Kamolov hamidullo termitlar turkumi


Pashshalar yoki ikki qanotlilar (Diptera) turkumi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana16.03.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1278358
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
termitlar turkumi

Pashshalar yoki ikki qanotlilar (Diptera) turkumi. 
Ikki qanotlilar – turlar sonining ko„pligi va xilma – xilligi bilan birinchi 
o„rinni egallagan va yer yuzida eng ko„p tarqalgan hasharotlardan biri. Ikki 
qanotlilar tanasi ixcham tuzilgan, og„iz organi sanchuvchi – so„ruvchi tipda, 
ko„krak bo„g„imlarini katta va faqat ustqanoti saqlangan. Murakkab katta ko„zi 
boshining katta qismini egallagan, mo„ylovlari uzun – parsimon yoki kalta
ko„krak bo„g„imlari xitin bilan qoplangan, qorincha qismi kattaroq bo„ladi. 
Oyoqlari har xil uzunlikda. Ust qanoti yaxshi rivojlangan, ost qanotida faqat kalta 
o„simta saqlangan (u uchish harakatini tekislashga xizmat qiladi, ba‟zilarida 
uchganda ovoz chiqaruvchi varilloqqa aylangan). Tanasining ustki qalin sezgir 
xitin tukchalar bilan qoplangan. Kalta mo„ylovlari pashshalarda oyoq uchidagi 
tukchalar maza bilishga ham xizmat qiladi. Pashshalar – juda harakatchan, uchqur 
hasharotlardir. 
Lichinkalar oyoqsiz; lekin uning tanasidagi turli o„simta va tukchalar 
ko„pincha harakatga yordam beradi. Uzun mo„ylovli pashshalarning suvda 
yashaydigan lichinkalarida bosh, og„iz organlari va ko„pining dum qismida turli 
o„simtalar rivojlangan. Bu qurtlarning ko„pchiligi suvning betiga ko„tarilib, 
havodan nafas oladi. Kalta mo„ylovli ikki qanotlilarning qurtlari kam harakat. Ular 
ko„pincha chirindilar, go„sht, tezak yoki najasda rivojlanadi. Bo„kalar, so„nalar 
chorva mollaridan; qoramol, qo„y, echki, tuya kabilarga zarar yetkazadi. (volferat 
pashshasi). 
Uzun mo„ylovli pashshalar (Nematocera) kichik turkumiga mansub ikki 
qanotlilarning oyoqlari, mo„ylovi juda uzun va tukli. Qurtlarining boshi katta
tanasi taksimon o„simtalar bilan qoplangan; og„iz organi yaxshi rivojlangan. Bu 
qurtlarning deyarli hammasi suvda yashab, o„simlik, chirindi yoki hayvonlar bilan 
oziqlanadi. G„umbagi harakatchan. 
Chivin (kechki – chaquvchi pashsha) lar kechasi hayot kechiradi, urg„ochilari 
qon so„rib ovqatlanadi. Keng tarqalgan kuleks chivini qushlarda bezgak kasali 
tarqatadi. Bezgak chivini – anofeles odamga uch xil parazit – qon plazmodiyalarini 
tarqatib, xavfli bezgak kasalini tez tarqalishiga sabab bo„ladi. Bundan boshqa sariq 


bezgak, fil kasali paraziti, yapon ensefaliti (miya kasali) va boshqa xastaliklarni 
tarqatib inson salomatligiga katta ziyon yetkazadi. Mazkur oilaga kiruvchi eydis 
(Aedes) ham sariq bezgak va sporoxit viruslarini tarqatadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling