Kamolov hamidullo termitlar turkumi


Beshiktervatlar (Montoptera) turkumi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana16.03.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1278358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
termitlar turkumi

Beshiktervatlar (Montoptera) turkumi. 
Beshiktervatlar – ancha yirik yirtqich hasharotlar bo„lib, ko„pchilik turlari 
tropik qit‟alarda tarqalgan, jumladan Rossiya da 20 tacha turi ma‟lum. Tanasi 
cho„ziq, boshi harakatchan, katta qanot va qorincha kattagina, oldingi oyoqlari 
yirtqichlikka moslashgan. Og„iz apparati kavshovchi tipda tuzilgan. 
Beshiktervatlar oldingi oyog„ining dumg„azacha qismi ancha uzun. Son va 
boldirining ichki qismida o„tkir tishchalar joylashgan. Beshiktervat odatda, 
ovlanadigan hasharotlarni harakatsiz poylaydi. Birorta hasharot yaqinlashishi bilan 
tashlanib, oldingi oyoqlari bilan ushlaydi va buklanganda qaychiga o„xshab 
ishlaydigan oyoqlari orasidagi majruh “ovini” ushlab yeydi. 
Beshiktervatlar nihoyatda xo„ran bo„lganligidan zararli hasharotlar 
(jumladan shiralar) ni yo„qotish bilan insonga ma‟lum foyda yetkazadi. Tanasining 
rangi yashash muhitiga mos (ko„pincha yashil, ba‟zilari jigar rang) bo„lganidan 
dushmanlari (qushlar) dan yaxshi himoyalangan. 
To‘g‘ri qanotlilar (Phosmoptera) turkumi. 
To„g„ri qanotlilar yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan: boshqa turlarga 
qaraganda ancha yirik, ko„plab ko„payish xususiyatiga ega. Ko„pchiligi 
o„simlikxo„r hasharotlardir. Bularning tik joylashgan va harakatchan boshida juda 
uzun yoki o„rtacha uzunlikdagi mo„ylov, murakkab va sodda ko„zlar, og„iz hamda 
kavshovchi og„iz apparati joylashgan. Urg„ochilarida esa tuxum qo„yuvchi o„simta 
rivojlangan. Ko„pchilik turlarida eshitish organlari va ovoz chiqarish xususiyati 
taraqqiy etgan 20 minggacha turni o„z ichiga oladi. Bulardan Rossiyada 70 tasi 
uchraydi. 


Bu kichik turkumga mansub turlarining hammasida mo„ylovlar juda uzun
eshitish organi oldingi oyoqlarining son qismiga joylashgan.
Qora chigirtkalar haqiqiy chigirtkalardan kichikroq, ko„pincha qora, ba‟zi 
turlari ko„kish yoki jigar rang, kuchli ovoz chiqaradi (chiyillash). Ko„pchiligi kech 
kirishi bilan aktivlashadi. Bular ovozni chap qanotidagi “kamoncha” (tishchalar) ni 
o„ng qanotining “oynakcha” pardasiga ishqash yo„li bilan chiqaradi. 4 bo„g„imli; 
tuxum qo„yuvchi o„simtalari har xil. Ba‟zilarida o„roqsimon qayrilgan. eshitish 
organi xitin parda va unga tutashgan nerv tolalaridan tuzilgan. Qo„shilishda 
erkaklari spermatoforalarini urg„ochisining jinsiy yo„liga ilashtirib qo„yadi. 
Tropik o„rmonlarda yashovchi qora chigirtkalarda himoya shakli yaxshi 
rivojlangan. Ba‟zilarining qanoti o„simlik bargiga o„xshaydi. Bular orasida 
o„simlikxo„r, yirtqich yoki aralash ovqatlanadigan guruhlari ma‟lum. Rossiyada 
oddiy qora chigirtka, nim yashil qora chigirtka, oranjereya qora chigirtkasi va 
Kavkaz g„orlarida uchraydigan g„or qora chigirtkasi va boshqa turlari tarqalgan. 
Buzoqboshsimonlar katta oilasiga oddiy buzoqboshilar va mayda 
chigirtkasimon parmalovchilar kiradi. 
Buzoqboshilar sirtidan chigirtkasimonlardan birmuncha farq qiladi. Bularning 
kalta va muskullashgan oyoqlari yer kovlashga moslashgan, qanotlari kalta, boshi 
katta – yapaloqlashgan; tanasi 3,5 – 5 sm. Ko„proq zax tuproqda uya kovlab, 
kechasi aktivlashadi. O„simlik ildizi, mayda hasharot va chuvalchanglar bilan 
ovqatlanadi.
Buzoqboshlilar chigirtkasimonlarga o„xshamagan maxsus ovoz chiqaradi. 
Ular Osiyo, Kavkaz, Ukraina va boshqa respublikalarda ko„p tarqalgan. Kartoshka, 
sabzavot, g„o„za kabi ekinlarga ularni ildizini qirqishi bilan ma‟lum zarar 
yetkazadi. 
Kichik qora chigirtkasimonlar (parmalovchilar) deb nomlangan hasharotlar 
sirtidan qora chigirtkalarga o„xshaydi, lekin ulardan birmuncha farqlanadi. Ular 
oyoq kurakchalarining uch bo„g„imli bo„lishi, tuxum qo„yuvchi o„simtasining 
to„g„riligi, ovoz chiqaradigan organlarining boshqacharoq tuzilishi bilan qora 
chigirtkadan farq qiladi. Ba‟zilarida qanotlari kichik yoki yo„qolgan. 


Bularning bir qancha turlari O„rta Osiyo, Kavkaz va Yevropaning sharqi – 
janubiy qismidagi dalalar yoki yaylov va tog„ oldi rayonlarida ko„p tarqalgan. 
Poya parmalovchisi Uzoq Sharq va O„rta Osiyoning ekinzorlarida ko„p 
uchrab, bir qancha madaniy o„simliklarga (jumladan, g„o„zaga) zarar yetkazadi. 
Kalta mo„ylovli to„g„ri qanotlilar (Brachycera) kichik turkumiga haqiqiy 
chigirtkalar kiradi. Ular mo„ylovlarining kaltaligi, tanasining birmuncha katta 
bo„lishi, ovoz chiqarish va eshitish organlari va tuxum qo„yuvchi o„simtasining 
boshqacharoqligi bilan oldingi kichik turkum avlodlaridan ajralib turadi. 
Chigirtkalarning ovozi orqa oyog„ining ust qanot “tola” lariga ishqalishi 
natijasida hosil bo„ladi. Timponal (eshitish) organi bularning oldingi qorincha 
bo„g„imi yon tomonida joylashib, xitin bilan o„ralgan maxsus parda shaklida 
tuzilgan. 
Chigirtkalar – ko„plab va tez ko„payadigan hasharotlardir. Ko„pchilik turlari 
kuzda tuxumini tuproqqa qo„yadi. Tuxum qo„yuvchi o„simta vositasida yerni 
kovlab maxsus bezdan ajratgan suyuqlik chiqarib, u yerda tuxum qo„yuvchi 
“ko„zacha” hosil qiladi. Keyin “ko„zacha” ichiga 150 tagacha qo„yadi (ayrim 
hollarda 1 kvm yerda 1800 tagacha shunday “ko„zacha” bo„lib, ulrning har biridan 
100-120 tagacha lichinka chiqadi). 
Bahorda bu xildagi “ko„zacha” lardan yetishib chiqqan qanotsiz lichinkalar 
o„simliklar bilan oziqlanib tez (30-40 kunda) o„sib, voyaga yetadi. “Gala bo„lib” 
yashaydigan bir qancha chigirtkalar (Osiyo chigirtkalari, Uchqirlar, Marokash 
chigirtkasi, sahro chigirtkasi, qizil chigirtka) ning lichinkalari nihoyatda katta 
to„dalar hosil qilib, o„z yo„lida uchragan daraxt, buta, ekin va o„tlarni butunlay 
yeb, ma‟lum yo„nalishda harakat qiladi. Ular yetilib qanot paydo qilgach, daraxt va 
ekinni qiruvchi katta ofatga aylanadi. 
Osiyo chigirtkasining lichinkalari bu xildagi migratsiya davrida 30-40-50 
km gacha, ulg„ayganlari esa 300-500 km gacha harakat qilib, o„z yo„lidagi 
o„simliklarni to„la ravishda qirib tashlaydi. Bu xildagi chigirtka “gala” larining 
uzunligi bir necha o„n km ga, balandligi esa 10-15 m ga yetishi mumkin. Bu 
xildagi xavfli chigirtkalar ma‟lum rayonlar (O„rta Osiyo Janubiy Qozog„iston, 


Janubiy Ozarbayjon, Azov dengizi havzasi) da bo„lgan. Afrika, Shimoliy va 
Janubiy Amerika, Xindiston yarim orolida chirgirtka ko„payadigan “o„choq” lar 
mavjud. 
Ko„rsatib o„tilganlardan boshqa “yakka yashovchi” chigirtkalar ham ayrim 
yillarda qishloq xo„jaligi va bog„dorchilikka katta zarar yetkazadi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling