Kamolov hamidullo termitlar turkumi


Burgalar (Aphanipthera) turkumi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana16.03.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1278358
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
termitlar turkumi

Burgalar (Aphanipthera) turkumi. 
Burgalar – mayda ektoparazit (ba‟zilari entoparazit) hasharotlar bo„lib, 
parazitlik bilan hayot kechirishga ko„chganligidan qanotlari butunlay yo„qolgan. 
Uzun va muskullashgan orqa oyoqlari yordamida sakrab ancha tez harakatlanadi. 
Tanasining ustki qismi va oyoqchalari tukchalar bilan qoplangan. 
Otalangan urg„ochisi tuxumini zax joylarga, chirindi, tuproq va axlat yoki 
eski gilam va namat (kigiz) lar orasiga qo„yadi. Burga qurti chirindilar bilan 
oziqlanib rivojlangach, “pilla” hosil qilib, g„umbakka aylanadi. G„umbakdan 
yetilib chiqqan imago – burga darhol hayvon yoki odamga o„tadi. 
Burga – “xo„jayinlariga” ortiq darajada ixtisoslashgan hasharot. Masalan, 
odamga uchraydigan burga it, mushuk, sichqon, kalamush va boshqa sut 
emizuvchilarga o„tib yashay oladi. Mazkur hayvonlarda bo„ladigan burgalar esa 
odamda uchrashi mumkin. 
Shuning uchun ham burgalar insonning xavfli o„lat kasali–vabo mikroblarini 
mazkur hayvonlardan (yoki boshqa odamdan) odamga yuqtirib, bu ofatni 
tarqalishiga sabab bo„ladi. O„tkazilgan qattiq kurash va nazorat choralari natijasida 
vabo o„lati yo„qolgan. 
Hasharotlar ahamiyati. 
Зараркунанда hаshаротларга qарshи кураsh чоралари. Yuqoridagi 
zararkunanda hasharotlarga qarshi agrokultura, kimyoviy, fizikaviy va biologik
metodlar asosida kurash olib boriladi.
Agrokultura metodlari qishloq xo„jalik ishlari bilan birga olib boriladi. Bunga 
bog„ va ekinzorlarni yovvoyi o„tlardan tozalab turish daraxtlar tagini chopib 
(haydab) yumshatish, kuzgi shudgor, qishda, yaxob berish, almashlab ekish, 
uvotlarni qisqartirish yoki vaqtida o„rib turish kabi ishlar kiradi. 
Kimyoviy kurash metodlari zararli hasharotlarning tanasi va nafas olish 
organlariga ta‟sir etuvchi (tashqi zaharli moddalar) yoki ichki hazm organlariga 


ta‟sir o„tkuzib halok qiladigan – ichki zaharli moddalarni turli yo„llar bilan 
ishlatishga asoslangan. Hozirgi paytda bu metod dunyo miqyosida ko„p 
qo„llanilishi taqiqlangan chunki turli zaharli moddalar (jumladan, kuchli zaharli 
organik – fosfor birikmalari yoki bir necha yilgacha o„z quvvatini yo„qotmaydigan 
DDT kabi moddalar) turli yo„llar bilan ishlatiladi. 
Kimyoviy metodda zararkunanda tezda yo„qoladi. Ammo, bu zaharlar bir 
tomondan atmosfera va suvni (hatto, okean suvlarini) zaharlasa, ikkinchi tomondan 
zararkunandalarning tabiiy kushandalari bo„lmish foydali hasharotlarni ham qirib 
(demak tabiatdagi doimiy muvozanatni buzib) yomon oqibatlarga olib kelishi 
aniqlanayotir. Uchinchidan, zararkunandalar zaharlarga “ko„nikib” qolishi 
natijasida mazkur usulning kutilgan natija bermaydi.
Hozirgi paytda bu zaharli kimyoviy moddalar o„rniga biologik faol (aktiv) 
moddalarni qo„llash keng yo„lga qo„yilgan. Bular ichida sistemali ta‟sir etuvchi 
(nafas olish sistemasi, ovqat hazm qilish sistemasi va h.k.o). 
BFM (biologik faol modda) larni qo„llashda atrof – muhit tuproq, suv va havo 
ifloslanmaydi. 
Fizikaviy 
kurash 
choralari, 
asosan, 
kechasi 
tarqaladigan 
zararkunandalarga qarshi qo„llaniladi. Bu ishda hasharotlarni o„ziga jalb etuvchi 
turli nur tarqatuvchi maxsus elektr fonuslar yoki oddiy elektr lampochkalaridan 
foydalaniladi. Bunda chiroq (fonus) atrofiga tok o„tkazuvchi sim to„r o„rnatiladi. 
Biologik kurash choralari, avvalo, zararkunandalarning tabiiy dushmani 
bo„lgan yirtqich hasharotlar yoki parazitlik bilan zararkunanda tanasiga tuxum 
qo„yib ko„payuvchi boshqa hasharotlar superparazitlar (yirtqich qo„ng„izlar, 
telenomus, trixogramma va boshqalar) dan foydalanishga asoslangan. Hasharotlar 
feronomi J.Fabr ishladi. Bundan tashqari zararli hasharotlarni qiruvchi umurtqali 
hayvonlar – qurbaqalar, qushlar, hasharotxo„r sut emizuvchilardan foydalaniladi. 
Mazkur metodda atmosfera va suv havzalari zaharlanmaydi va tabiatni 
(jumladan, foydali hasharotlar va qushlarni) muhofaza etishda katta ahamiyatga 
egadir. 



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling