Kamolov hamidullo termitlar turkumi


Shiralar yoki o‘simlik biti (Aphidodea) kichik turkumi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana16.03.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1278358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
termitlar turkumi

Shiralar yoki o‘simlik biti (Aphidodea) kichik turkumi. 
Shiralar – Yer yuzida ko„p tarqalgan mayda (1-7 mm) polimorf 
hasharotlardir. Ko„plab uchraydi. Minglarcha turni o„z ichiga olgan bu guruh 
hasharotlarning hammasi turli o„simliklarning bargi, shoxchasi, tanasi yoki 
ildizlarida yashab, o„zlarining sanchuvchi – so„ruvchi og„iz organi bilan ulardan 
sharbat so„rib oziqlanadi va shu bilan o„simliklar (jumladan muhim madaniy 
o„simliklar) ga nihoyatda katta zarar yetkazadi va ko„pincha o„simlikni qurib 
ketishiga sabab bo„ladi. 
Shiralar murakkab ravishda bir necha xil individlar hosil qilib, geterogoniya 
yo„li bilan ko„payadi. Partenogenetik urg„ochilari qanotsiz yoki (qo„chuvchi 
formalari) qanotsiz bo„ladi. Ko„chuvchi va otalanib (o„rchib) ko„payadigan 
avlodlardagi ikki juft yupqa nozik pardasimon. Bahor va yoz davomida faqat 
partenogenez yo„l bilan ko„payuvchi avlodlari bir mavsumda 15 – 20 marta nasl 


berib ko„payganligi tufayli har bir shira bir mavsumda yuz millionlab individlar 
hosil eta oladi. 
Olma, nok va behi daraxtida uchraydigan yashil shiraning bahorda dastlab 
paydo bo„lgan qanotsiz urg„ochisi (“nasl asoslovchi”) lari o„tgan kuzdagi 
otalangan qishlovchi tuxumdan yetishadi. U tezda voyaga yetib, partenogenez yo„li 
bilan ko„plab lichinka (nimfa) tug„ib ko„payadi. Uning dastlabki avlodlari ham 
qanotsiz bo„lib, ular ham otalanmay ko„payishini davom etdiradi. Keyinchalik 
tug„ilgan nimfalar qanotli yoki qanotsiz bo„lib, qanotlilar shira naslini boshqa tup 
olma (behi, nok) ga tarqalishi ta‟minlaydi. 
Kuzda mazkur partenogenez urg„ochilardan otalanib ko„payadigan qanotli 
erkak va urg„ochilar yetishib, qo„shilgach, urg„ochi shira mazkur shoxchaga 
otalangan (qishlovchi) tuxum qo„yadi. Bu chidamli tuxum faqat yanagi yili 
bahorda rivojlanib, yuqorida bayon etilgan “nasl asoslovchi” urg„ochisini 
yetishtiradi. 
Shaftoli daraxtining novdasi va tanasida sharbat so„rib yashaydigan katta 
(4 – 6 mm ) qoramtir shiralar bahordan kuzgacha qanotsiz partenogetik 
urg„ochilardan iborat bo„lib, ularda qanotli (ba‟zida qanotsiz) erkak va urg„ochi 
individlar faqat kuz faslida yetishadi. Bu xildagi shiralar faqat bir tur daraxtlarda 
yashaydi. 
Daraxtda yashovchi shiralar o„rtasida Amerikada tarqalgan qon shirasining 
tuzilishi va hayoti boshqacharoq. Kavkaz, Qrim, Moldaviyada uchraydigan bu 
shiralar o„zidan o„rgimchak tolasiga o„xshagan modda ajratib, yashiringan holda 
yashaydi. Binobarin bularni yo„qotish qiyin (uning no„xtasimon “uyasi” ga tegilsa 
qizg„ish suyuqlik ajralgani uchun shu nom bilan atalgan). Mazkur xavfli shira 
daraxtning ildiziga ham o„tib, uni chiritadi va tuganaklar hosil etadi. Qon shirasini 
faqat uning tabiiy kushandasi – afelinus pashshacha yordamida yo„qotish mumkin; 
mazkur pashsha shira tanasiga tuxum qo„yib, uni ko„plab qiradi. 
Tok shirasi – filoksera ham o„ta zararli hasharot. Uning “asoschisi” 
urg„ochisidan yetishgan qanotsiz partenogenez avlodlari tokning bargida, bir qismi 
esa tuproqqa o„tgach, tok ildizini so„rib oziqlanib. Kuzda ildizda yashovchi 


urg„ochilaridan qanotli erkak va otalanuvchi urg„ochisi yetishib, otalangach, 
qishlovchi tuxum hosil qiladi. Bu xavfli shira Janubiy Yevropada millionlab gektar 
tokzorlarni yakson qilgan. Bularga qarshi kurashning samarali choralari hozirgacha 
topilgan emas. 
Shiralarning bir qancha turlari butasimon o„simliklar (anor, yovvoyi butalar) 
da tarqalgan. 
O„rta Osiyo (jumladan O„zbekiston) va boshqa paxtakor o„lkalarda tarqalgan 
g„o„za shiralari g„o„zaga katta ziyon yetkazib, hosilni kamayishiga sabab bo„ladi. 
G„o„zada asosan uch xil shira: katta g„o„za shirasi (Acyrthosiphon gossipi), poliz 
shirasi (Aphis gossip) va Plotnikov shirasi (Xerophilopnus plotnikovi) ko„p 
uchraydi. Uchalasi ham ko„chib yuruvchi shiralardan hisoblanadi. Bular kartoshka, 
pomidor, karam va boshqa bir qancha poliz ekinlarida yoki bir qancha yovvoyi 
o„tlarda bo„lishi mumkin. G„o„zaga ko„pincha yovvoyi o„tlardan o„tadi. Bu shiralar 
g„o„za bargini so„rib, hosilni kamayishiga, hatto g„o„zalarni butunlay qurishiga 
sabab bo„ladi. Bulardan boshqa g„o„zada akatsiya shirasi va o„qildiz shirasi 
uchraydi. 
G„alla va sabzavot o„simliklari; lavlagi va boshqa madaniy o„simliklarga ko„p 
zarar yetkazuvchi yuzlab shira turlari ma‟lum. 
Shiralar o„simlik sharbatini so„rib, oziqlanadigan, bu oziqni to„la hazm qila 
olmay, uning ko„p qismini tashqariga shirin – shira shaklida ajratib chiqaradi. 
(Shira nomi shundan olingan.) Bular ajratgan shirin moddalardan “foydalanish” ga 
o„rgangan chumolilar doimo ularga ergashib, (ba‟zida ularni ta‟sirlantirish bilan 
“sog„ib”) oziqlanadi. 
Shiralarning 20 mingdan ortiq turi ma‟lum bo„lib, shulardan Rossiyada 6 
mingtacha turi uchraydi. So„nggi yillarda professor M.N.Narziqulov (Tojikiston) 
va uning shogirdlari O„rta Osiyoda shiralarning 100 ga yaqin ilgari fanga 
noma‟lum turlarini topib aniqlagan.\ 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling