Kamolov hamidullo termitlar turkumi


Kapalaklar yoki tangacha qanotlilar


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana16.03.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1278358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
termitlar turkumi

Kapalaklar yoki tangacha qanotlilar. 
Kapalaklar yer yuzida tarqalishi va xilma – xilligi jihatidan birinchi o„rinni 
egallagan va o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„lgan hasharotlardir. Og„iz organi 
so„ruvchi (xartumcha) tipda, qanotlari tangachalar bilan qoplangan, qurt deb 
nomlanuvchi lichinkalari ko„krak oyoqlaridan boshqa 3 – 5 juft qorincha oyoqlari 
bor.
Tanasi ixcham tuzilgan, boshida bir juft turli shakldagi uzun mo„ylovi, ostki 
jag„larining o„zgarishidan rivojlangan ikkita tarnovcha shaklidagi so„ruvchi og„iz 
organi (bular bir – biriga tutashib, xartumcha hosil qiladi) bor. Xartumcha ancha 
uzun, u tinch holda o„ralib buklangan bo„ladi. Ustki jag„, ostki lablarning 
paypaslovchilarigina saqlangan. 
Kapalakning qanotlari (ayniqsa, ustqanot) katta va turli shakldagi nozik va 
yupqa tangachalar bilan qoplangan. Bular ma‟lum tartibda biri – ikkinchisining 
asosini qoplab joylashgan. Hid tarqatuvchi bezlar yaxshi rivojlangan (ba‟zi turlarda 
tangachalar hid tarqatadi). Kapalaklar (xususan issiq qit‟alarda tarqalgan turlar) 
keng qanotlari chiroyli ranglarda tovlanadi. Rangni tangachada bo„lgan pegmentlar 
vujudga keltiradi. 
Katta yoshli kapalaklar hammasi deyarli gul sharbati, ba‟zilari o„simlik 
shoxchasi, bargi yoki tanasidan ajratilgan sharbat bilan oziqlanadi. Qurti ba‟zan 
o„ziga nisbatan ancha katta bo„lib, hammasida og„iz organi kavshovchi 
(kemiruvchi) tipda tuzilgan. Qurtlar turli shakllarda bo„lib, ko„pida tuksimon xitin 
o„simtalar rivojlangan. (Tikanda qurtda bular uzun tikanchalarga aylangan). 
Qurtlarda uch juft ko„krak oyoqlari va qorincha bo„g„imida 3 – 5 juft soxta oyoqlar 
bor. Tanasining shakli, rangi va tikanchalar ularni “dushman” dan yaxshi himoya 
qiladi. Bir qancha qurtlar tana shaklini o„zgartirib “qo„rqitish” holatiga yoki 
himoya shakli holatiga o„tadi. 
Kapalak qurtlarining hammasi, deyarli o„simlik mahsuloti bilan oziqlanadi. 
Shuning uchun ham bu hasharotlarning ko„pchiligi o„rmonzorlar, meva daraxtlari 
va deyarli hamma ko„katsimon madaniy o„simliklarga katta zarar yetkazadi. 
O„rmonzorlar va meva daraxtlarining eng yovuz dushmani – soxta ipak qurtlaridir. 


Bularning bir qancha urug„i (avlodi) masalan, porteriyalar, yakka – soxta ipak 
qurti (porteriya dispar), tillako„z kapalak (nugmiya), qarag„ay kapalagi, halqali 
qurt (malakosoma) va boshqalar igna bargli va yaproqli o„rmon daraxtlariga va 
shuningdek bir qancha meva daraxtlarining niholcha va barglarini yeb katta zarar 
keltiradi. Bularga yaqin bo„lgan odimchi qurt, kuzgi odimchi ham meva – bog„ 
daraxtlarining zararkunandasidir.
O„rta Osiyo va unga qo„shni oblastlarda bulardan tashqari barg parvonasi 
(kurtak, barg va gul zarakunandasi), olma qurti, olma kuyasi, g„ilofli kuya, tirdak 
kuya, bahorgi ko„k kapalak, mo„riqurt va boshqalar olma, nok, behi, o„rik, bodom 
va boshqa meva daraxtlarining bargi, tanasi va mevasiga katta shikast yetkazib, 
ba‟zi hollarda meva hosilini kamayishiga, hatto bog„larni qurishiga sabab bo„ladi. 
“Kuzgi qurt” lar kuzgi bug„doyning yangi ungan maysasiga katta ziyon 
yetkazadi. Chunki, uning kapalagi 2 mingtagacha tuxum qo„yib, ko„payadi, qurtlar 
esa juda xo„ran bo„ladi. Qishlagan tuxumlaridan bahorda chiqqan kapalagi yozda 
yovvoyi o„tlarga tuxum qo„yib ko„payib, kuzda ulardan “kuzgi qurt” yetishadi. 
Poliz – sabzavot ekinlari o„rtasida karam qurti (oq karam kapalagi) eng 
zararkunanda hasharotlardan. U karam va boshqa sabzavot ekinlariga ziyon 
yetkazadi. 
Bulardan boshqa cho„p xaltachisi, makkajo„xori kuyasi, ko„sak qurti, ko„k 
qurt, yovvoyi tunlam kabi kapalaklarning qurtlari O„rta Osiyo va qo„shni 
rayonlarning g„alla makka, sabzavot (pomidor, karam) beda va boshqa ekinlarga 
katta zarar yetkazib, hosilni kamaytiradi. 
Ko„sak qurti, g„o„za kuyasi, g„o„za barg qurti (karadrina) g„o„zaning eng 
xavfli zararkunandasi. Ko„k qurt tunlami ko„paygan ayrim yillarda paxta hosili 
kamayib ketadi. 
Asalarichilik xo„jaliklariga ziyon yetkazadigan asalari kuyasi asalalari uya 
(yashik)larida paydo bo„lib, uya (mo„m) va ari g„umbaklarini kemirib oziqlanadi 
va xavfli zararkunanda hisoblanadi. 
Ombor, ro„zg„or va tayyor mahsulot zararkunandalari – un kuyasi (mitaga 
almashtirilmasin) ning qurti un mahsulotiga zarar yetkazib, achitadi; jun kuyasi – 


gilam, mo„yna, jundan to„qilgan kiyim – kechak va h.k.larga tuxum qo„yib 
ko„payadi va ko„rsatilgan narsalarni qirqib katta zarar keltiradi. 
Ipak qurt kapalagi oziqlanmay, qisqa yashaydigan hasharot. Uning tuxumi 
(urug„i) dan chiqqan qurt tut bargi bilan oziqlanib, bir necha marotaba po„st 
tashlash (“uxlash”) bilan rivojlangach, ipak bezlaridan ipak tolasi ajratadi va 
mazkur toladan pilla o„rab, g„umbakka aylanadi. Qurt 30 – 40 kun mobaynida 
rivojlanib, pilla o„raydi. Har bir dona pillada o„rtacha 1000 m uzunlikda chidamli 
ingichka ipak tolasi bor. Pillakashlik fabrikalarida pillani “pishirib” ipak ajratib 
olinadi. (Hozir 1200 m uzunlikda tola beruvchi zotlar bor). 
Pilla va undan olinadigan tabiiy ipak sanoat va texnikaning turli sohalarida 
ishlatiladi. Ipak qurti O„zbekiston, boshqa O„rta Osiyo respublikalari, Ozarbayjon 
va boshqa janubiy oblastlarda boqiladi. Har yili Rossiyada bir necha ming tonna 
yuqori sifatli pilla olinadi. 
Ipak qurti Afg„oniston, Eron, Turkiya, Italiya, Yaponiya kabi mamlakatlarda 
ham boqiladi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling