Xalqning qahramonona kurashlari qahramonlik dostonlarining
paydo bo'lishiga sabab bo'lgan. „Alpomish", „Yodgor" kabi xalq qah
ramonlik dostonlarida fantaziya va romantik tasvirning kuchli bo'lishiga
qaramay, ularning asosini xalq hayoti va kurashi, uning orzu-armonlari
tashkil etadi. Xalqqa xos insonparvarlik, vatanparvarlik, qahramonlik,
mardlik, mehnatsevarlik, do'stlik va sadoqat kabi olijanob fazilatlari
xalq dostonlaridagi qahramonlar obrazida mujassamlashgan.
B oshlang'ich sin f o'qish darsliklarida doston janriga kam o'rin
berilgan. 3 -sin f „O'qish kitobi" da „Alpom ish", „Rustamxon" dos-
tonlaridan parchalar berilgan bo'lsa, 4-sinfda M. Shayxzodaning
„Toshkentnom a" dostoni keltirilgan.
3-sinfda o'quvchilarga doston
haqida beriladigan
m a’lum ot
„Rustamxon" dostoniga bog'liq holda bayon etiladi. Darsda o'qituvchi
doston haqida quyidagi m a’lum otlarni beradi:
„D oston ham xalq og'zaki ijodining bir turidir. D oston d a xalq
hayoti, kurashi va orzu-um idlari aks etadi".
Boshlang'ich sinflarda dostonlardan berilgan parchalarda, asosan,
qahram onlam ing bolalik davri aks etgan epizodlar keltiriladi. Bunda
bolalam i qahramonlikka, Vatanga sadoqatli bo'lishga chorlovchi
voqealar tasvirlanadi. 3 -s in f darsligidan o'rin olgan „Rustam xon",
„Alpom ish" dostonlari xalq og'zaki ijodi mahsuli bo'lganligi uchun
m u allif haqida m a’lum ot berilmaydi. Faqat bu dostonlar o'rganiladigan
darslarda dostonni qo'shiq qilib aytadigan baxshilar haqida m a’lumot
berish mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qahram onlik dostonlari tahlilida voqealar rivojiga, qahram onlar
Do'stlaringiz bilan baham: |