K arim a q osim ova


O'zbek xalqi og'zaki ijodi juda uzoq tarixga ega. Og'zaki ijodning


Download 48 Kb.
Pdf ko'rish
bet101/280
Sana03.06.2024
Hajmi48 Kb.
#1841679
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   280
Bog'liq
Ona-tili-oqitish-metodikasi

O'zbek xalqi og'zaki ijodi juda uzoq tarixga ega. Og'zaki ijodning 
qadimdan shakllangan janri dostondir. U eng murakkab, yirik va keng 
tarqalgan shakllardan hisoblanadi. ,,D oston “ so'zi „qissa 
„hikoya 
„ t a ’rif", ,,m a q to v“, ,,shon-shuhrat“, „sargu zash t“ ma'nolarida ishlati­
ladi. U adabiy atama sifatida yirik hajmli, liro-epik asarlarni anglatadi. 
Dastlab xalq og'zaki ijodida shakllangan bu janr keyinchalik yozm a 
adabiyotda ham salm oqli o'rin tutgan.
Xalq dostonlari maxsus ijrochilar tom onidan kuylangan. U lar hozir 
ham baxshi, oqin, shoir nomlari bilan ataladi. Xalq dostonlarining 
matni nazm iy va nasriy parchalardan iborat bo'lib, mavzusiga ko'ra 
xilma-xildir. B oshlang'ich sinflarda asosan:
1. Qahramonlik dostonlari;
2. Jangnom a dostonlar o'rganiladi.
Xalqning qahramonona kurashlari qahramonlik dostonlarining 
paydo bo'lishiga sabab bo'lgan. „Alpomish", „Yodgor" kabi xalq qah­
ramonlik dostonlarida fantaziya va romantik tasvirning kuchli bo'lishiga 
qaramay, ularning asosini xalq hayoti va kurashi, uning orzu-armonlari 
tashkil etadi. Xalqqa xos insonparvarlik, vatanparvarlik, qahramonlik, 
mardlik, mehnatsevarlik, do'stlik va sadoqat kabi olijanob fazilatlari 
xalq dostonlaridagi qahramonlar obrazida mujassamlashgan.
B oshlang'ich sin f o'qish darsliklarida doston janriga kam o'rin 
berilgan. 3 -sin f „O'qish kitobi" da „Alpom ish", „Rustamxon" dos- 
tonlaridan parchalar berilgan bo'lsa, 4-sinfda M. Shayxzodaning 
„Toshkentnom a" dostoni keltirilgan.
3-sinfda o'quvchilarga doston 
haqida beriladigan 
m a’lum ot 
„Rustamxon" dostoniga bog'liq holda bayon etiladi. Darsda o'qituvchi 

Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   280




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling