Kamolov hamidullo termitlar turkumi


Bitlar (Anoplura) turkumi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana16.03.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1278358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
termitlar turkumi

Bitlar (Anoplura) turkumi. 
Bitlar turli sut emizuvchilar (inson, o„y hayvonlari, hatto fillar va dengizda 
yashovchi sut emizuvchi – tyulenlar) ning terisida parazitlik bilan, qon so„rib hayot 
kechiruvchi mayda (0,5 – 5 – 6 mm) qanotsiz hasharotlar bo„lib, bularning 
sanchuvchi – so„ruvchi tipdagi og„iz organlari hayvonlar qalin terisidan qon so„rib, 
oziqlanishga moslashgan. 
Har bir tur yoki urug„ga mansub sut emizuvchilarda muayyan tur yoki 
guruhining avlodlari bo„lmish bitlar parazitlik qiladi. Bularda bosh va ko„krakning 
kichkinalashib qorinchaning kattalushuvi hamda oyoqlarining ilmoqsimon 
“tirmashuvchi” tirnoqlari bo„lishi xarakterlidir. 
Odamda bitlarning ikkita turi: 1) bosh biti, kiyim biti (Pediculus homanus v. 
capitus, P.homanus v. vestimenti) va 2) jun biti (Phthirus pubis) uchraydi. 
Bulardan bir-biriga juda o„xshash va yirik (3 – 4 mm gacha) bosh va kiyim biti 
ko„proq tarqalgan. Ular o„z tuxumini soch tolasiga yoki ichki kiyimning ip – 
tolalariga ilashtirib qo„yadi. Odamning badanidagi serjun joylarida bo„ladigan juda 
mayda jun biti boshqacha tuzilgan.
Kiyim biti eng xafli kasalliklar – tepkili terlama va qaytalovchi terlama 
kasalliklarining mikroblarini tarqatib, salomatlikka katta ziyon yetkazadi.
Inson bitlari ifloslik, o„z vaqtida yuvinmaslik, ichki kiyimlarni vaqtida 
almashtirmaslik natijasida tarqaladi. Birinchi turga mansub bitlar odamsimon 
maymunlarda ham uchraydi. Bu hodisa odamzotning odamsimon maymunlar bilan 
bir xil qadimgi ajdodidan taraqqiy etganligini ko„rsatadi.  


Qandalalar yoki yarim qattiq qanotlilar (Hemiptera) turkumi. 
Sut emizuvchilar va insonning qoni, umurtqasiz hayvonlarning tana 
suyuqligi yoki o„simlik sharbatini so„rib ovqatlanishga layoqatlashgan bu 
hasharotlarda ustki qanotlarining ko„krakka tutashgan qismini xitinlashganligi va 
boshning oldingi tomonidan joylashgan uzun sanchuvchi – so„ruvchi og„iz 
organlari (xartumcha) ning rivojlanganligi xarakterlidir. Ba‟zi parazit turlari 
(jumladan, ko„rpa qandalasi) da qanotlar yo„qolib, tana tuzilishi soddalashgan. 
Ba‟zi xonadonlarda ko„p uchraydigan ko„rpa qandalasi (“taxta kana”) tupuk 
bezlaridan zahar va maxsus bezlaridan noqulay hidli modda ajratadi. Bularning 
boshqa sut emizuvchi hayvonlarda parazitlik qiluvchi bir qancha turlari ma‟lum. 
Usimlikning sharbati, doni, urug„i bilan oziqlanuvchi qandalalar bir qancha 
madaniy o„simliklarga zarar yetkazadi. Bularning o„rtasida ko„plab ko„payadigan 
g„alla (bo„g„doy, arpa, suli) qandalasi (“toshbaqasimon”) imago davrida yangi unib 
chiqqan mazkur don o„simliklarini ko„plab kurishiga sabab bo„ladi. Bularning 
lichinkalari esa “sut - qatiq” bo„lib yetilayotgan don bilan oziqlanib, donni 
zaharlaydi va unib chiqish xususiyatini yo„qotadi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling