o'zin in g hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni boshqa
takrorlamaslikka o'rganadilar.
Masalning, a w a lo , ixcham liligi, tilining qisqa va lo'ndaligi, sod-
daligi, o'tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta’sir qiladi. Bu
lar o'quvchilar nutqini o'stirishda ham m uhim material hisoblanadi.
Masal qahramonlarining xatti-harakatlari, fe ’l-atvorlari, nutqiy o'ziga
xosliklari o'quvchining diqqatini o'ziga jalb qiladi.
2 -sin f „O'qish kitobi"da berilgan ,,0 'r o q va Kombayn" masalida
o'roq va kombayn asar qahramonlari qilib olingan. Ularning m uno-
zarasi orqali texnikaning afzalligi: kam vaqt sarflab, samarali natijaga
erishish mumkinligi hamda ularning ahil bo'lib, birgalikda mehnatga
bel bog'lashlari kabi g'oyalar ilgari suriladi. Oddiy predmetlar tilga
kiradi. Insonlar tom onidan aytiladigan texnika va ish qurollari ha
qidagi gap-so'zlar bevosita predmetlar tilidan beriladi.
3 -sin f „O'qish kitobi“da „Qaysar buzoqcha" (O. Q o'chqorbekov),
„C hum oli va Tipratikan", „O'jar Toshbaqa" (H . Y oqubov), „C hayon-
dan so'radilar" kabi masallar jo y olgan. Bu m asallam ing qahramonlari
ham hayvonlar: buzoqcha, chum oli, tipratikan, toshbaqa, chayon.
M ajoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi har bir hayvonning
xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan bo'shatib
yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar buzoqcha
ham to'dasidan ajralib, bo'riga duch keladi, y a ’ni ko'ngilsiz voqea yuz
beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan
yiroqda turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan.
„C hum oli va Tipratikan" masalidagi m ajoziy qahramonlar ham
aslida jam iyatim iz a’zolaridir. C hum oli hayotdagi halol, pok, to'g'riso'z
Do'stlaringiz bilan baham: |