Temur Keshda qurdirgan muhtasham Oqsaroni otasining xotirasiga atab bunyod etganini aytadi.
«Temur savodsiz bo‘lsa ham qissaxonlar o‘qib bergan kitoblar orqali tarixni yaxshi bilgan »
«Temur yoshlikdan turkey va forsiy tillarni bilgan, bilimli, ma’rifatli odam bo‘lib ko‘ringan. Lekin o‘qish va yozishni bilmagan. Kitoblarni unga qissaxonlar o‘qib bergan »
«Temur maktab ko‘rmagan bo‘lsa ham johil emas edi»
Qazag‘on Temurbekning otasi Tarag‘ay bahodir bilan do‘st eni. SHu do‘stlik tufayli Temurbekka Amir Qazag‘onning nazari tushadi. Yigirma bir yoshlik yovqur yigit o‘zinintg botirligi, merganligi, bilimdonligi va boshqa qadiriyatlari bilan Amir Qazag‘onga yoqib qoladi va ming kishilik qo‘shinga sarkarda etib tayinlanadi. Temurbek bu vazifani qoyil qilib ado etayotganini ko‘rgan Amir Qazag‘on Temurbekka go‘zal dovyurak nevarasi O‘ljay Turkon og‘ani nikohlab beradi. Shu tarzda 22 yoshlik Temurbekka turkey qavmdan chiqqan yangi xonga kuyov bo‘ladi.
Shu o‘rinda Amir Temurning bahodirona qiyofasini ko‘z oldiga keltirish o‘rinlidir. Uni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan Ibn Arabshoh sohibqironni shunday tasvirlagan.
«Temur baland bo‘yli, qadimiy paxlavonlardan ulkan qomatli, elkalari keng, boshi shernikiday katta, barmoqlari yo’g‘on, oqu qizil tiniq yuzli, yo’g‘on ovozli, ovozli, ikki ko‘zi bamisoli ikki yoniq shamday olovli, badani pishiq, xuddi tosh misoli qattiq, o‘limdan qo‘rqmaydigan iztirobsiz, vazmin odam edi ».
Men seyiston tomonga qo‘shin tortdim, eti qal’adan beshtasini kuch va tadbir bilan zolimlardan ozod qildim. Buni ko‘rib, Seyiston voliysining diliga qo‘rquv tushdi. «Amir Temur Bu erlarda turib qolsa, Seyiston mulkiuniki bo‘lishi aniqdir, degan hayol bilan tunda menga qarshi tajavuz qildi, behostan ustimga qo‘shin tortib bostirib keldi. Ilojsiz jangu jadalga kirishdi. Bir o‘q kelib blagimga qadaldi, yana bir o‘q oyog‘imga yaraladi. SHunga qaramay, jangni ular ustidan g‘alaba kilguncha davom ettirdim. Garmsir viloyatida ikki oy yaralarim bitguncha qolib ketdim». CHunki shu hodisa tufayli Temurbekning bir umrga o‘ng oyog‘i oqsaydigan bo‘lib qoldi. Yigirma olti yigit uchun bu juda og‘ir ko‘rgulik edi. SHundan keyin nohayrihohlari uning nomiga forschada «lang» so‘zini qo‘shib aytadigan bo‘ldilar. G‘arb mamlakatlarida unga berilgan «Tamerlang» degan ism ham forschadan olindin.
Oldinroqqa ketib autish mumkinki, Amir Temur 1383-yilda, yani oradan 21-yil o‘tgandan keyin yan Seyistonga qo‘shin tortib bordi. O‘sha Seyiston voliysi hali tirik ekan qo‘lgan tushadi. SHarafiddin Ali YAzdinnining «Zafarnoma» sida yozilishicha Amir Temur uni hoyinlik qilib otgan kamon o‘qlari bilan otib o‘ldirishni buyuradi.
Olchoq g‘animga qasos qaytadi. Bir kun u devorning soyasida ultirganda juda og‘ir o‘yga toldi: «Talab yo‘linig iptidosidayoq bir qo‘l, bir oyoqdan yarador buldim. Ammo kuzlagan murodlaridan birortasi xosil bulmadi. Endi qanoat va faqirlik go‘shasiga chekinib, o‘zimni qirg‘in urush va olishuvlardan chetga olganim maqul mikan». SHu asnoda bir zaif chumoli devor tepasiga tirmashib chiqa boshladi. U bir necha bor urinib, devorning urtasigacha chiqqanida qulab tushar, yana qayta tirmashib, yuqoriroq ko‘tarilardi. Nihoyat chumoli devor tepasiga chiqadi.
Sultoni G‘ozi chumolining yuqoriga intilishlari o‘zinig holatiga o‘xshab ketishini mushohada qildi va dilida saodatli maqsadga erishishi mumkinligiga yana ishonch uyg‘ondi. Temurbekning mo‘g‘ul bosqinchilari ustidan erishgan bu ilk g‘alabasi 1363 yilning kuzida yuz beradi. O‘shanda Temurbek 27 yoshga kirgan yigit edi. SHu yoshdayoq uning sarkardalik iste’dodi ko‘zga yaqqol tashlangani, ular bergan imkonyatlardan qanchalik mahorat bilan foydalangani butun dunyon qoil qilib keladi va ko‘pgina mamlakatlarning harbiy akademiyada sarkardalik sanatining ajoib namunalari tarzida o‘rganiladi.
Faqat Temurbekning qushini hali ham Ilyoosxo‘janing lashkarlaridan uch- to‘rt barobar oz edi.
SHu sababli u o‘z qo‘shinini dushmanga behad ko‘p qilib ko‘ratishining ajoyib bir tadbiri o‘ylab topadi. Uning buyrug‘i bilan barcha jangchilar daraxtlarni kata va uzun shohlarini kesib bo‘lib egarlarining ikki tomonga osiltirib bog‘laydilar. So‘ng bu uzun shohlarini tuproq yo’llarida erga sudratib otlarini choptiradilar. Shohlaridan ko‘trarilgan chang-to‘zon osmon falakka chiqadi. Changing balandligidan tashqari uzunligi ham o‘nlab chaqrim masofaga cho‘ziladi.
Bu manzara Kesh shahrini qo‘riqlab yurgan Jete askarlarini qo‘rquvga solidi. Chang ko‘tarilgan tomondan ot choptirib kelgan qorovullar “ Amir Temur lashkari bostirib kelyabti, soni ellik mingdan ham ortiqqa oxshaydi!”,- deb vaxima qilishadi.
Ammo Temurbekning ota bobolari orasida xonlik martabasiga erishgan birrorta odam o‘tgan emas. Ular Chingizxon davrida po‘lat kitobga yozilgan axtnomaga binoan faqat lashkarboshi bo‘lish bilan qanoatlanishi kerak.


Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling