4-guruh. D o'stlik haqidagi m aqollardan yod ayting.
3. M ustaqil ijodiy ish.
Har bir guruhga bitta m aqol beriladi. Guruh ishtirokchilari birga
likda oxiri berilgan maqol bilan xulosalanadigan hikoya tuzib yozishadi.
O 'qituvchi guruhlarga quyidagi maqollarni bo'lib berishi mumkin:
1) Hamjihatlik - davlat, Yolg'izlik — kulfat.
2) Ilmi yo 'q n in g ko'zi yumuq.
3) Odobli — elda aziz.
4) H unar bo'lsa qo'lingda, non topilar yo'lingda.
H ikoyani ertak tarzida yoki hayotda uchraydigan biror voqea tarzida
yozish bo'yicha maslahat va yordam beriladi. Masalan, „O dobli — elda
aziz" m aqoli asosida taxm inan quyidagicha hikoya tuzish mumkin:
Odiljon oyisi, dadasi bilan xolasinikiga m ehm onga bordi. X o -
lasi m ehm onlarni pista-bodom , shirinliklar, kulcha nonlar bilan
siyladi. Odiljon m ehm onda sho'xlik qilm adi. Shirinliklarga hadeb qo'l
cho'zaverm adi. Kelgan boshqa m ehm onlar Odiljonni „odobli bola
ekan" deyishdi. Odiljon „Odobli — elda aziz" ekanligini bilib oldi.
U shbu topshiriq uyga vazifa qilib berilishi ham mum kin.
4. M avzu yuzasidan tarbiyaviy xulosa chiqarish.
— Bugungi maqollarni o'rganish darsi sizga yoqdim i?
— M aqollar bolalar tarbiyasiga ta’sir qiladi deb o'ylaysizm i? Ular
qanday ta ’sir o'tkazishi mumkin?
— Siz bugun o'zingizga qanday xulosa chiqardingiz?
— O'qigan qaysi m aqolim iz sizga ham tegishli?
5. Guruhlar to'plagan ballarni e ’lon qilish. O 'quvchilarni rag'-
batlantirish.
6. U yga vazifa. M aqollarni ifodali o 'q ish va yod o lish . D arslik
dan o 'q ilg a n ertaklar m azm u niga m os m aqollar to p ib , daftarga
yozib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |